Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/168
tarix23.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#112309
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Biznes boshqaruv asoslari

Sog`liq sug`urtasi 
Sog`liq bilan bog`liq bo`lgan sug`urtaning bir necha turlari mavjud.Bulardan biri esa tibbiy 
sug`urta.Undan tashqari Jaroxat sug`urtasi, doimiy tibbiy sug`urta, asosiy tibbiy sug`urta, va har 
tomonolama tibbiy sug`urta kabi sug`urta turlarini siz rasmiylashtirishingiz mumkin.
Kasalxona sug`urtasi 
Jaroxat yoki kasal bo`lganingizda davolanishingizga to`g`ri kelishi mumkin. Bunday holatlarda 
kasalxona sug`urtasi xarajatlarning bir qismini yoki barchasini qoplab beradi.Bular Jaroxat 
operatsiyalari,tibbiy ko`rik, rentgen, labaratoriya testlariva dori-darmon, yotoqxonangiz va 
ovqatlanishingiz uchun ketadigan xarajatlarni o`z ichiga oladi.Odamlar sog`liq sug`urtasiga 
nisbatan kasalxona sug`urtasini ko`proq sotib olishadi chunki kasalxonada davolanishning narxi 
baland. Siz kasalxona sug`urtasini sug`urta kompaniyalaridan sotib olishingiz mumkin. Agar 
xarajatlar shartnomada ko`rsatilgandan ortiqcha bo`lib ketsa bu ortiqcha xarajatlarni bemor 
to`lashi shart. 
Jaroxat sug`urtasi 
Jaroxat kasalxonaga tushishning asosiy sabablaridan biridir. Jarroxat sug`urtasi jaroxat 
operatsiyasi xarajtlarining bir qismini yoki hammasini qoplab beradi. Bunda Operatsiyalar turlari 
va qoplanishi kerak bo`lgan summalar ro`yxati tuziladi. Ba’zi kompaniyalarboshqalariga nisbatan 
jarroxlik operatsiylari uchun ko`proq pul miqdori ko`rsatiladi. Bu esa sug`urtaning narxiga ta’sir 
etadi. Jarroxlik sug`urtasi odatda kasalxona sug`urtasi bilan birga tuziladi. 
Doimiy tibbiy sug`urta 
Ba’zi vaqtlari (odatda kasalxonada tibbiy ko`rikdan o`tish qimmat bo`lganida) tibbiy ko`rikdan 
o`tishga shifokorlar ofisiga borishadi. Doimiy tibbiy sug`urta shifokor ofisi, bemor uyi yoki 
kasalxonada bo`lmagan joylarda ko`rsatilgan muolajalar uchun xarajatlarni qoplaydi.Ushbu 
sug`urta shartnomasi har bir chaqirilgan yoki tashrif buyrugan shifokor xarajatlarini qoplab 
beradi.Ba’zi shartnomalarda diagnostika va labaratoriya testlari xarajatlarini qoplab berish 
ko`rsatilgan bo`ladi. Doimiy tibbiy sug`urta odatda kasalxona va jarroxlik sug`urtalari bilan birga 
tuziladi. Doimiy tibbiy, kasalxona va jarroxlik sug`urtaari sog`liq dasturini tashkil etadi.
Biznes Yozuvlar :

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə