«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə22/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
MUS

Invertorlar – bu asosiy vazifasi gidrolizatlar yoki sulfit sheloklarda dekstrning uzluksiz gidrolizini ta’minlashdan iborat bo‘lgan qurilmalar.
Inversiya jarayonida monosaxaridlarning miqdori 5-10% ga oshadi va achitqilar rivojlanishini ingibirlovchi bir qator komponentlarning konsentratsiyasi kamayadi. Atmosfera bosimida hajmi 500, 750 va 1000 m3 bo‘lgan invertorlar ishlatiladi. Invertor konussimon tubi va xizmat ko‘rsatish maydoniga ega qopqog‘i bo‘lgan vertikal silindrsimon rezervuardan iborat (2-rasm). Ichidan invertor beton yoki poliizobrutilenga kislotaga chidamli plitkalar yoki g‘isht bilan futerlanadi. Tashqi tomonidan u issiqlik izolyasiya bilan qoplanadi.

36-rasm. 500 m3 hajmli invertor
1 – temirbetonli poddon; 2 – taqsimlagich; 3 – monometrik termometr uchun cho‘ntak; 4 – aralashtirish kondensatori; 5 – xizmat ko‘rsatish maydoni; 6 – futerovka; 7 – korpus; 8 – uzukli kollektor; 9 – silindrsimon ustun.

Gidrolizat apparatning pastki silindrik qismiga uchida tarqatuvchi bo‘lgan gorizontal quvur orqali uzluksiz ravishda kiritiladi. Silindrik qismning yuqorigi sathidan pastroqda joylashgan kollektor orqali gidrolizatning saralab olinishi amalga oshiriladi. Gidrolizat invertorda 6-8 soat davomida turadi. Ko‘rib chiqilgan invertorlarning haddan tashqari kattaligi, inversiyaning davomiyligi va konussimon qismda yig‘ilib qoladigan Cho’kmani chiqarib tashlash uchun invertorni davriy ravishda to‘xtatib turish zaruriyati ularning muhim kamchiligi bo‘lib hisoblanadi.


8-AMALIY MASHG’ULOT


MAVZU: Sentrifugalarning asosiy hisobi


Ishdan maqsad: Sentrifganing asosiy hisoblashlarini o‘rganish
Sentrifugalash – bu markazdan qochma kuchlar maydonida suyuq bir jinsli bo‘lmagan sistemalarni ajratish jarayonidir. Sentrifugalash maxsus uskunalar – sentrifugalarda amalga oshiriladi. Dispers sistemalarning xossalariga qarab, sentrifugalash markazdan qochma filtrlash yoki cho‘ktirish usullari orqali amalga oshiriladi. Ajratish usullariga mos ravishda sentrifugalar filtrlovchi va tindiruvchi turlarga bo‘linadi.
Tindiruvchi sentrifugalarning turli xil konstruksiyalari orasidan suyuqlik separatorlari nomini olgan likopchasimon va silindrik vstavkalarga ega, tuzilishi va ishlash prinsipi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan mashinalarning katta guruhini ajratish mumkin.


Ishlab chiqarish sanoatida sentrifugalarning bo‘linish faktori Fr asosiy texnologik


parametrlardan hisoblanadi. U markazdan qochma maydon tezlanishi va og‘irlik kuchining tezlanishi nisbatlarini ko‘rsatadi. Bo‘linish faktori quyidagi formula orqali topiladi.
= 0,00112Rn2 =112*10-5 Rn2
bunda,
- rotorning burchak tezligi, sek-1;
R – rotorning ichki radiusi, m ;
g - og‘irlik kuchining tezlanishi, m/ sek-2;
n - minutiga rotorning aylanishlar soni.

Bo‘linish faktori kattaligiga qarab sentrifugalar ikki turga bo‘linadi: Fr 3500 dan kichik bo‘lgan normal sentrifugalar va Fr 3500 dan katta bo‘lgan yuqori sentrifugalar. Ishlash jarayonida senrifuga rotorining devori ortilgan material hisobiga juda katta bosim ostida bo‘ladi.


P bosim rotorning yuza birligida quyidagi formula yordamida topiladi.
 R2t- R2nkG/sm2
bunda,
- qayta ishlanayotgan suyuqlik zichligi, kg/sm3 ;
 - rotorning burchak tezligi, sek-1;
g - og‘irlik kuchining tezlanishi, m/ sek-2;
R t- suyuqlik qatlamining tashqi radiusi;
R i- suyuqlik qatlamining ichki radiusi;
Rotor devorining butun yuza qismini hisobga olgan holda umumiy bosim p0 quyidagicha aniqlanadi:
p0 = pF kG.
Mahsulot bo‘yicha tindiruvchi sentrifugalar unumdorligi quyidagi formula orqali topiladi:
V = 2Lo‘rro‘r m3/ sek
bunda,
L – barabanning ishchi zonasi uzunligi; m;
o‘r- qattiq faza zarrachalarining cho‘kishining o‘rtacha tezligi; m/sek;
ro‘r- suspenziya qatlamining o‘rtacha tezligi; m;

bunda,
r0- suspenziya qatlamining ichki radiusi, m;
R- suspenziya qatlamining tashqi radiusi, m

Davriy ishlaydigan sentrifugalarda cho‘kmaning yig‘ilishi vaqt mobaynida turlichadir. Sentrifuganing unumdorligi Q (m3/sm) quyidagi tenglama orqali hisoblanadi.



rs - markazdan qochma kuch hosil qilgan bosim, Pa,
S- filtrlash yuzasi, m2,
 - mahsulotning dinamik qovushqoqligi, Pa/sek,
r0- cho‘kmaning birlik qarshiligi, l/m2,
hr- cho‘kma qatlami qalinligi, m.
Masala.
Berilgan
 - 200 sek-1;
g - 20 m/ sek-1;
n- 800
R – 10 m
= 0,00112Rn2 =112*10-5 Rn2= 112*10-5 *10*800= 896000*10-5

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə