Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/168
tarix23.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#112309
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Biznes boshqaruv asoslari

Inflyatsiyani o`lchash 
Inflyatsiya tez-tez o`zgarib turadi.1950-yillar oxiri va 1960-yillarboshi oralig`ida xorijda 
inflyatsiyaning ko`rsatkichi yiliga 1-3%ni tashkil etgan. 1970-1980 yillar oralig`ida aholining o`rtacha 
turmush tarzi 10-12%ga yillik ko`rsatkichda oshdi.O`rtacha inflyatsiya (yiliga 2-3% miqdoridagi) 
iqtisodiy o`sish sababchisi bo`lishi mumkin. O`rta inflyatsiya vaqtida ish-haqqi maxsulot yoki xizmat 
narxiga qaraganda sekinroq oshadi. Maxsulot savdosidagi narxlarni ishchi kuchini narxi bilan bog`liq 
holda baland bo`ladi. Ishlab chiqaruvchilar foydaning oshishi hisobiga, ko`proq maxsulot ishlab 
chiqarishadi va ko`proq ishchilarni yollay boshlashadi. Yangi yollangan ishchilar sarfni oshiradi va 
iqtisodiyotdagi umumiy extiyoj oshadi. Xorijda, inflyatsiyaning eng ko`p uchraydigan o`lchov birligi 
sifatida Yashash Narxi Ko`rsatkichi (YNK) deb ataladi. Yashash narxi bu o`lchov miqdori bo`lib, u 
mazkur yildagi yashash narxini undan oldingi yildagi yashash narxi solishtirish natijasida aniqlanadi. 
Yashash narxi ko`rsatkichining turli xil ko`rinishlari mavjud. Inflyatsiya ko`rsatkichi aldamchi bo`lishi 
mumkin, chunki yashash narxi ko`rsatkichi tanlangan guruhlarga asoslangan bo`ladi. Ko`pchilik 
insonlar ko`rsatkich hisob-kitobidan foydalangan holda tahmin qilishgan narsalarni sotib 
olisholmaymiz degan noto`g`ri fikrda bo`lishadi. Muxtojlar(oziq-ovqat, gaz, sog`liq maxsulotlari) 
narxlari muhim bo`lmagan maxsulotlarga nisbatan tez oshishi mumkin.Yuqorida keltirilgan inflyatsiya 
natijalari haridorlar tomonidan yashash narxining oshish hisoblaridan pastroqdir. 
Defylatsiya 
Inflyatsiyaga teskari tushuncha deflyatsiyadir. Deflyatsiya umumiy narx bosqichlarining pasayishidir. 
Bu holat odatda pasayish va dipressiya vaqt oralig`ida namoyon bo`ladi. Maxsulot narxlari patsroq, 
lekin insonlarda esa ularni sotib olish uchun yetarlicha pul yo`q. Muhim deflyatsiya 1930 yillardagi 
buyuk dipressiya davomida xorijda kuzatilgan. Misol uchun, 1929 – 1933 yillar oralig`ida narxlar 
tahminan 25%ga pasaydi. Deflyatsiya maxsus tovarlar sotuvida namoyon bo`lishi mumkin. So`ngi 
yillarda, kompyuter va boshqa electron qurilmalarning narxi rivojlangan texnologiyalarga nisbatan 
sezirarli pasaydi. 
Foiz stavkasi 
Oddiy qilib aytganda, foiz stavkasi pulning narxini ifodalaydi. Huddi boshqa narsalar kabi pulning ham 
narxi mavjuddir. Biznes faoliyatida foiz stavkasining ahamiyati juda katta. 
Qarz olgan kompaniya va mamlakatlar foiz stavkasi tomonidan zarar ko`rishi mumkin. Kattaroq foiz 
stavkalari katta biznes narxlarini anglatadi. 
Haridor sifatida sizga ham foiz stavkasi ta’sir 
ko`rsatadi. Siz investor yoki jamg`armachi sifatida oladigan foiz miqdori (foyda) joriy foiz stavkalarida 
o`z aksini topadi. Shunigdek haridorlar ham qarz olishadi. Past kredit ko`rsatkichli insonlar yuqori 
ko`rsatkichlilarga nisbatan yuqori kredit foizlarini to`lashadi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə