Bitiruv malakaviy ishi


SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə11/30
tarix21.12.2022
ölçüsü308,24 Kb.
#97521
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
boshlangich sinf oquvchilarni bayon

SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH


To'la savodxonlikka erishishning muhim omillaridan biri, o'quvchilar nutq
madaniyati ustida ishlash, ularni og'zaki va yozma nutqlaridagi kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash va tuzatishdan iboratdir.
Shuning uchun 1-4-sinf o'quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida mashg'ulot olib borish, o'quvchilarda fikrni keng ko'lamda va xilma-xil ravishda bayon eta bilish qobiliyatini o'stirish lozim.
Yozma ish turlaridan biri bayondir. Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma'lum tayyorgarlikdan so'ng yozma ravishda qayta hikoyalashdir.
Birinchi sinf dasturiga ko'ra matnni qayta hikoyalash mashqlari berilmaydi. Faqat aniq bir mavzuda rasmlarga qarab gap va kichik hikoya tuzish (inshoga tayyorgarlik mashqlari) o'rganiladi.
Tayyorgarlik mashqlarini o'tkazish o'quvchilarda sodda gap tuzish ko'nikmasini hosil qiladi. O'quvchilar gapda so'zlarning tartibini, gap oxirida nuqta qo'yishni, bir gapni ikkinchi gapdan ajratishni o'rganadilar.


        1. SINFDA BAYON USTIDA ISHLASH


Ikkinchi sinf ona tili dasturida o'quvchilarni o'qituvchi rahbarligida hajmi uncha katta bo'lmagan (40-50 so'zli) matnlardan' savollar yordamida bayon yozishga o'rgatish tavsiya etiladi.
O'qituvchining oldida ikkinchi sinf o'quvchilarini berilgan tayyor reja asosida bayon yozishga o'rgatish vazifasi turadi. O'quvchilar yozuv taxtasiga yozilgan savollarni to'g'ri o'qishi va ularning ma'nosini tushunishi, rejadagi savolga aniq javob berishi, qayta hikoyalashda va yozma bayonda o'zining javoblarini rejadagi savollar tartibida berishi lozim.
Yozma nutq malakalarini mustahkamlash uchun o'quvchilarni bayonda o'zlari yoza oladigan so'zlardan foydalanishga o'rgatish lozim. Shuni nazarda tutib, to'plamda tayyor reja asosida bayon yozish uchun matnlar berilgan.
Matnlar asosida bayon yozishda uning mazmunini ochuvchi savollar orqali tahlil qilish kerak. Hikoya mazmunini tahlil qilish o'quvchilarning hikoyadagi asosiy fikrni va hikoya qismlari o'rtasidagi bog'lanishni bilib olishiga yordam beradi. Bu esa mazmunni tushunmasdan shunchaki eslab qolishning oldini oladi.
Ikkinchi sinf o'quvchilarining reja bilan ishlashidagi asosiy talab ularning savollarni to'g'ri o'qishi va ularni matn qismlari bilan bog'lay olishidir. Bayon yozishga o'rgatish va uni yozishda quyidagi ish usullaridan foydalanish mumkin. Ikkinchi sinfda o'quvchilarni matn bilan tanishtirishda ishni tayyorgarlik mashqlaridan boshlash (matn o'quvchilar ko'z oldida bo'ladi) maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ish keyinchalik bayon yozishdagi qiyinchiliklarning oldini oladi. Shuningdek, o'qituvchi o'quvchilarni matnni asta-sekin o'qiganda eshitishga, uning mazmunini o'zlashtirishga o'rgatadi. 2-sinfda bajariladigan barcha mashq turlari reja bilan alohida ishlashni talab qilmaydi. Chunki reja tayyor holda beriladi. (Sarlavha tanlanadigan mashqlar bundan mustasno.) Ikkinchi sinfda gap ustida ishlashga katta ahamiyat berish talab qilinadi. Matnni tahlil qilish yo'li bilan sodda gaplarni tuzish ko'nikmasi mustahkamlanadi, Matnni tahlil qilib, reja savollari ustida ishlash zarur. Bu sohadagi asosiy ishlar quyidagilardan iborat:
-Hikoya yoki uning qismlaridagi gaplar sonini aniqlash; ba'zi gaplarda nima va kim haqida gapirilganini ko'rsatib berish.
-O'qilgan reja savollari nechta gapga tegishli ekanini aniqlash.
-Gapdagi so'zlar sonini hisobga olish; tarkibidagi so'zlarni eslab qolish.
-Savolda uchramagan so'zlarni gapdan topish.
Masalan: Durdona kitobini qanday saqlaydi? Savol o'rniga gapdan «ozoda» so'zi topib yoziladi.
Reja savollariga javob tayyorlash sintaktik ishni talab qiladi. Ikki-uch gapni o'z ichiga olgan savollarga javob tayyorlash vaqtida keyingi gap ma'nosini tushuntirib beradigan qo'shimcha savollar berilishi mumkin.
Sintaktik ishni bajarganda ba'zan yozuv taxtasiga yozilgan parchani yoki gapni qisman tahlil qilishga to'g'ri keladi. Ko'pincha, bolalar gapdagi so'zlar tartibini buzadilar. O'qituvchi bolalarga gapdagi so'zlarni tartib bilan joylashtirishni o'rgatishi shart. Shu maqsadda quyidagi usullar ishlatiladi:
Yozuv taxtasiga biror-bir so'zi tushirilgan va uning o'rnida savol ma'nosini bildirgan so'z turgan gaplar yoziladi. So'ngra shularga javob beruvchi so'zlar qo'yib gaplar yoziladi.
Masalan: Chumoli nima topib oldi? Chumoli don topib oldi.
Gap so'zlar tartibi o'zgartirilgan holda yozuv taxtasiga yoziladi.
Masalan: chumoli, chaqirdi, o'rtoqlarini. Shu so'zlarning tartibiga mos chizma yozuv taxtasida beriladi. Chizma: nima nimalarini nima qildi? Endi so'roqlar o'rniga mos so'zlarni qo'yib, Chumoli o'rtoqlarini chaqirdi gapi tuziladi.
Ikkinchi sinfda xatolarning oldini olish uchun o'quvchilarga talaffuzi qiyin bo'lgan so'zlarni bo'g'inlab aytishni mashq qildirish muhim ahamiyat kasb etadi. Qator kelgan undoshli so'zlarni yozishdan oldin bolalar so'zni bo'g'inga bo’ladilar, bo'g'inlardan so'z yasaydilar, uni o'qiydilar yoki qisqa gap tuzadilar.

        1. Yüklə 308,24 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə