Битираётган мутахассисларни тайёрлашнинг сифатига қўйиладиган талабларнинг кескин ошиб кетгани, мураккаб масалаларни ечишга фанлараро ёндашувнинг зарурияти


Ma’lumotlarning xillari. Buyruqlarning formatlari va xillari



Yüklə 24,38 Mb.
səhifə8/42
tarix13.12.2023
ölçüsü24,38 Mb.
#149422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Мирюсупов З З Комп архит укув

1.3. Ma’lumotlarning xillari. Buyruqlarning formatlari va xillari.
Adreslash. Boshqarish oqimi. Uzilishlar.

Kompyuterlarda ifodalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning xillarini ikkita turkumga ajratish mumkin:


1. Raqamli ma’lumotlar, ya’ni sonlar bilan ifodalanuvchi ma’lumotlar.
2. Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar.
Raqamli ma’lumotlar va ularni kompyuterda qanday ifodalanishini ko‘rib chiqamiz.
Butun sonlar. Raqamli ma’lumotlarning asosiysi – bu butun sonlardir. Butun sonlar kompyuterda ikkilik sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Ular odatda 8, 16, 32 va 64 bitli uzunliklardan biriga ega bo‘lishlari mumkin. Kompyuterda butun sonlar ishorali va ishorasiz ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin (1.12-rasm). 32-razryadli so‘z (rus tilida – слово) yordamida 0 dan 232-1 gacha bo‘lgan ishorasiz, hamda -231-1 dan +231-1 gacha bo‘lgan ishorali butun sonlarni ifodalash mumkin.
Butun bo‘lmagan sonlar. Butun bo‘lmagan sonlarni (3,14; 0,495; 0,0056; …) ifodalash uchun suriluvchi nuqtali sonlar ishlatiladi (rus tilida - числа с плавающей точкой). Ularning uzunliklari 32, 64 yoki 128 bitgacha bo‘lishi mumkin (1.13-rasm).

1.12.-rasm. Butun sonlar.

1.13-rasm. Suriluvchi nuqtali sonning IEEE standartidagi formatlari.


Misollar: 3,14 = 0,314 * 101


0,495 = 0,495 * 100
0,00056 = 0,56 * 10-3
2014 = 0,2014 * 104
314; 495; 56; 2014 - mantissalar.
1; 0; -3; 4 – eksponentalar (darajalar, tartiblar) (1.14-rasm).



1.14-rasm. Suriluvchi nuqtali sonlarga misollar.


O‘nlik sonlar. Bunda o‘nlik sistemasida yozilgan har bir raqam, ikkilik sistemasidagi to‘rtta raqam bilan almashtiriladi. Ikkita o‘nlik raqam, bitta baytga joylashtiriladi (1.15-rasm). Bu ikkilik-o‘nlik formati deb ataladi. (rus tilida – двоично-десятичный формат).
Misollar: 25 --- 0010 0101
367 --- 0011 0110 0111
1987 --- 0001 1001 1000 0111

1.15-rasm. O‘nlik sonlarga misollar.
Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar va ularning xillari.

Yüklə 24,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə