OZBEKISTON RESPUBLIKASI
AL-BUXORIY UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI TALIM SHAKLINING
PP (M) 1-7 GURUHI TALABASI
TOJIQULOV ISLOMJON ILHOMJOVICHKNING
PEDAGOGIKA NAZARIYASI TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Qabul qildi: M.Toshov
Toshkent- 2022
Talim metodlari va vositalari
Reja:
1. Talim berish- masuliyatli va faxrli ish.
2. Talim -shaxs rivojlanishining asosiy omili.
3. Talim metodlari va vositalari.
4. Talim va tarbiyaning uzviyligi.
Talim berish, har bir mavzuning magzini talabalar ongiga yetkazish maxorati okituvchidan kop izlanishni, kop mutola kilishni talab kiladi. Bilim ummoniga boy bolgan ustozgina mavzuni magzini talabalar ongiga moxirona yetkaza oladi. Mavzuning maksadiga karab, talim metodlarini tanlay biladi.
Talim metodlaridan okilona foydalanib, ilmiy dars otish, okuvchilarni xayotda oz ornini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bolib xizmat kiladi.Okituvchining malum fan ilmini okuvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu okuvchilarni bolgusi xayot yollarini tanlashda muxim ahamiyatga ega. Oldin bayon kilganimizdek, talimning moxiyati inson kamolotini shakllantirishga xizmat kiladi. Talim metodi talimning maksadi va vazifalariga boglik. Metodlar okuvchilarning yoshiga, talimning mazmuniga va funksiyasiga karab tanlanadi. Okituvchi ozining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga ornak bolishi, talimiy maksad bilan tarbiyaviy maksad mutanosibligi, fan asoslari va goyalarini chukur bilishi bilan talabalarga ornak bolishi talab kilinadi.
Bunday okituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilish kerak ekanligini idrok kilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga kochirilganda, uni anik his kilib, tasavvur kilib ozlari amalda bajaradilar, masalalar yechadilar. (Iktisodiy, matematik, pedogogik. Songra bilimlari moxiyatini tushunib oladilar. Shu mavzu boyicha anik konikmaga ega boladilar. Shu asnoda boshka fanlardan ham bilim olish va amaliy mashgulotlar evaziga ularda konikmalari boyib boradi.
Talabalar ozlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga karab sekin-asta amaliyotga kollay boshlaydilar. Talabalar bilan bolgan mulokotda, ularga bilim berish jarayonida okituvchi talim-tarbiya jarayonini samarali boshkarishi lozim. Talim-tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Talim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz sozlash, okituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon kilish va uni tamasiz yetkaza olish xususiyatlari okuvchilar uchun amaliy korgazma ekanligini unutmaslik kerak. Talim berishda okitish metodlari asosiy orinni egallaydi.
Metod - yunoncha atama bolib, aynan nimagadir yol degan manoni anglatadi, yani maksadga erishish yolini bildiradi. Metodlar (usullar)ni har kanday muammoni (maksadni) uzatish va kabul kilish harakteriga karab kuyidagi turlarga ajratish mumkin:
Soz orkali ifodalanadigan metod;
Korgazmali metod;
Amaliy metod.
Talim mazmunini ozlashtirishda okuvchilarning bilim saviyasi, ozlashtirish kobiliyati, talim manbai, didaktik vazifalarga karab, munosib ravishda kuyidagi metodlar kollaniladi:
- okitishning maruza ( suxbat) metodi;
- okitishning amaliy ishlar metodi.
- Laboratoriya ishlar metodi.
- Mustakil ishlar metodi.
- Muammoli evristik modellashtirish metodi.
- Ilmiy tadkikot metodlari.
- Okitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi.
- Okitishning induktiv va diduktiv metodi.
- okitishning nazorat va oz-ozini nazorat kilish metodi.
Metodlar kuyidagi guruxchalarni oz ichiga oladi:
Birinchi gurux metodlari: soz orkali uzatish va informatsiyani eshitish orkali kabul kilish metodlari (ogzaki metodlar: xikoya, maruza, suxbat va boshkalar).
Ikkinchi gurux metodlari: okuv informatsiyasini korgazmali uzatish va korish orkali kabul kilish metodlari (korgazmali metod, tasviriy namoyish kilish va boshkalar).
Uchinchi gurux metodlari: okuv informatsiyasini amaliy mexnat harakatlari orkali berish (amaliy metodlar, mashklar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mexnat harakatlari va boshkalar).
Talimning ragbatlantirish metodlari:
1. Talimga kizikishni ragbatlantirish metodi.
2. Talimga burch va masuliyatini ragbatlantirish metodi.
Xuddi shuningdek, talimda nazorat va ozini-ozi nazorat kilish metodlari kuyidagilar.
1. Ogzaki nazorat va oz-ozini nazorat kilish.
2. Yozma nazorat va oz-ozini nazorat kilish.
3. Laboratoriya va amaliy nazorat va oz -ozini nazorat kilish metodi.
4. Test nazorati.
Bu metodlardan talabalarda bilish faoliyatini, kabul kilish, anglash va amalda kollash faoliyatini shakllantirishda foydalaniladi.
Tushuntirsh va uktirish metodi.
Ushbu tarzdagi metodni kollashda okituvchi soz vositasida mavzuni bayon kiladi va tushuntiradi. Okuvchilar esa tinglashadi, eslab kolish, anglab yetish orkali uni faol kabul kiladi va ozlashtiradi
Mavzuning asosini tushuntirish va uktirishda xikoya usulidan foydalaniladi. Okuv materiallari mazmunini ogzaki bayon kilish, uning asosiy joylarini tushuntirish kozda tutiladi. Bu maksadga erishish uchun, xikoya metodini kollash samarali natija beradi. Bu metod orkali mavzuga xizmat kiladigan malumot va vokealarni bayon kilish dikkatni faollashtiradi, xotirada saklashni jadallashtiradi. Xikoyani bayon kilish, uktirish metodlarini samarali kollash shartlari: rejani kunt bilan oylash, mavzuni yoritishning okilona izchilligini taminlash, misollar va xikoyalarni muvaffakiyatli tanlash, tushuntirish va uktirishda zaruriy emotsionallikni tanlash darkor.
Xikoya bir necha turga bolinib, xikoya mukaddima, xikoya bayon, xikoya xulosalarga bolinib, ular mavzuni yoritishga xizmat kiladi.
Mavzuni tushuntirishda ogzaki bayon kilish, tushuntirish yoki biror bir lavxani korsatish, ( illyustratsiya)ni kozda tutib, xikoyadan ozining xajmi kattaligi, mantikiy koyilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirish orkali mavzu maksadiga erishiladi, xikoya kilish mavzuning maksadini bir kismiga xizmat kiladi.
Maruza matnini tushuntirish va uktirish informatsiyani ogzaki bayon kilish, uzok vakt davomida dikkatni tutib turish, tinglovchilarning fikrlashini faollashtirish usullari, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshka usullaridan foydalaniladi.
Tushuntirish va uktirish metodi atroflicha oylangan fikrlar, savollar yordamida bilim berilib, u okuvchini faktlar tizimini, yangi tushunchalar va konuniyatlarni ozlashtirishga olib keladi.
Talimning muammoli-kidiruv metodlari; tizimni soz orkali ifodalash, korgazmali va amaliyot metodlari yordamida foydalaniladi. Talimni muammoli okitish jarayonida okituvchi talabalarning bilish faoliyatini kozgatadigan, faollashtiradigan, ongni charxlaydigan vazifalar beradi. Talabalar mustakil xolda yoki okituvchining yordamida uni yechish, xal kilish uchun ijodiy izlanadilar. Muammoli okitish yoki muammoli masalalarning yechilishini talab kilish okuvchilarning egallagan ilmiy bilimlariga hosil kilingan konikmalariga asoslangan xolda izlansa yoki olingan bilimlarini xotirlasa, bemalol ozi yecha oladigan kilib tuzilish kerak. Aks xolda, masala talabaning ulgurmagan bilimlariga ham asoslanib tuzilsa, u xolda talaba oziga ishonmay koladi, ozidagi bilimga ishonchi yokoladi, har kanday ilmiy talim talaba uchun muammolidir.Chunki talabaga xozirgacha nomalum bolgan yangilik bilan tanishtiradi. Muammoli okitish talabaning fikrlash faoliyatini ostiradi, har narsani bilishga kizikish uygotadi. Faxm-farosatli, mustakil ijod kilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Kanday sonning birinchi darajali hosilasi 1 ga teng?
Logorifm manfiy asosda nima uchun manoga ega emas?
Nima uchun trigonometrik funksiyalarning nomi oz juftini ozgartiradi?
Yoki pedagogik muammoli masalalar yechimini karaylik.
Pedagogik masala:
Ota oz oglining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga tolishi munosabati bilan ziyofat berdi. U oziga va ogliga ham kadax toldirdi, oglini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab ogliga kadax uzatadi. Siz oila azolarining bu vokeaga bolgan munosabatlarini kaysi birini togri deb oylaysiz?
a) dadasi oglim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir kadax kotaraylik!
b) buvisi jon bolam, sen spirtli ichimliklarga oglingni orgata korma, xech kachon ichmasin, martabasi ulug bolsin, baxtli bola bolsin.
v) bobosi mayli, dadangni sozi yerda kolmasin, dostlari oldida izza kilma, kadaxni urishtirib, bir xoplab bera kol.
g) oyisi oglim, dadang senga kadax uzatib, bu spirtli ichimliklarning kanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab kormokchi boldi.
Bu tarzdagi test savollari muammoli tarbiyaviy masala, okuvchining akliy va axlokiy bilimini kengaytiradi. Ongini, tafakkurini charxlaydi. Insonlarga bolgan muomala madaniyatini takomillashtiradi. Shunga oxshash masalalarni muttasil yechib borgan, akliy va axlokiy bilimlar konikmasiga ega bolgan talaba komillikka erishib boradi.
Manaviy-ijodiy metodlar
Inson manaviyatining shakllanishi juda murakkab jarayon. Insonning manaviy sifatlarini shakllantirshda oila, atrof-muxit, jamiyat katta rol oynaydi. Ota-onaning mexri, atrofdagilarning mexri, ularni olkishlari bolani mustakil fikrlashga va mustakil ish boshlashga ishonchini uygotadi. Ustozlar, ota-onalar boladagi bu harakatni, ishonchni sezgandan boshlab, ularga sharoit yaratish va ularni togri yonaltirishlari lozim. Ota-ona va ustozlar orasidagi tarbiya uzviyligi yoshlarning shakllanishida muxim ahamiyatga ega. Sen ozing uddalay olasan, bunga kurbing yetadi, deb ishontirish va bu ishonchni Manaviy-ijodiy metod orkali amalga oshirish mumkin. Ushbu metod uch boskichda amalga oshiriladi:
a) okuvchilarda bilishga kizikishni uygota bilish;
b) okuvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan xolda masala koyish, hamda ularga suyanib masalalarni taxlil kilish;
v) organish kerak bolgan muammo ustida mustakil fikr yuritib xulosa olishga erishish.
Yukoridagi boskichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning ozida yashiringanligini tushunadilar. Fakat buning uchun okituvchi ulardagi kizikishni, yashiringan iktidorini anglay bilishi kerak.
Ilm olish, odatiylik, aklni peshlash, oz ustida ishlash, xikmatlarni bilish, kamtarlik, marifatli bolish kabi fazilatlarga fakat mexnat kilish va bilim olish, okib-organish, xayotni kuzatish orkali erishish mumkin.
Okuv maruza metodi: okuv materialini ogzaki bayon kilishni kozda tutadi, xikoya metodidan ozining xajmi kattaligi, mantikiy kurilishi, umumlashtirishning murakkabligi bilan ajralib turadi. Maruza butun dars yoki mashgulotni band etadi. Xikoya esa fakatgina uning bir kismini egallaydi.
Maruza davomida informatsiyani ogzaki bayon kilish, uzok vakt davomida dikkatni tutib turish, tinglovchilarni fikrlarini faollashtirish usullari, argumentlash, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshkalardan foydalaniladi.
Suxbat metodi: Ogzaki bayon kilishning asosiy turlaridan biri. Tarkibida eng kop kollaniladigan samarali usullardan biridir. Kopincha bu usul savol-javob usuli ham deb yuritiladi. Dars berish jarayonida otilayotgan mavzu yuzasidan kirish asosiy va yakunlovchi kismlarda suxbat, savol-javob metodi kollaniladi. Suxbat metodida atroflicha oylangan savollar yordamida okituvchi va okuvchilar orasidagi suxbatni kozda tutib, u okuvchini faktlar tizimini yangi tushunchalar va konuniyatlarni ozlashtirishga olib keladi.
Talimning korgazmali metodlari: ular shartli ravishda ikkiga bolinadi.
1. Illyustratsiya metodi: plakat, harita, doskadagi rasm, olimlarning portretlari, suratlar va boshkalarni korsatishni kozda tutadi.
2. Namoyish kilish metodi asboblar, tajribalar, texnik kurilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish kilish bilan boglik. Namoyish kilish metodiga boglik kinofilmlar va diafilmlar ham kiradi.
Talimning amaliy metodlari: yozma mashklar, ona tili va chet tili, matematika va boshka fanlar boyicha topshiriklarni bajarish mashklari kiradi. Xuddi shuningdek, laboratoriya tajribalari, ustaxonalarda, okuv-ishlab chikarish sexlari, okuvchilar brigadalarida mexnat topshiriklarini bajarishlari ham talimning amaliy metodidir.
Talim vositalari: talim maksadini amalga oshirish yolida xizmat kildirayotgan metodlarni muvaffakiyatli chikishida ishlatiladigan okuv asboblaridir. Ular issiklik sigimini olchash asbobi, kompyuterlar,EXMlar, logorifm lineykasi, apparat turlari, turli xil okuv asboblaridan tashkil topadi.
ADABIYOTLAR
1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.
2. Munavvarov A.K. Pedagogika. Okituvchi. 1996.
3. Ozbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 1997.
4. Pedagogika. Okuv kollanma. T. 1996.
5. www.pedagog.uz
6. www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |