Biznes boshqaruv asoslari


Nima ishlab chiqarish kerak?



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/301
tarix29.03.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#84836
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   301
Nima ishlab chiqarish kerak? 
Har bir inson turli xil hunar va qobiliyatlarga ega bo’lgani kabi har bir mamlakat ham turli 
turdagi va miqdordagi resurslarga ega. Ba’zilari tuproqqa boy va muntazam yomg’irli bo’lib ular 
katta ovqat zahirasi bilan ta’minlaydi. Yana boshqalarida esa cho’l mintaqasi yoki dexqonchilikni 
qiyinlashtiruvchi sovuq va uzoq qish hukm suradi. Ba’zi mamlakatlar  ko’p neft, ko’mir va boshqa 
energiya resurslari zahiralariga ega bo’lgan bir paytda, ayrim mamlakatlar faqatgina cheklangan 
zahiraga  ega.  Mamlakatning  nima  ishlab  chiqara  olishini  aniqlashda,  undagi  mavjud  resurslar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat boshqa mamlakatlardagi o’ziga kerak bo’lgan resurslarni 
qo’lga kiritish uchun o’zining ba’zi resurslarini o’sha mamlakatlar bilan ayrboshlaydi. 
Hozirgi kunda mamlakatlar mahsulotlarning turi va miqdori bilan, hamda ular o’zlarining 
muhim xoxish va ehtiyojlarini belgilashida farq qiladi. Bir mamlakat yo’llar va ko’priklar qursa, 
boshqa  mamlakat  esa  turli  xil  iste’mol  tavarlarini  ishlab  chiqarishni  ko’zlashi  mumkin.  Ba’zi 
iqtisodchilar qishloq xo’jaligini rivojlantirishni  ko’zlasa, boshqalari  har harbiy  sohasini quradi. 
Ba’zi millatlarda namunali kollejlar va universitetlar bo’lsa, qolganlarida esa faqatgina maktablar 
va ko’p tajribasiz ishchilar bor.  
Resurslardan  qanday  foydalanish  va  nima  ishlab  chiqarish  hech  qachon  oson  qaror 
bo’lmagan. Agar mamlakat bir sohaga yoki bir guruh odamlarga juda ko’p resurslarni sarflasa, 
boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun resurs yetmaydi.  
Agar ko’p resurslar istemol tovarlarini ishlatish uchun foydalanilsa, mamlakatning yo’llar, 
energiya va suv tizimlari infrastrukturasiga yetarlicha e’tibor berilmay qolishi mumkin.  
«Qonun — shu hodisa yoki jarayonga xos ichki,  muhim, zaruriy, sabab-oqibatli, doimiy,  umumiy, 
sifat va miqdor bog’lanishini ifodal ovchi, barqaror takr orlanuvchi hodisadir».  
Shu ta’rifdan foydalanib iqtisodiy qo nunlarni quyidagicha ifodalash mumkin: Iqtisodiy qonunlar 
— iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy zaruratni 
taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor bog’lanishlari, aloqalaridir. Iqtisodiy qonunlar yrim 
kishilarning  xohish-irodasidan  qat’i  nazar  amal  qiladi.  Bu  jihatdan  iqtisodiy  qonunlar  tabiat 
qonunlariga o’xshab ketadi. Lekin iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlaridan farqlay bilish kerak. 
Ular o’rtasida muhim va printsipial farqlar mavjud:  
1.  Tabiat  qonunlari  —  bu  tabiatga  xos  qonunlar,  ular  tabiat  uchun  ham,  jamiyat  uchun  ham 
umumiy.  Iqtisodiy  qonunlar  esa  jamiyat  ijtimoiy  hayotining  rivojlanishi,  insonlarning  xo’jalik 
aoliyati qonunlaridir.  
2. Tabiat qonunlari abadiy, iqtisodiy qonunlar esa tarixiy xarakterga ega.  
3. Tabiat qonunlarini ochish, bilib olish, o’rganish, ulardan foydalanish nisbatan ancha tekis, illiq 
yuz beradi, hamda tabiat qonunlarining inson tomonidan buzilishi oqibatlari tezda yuzaga hiqadi. 
Iqtisodiy qonunlaresa bu jihatdan aksincha. Sababi insonning o’zi murakkab, undan tashqari, har 
bir inson o’z individual hamda guruhiy ehtiyoji, manfaati bilan maydonga chiqadi. Natijada iqtis 


odiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga duch keladi. Iqtisodiy 
qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg’ash qiyin. U ma’lum vaqt o’tgandan keyingina 
yuzaga  chiqadi.  Siyosiy  iqtisod  klassiklari  iqtisodiy  qonunlarni  ob’ektivligini  e’tirof  etgan 
bo’lsalar,  marjinalizm  maktabi  namoyandalari,  aksincha,  insonning  iqtisodiy  jarayonlarda 
ishtirokining  sub’ektiv  jihatlariga  ko’proq  ahamiyat  beradilar.  Har  bir  inson  biron  iqtisodiy 
faoliyatga  kirishar  ekan,  o’z  ehtiyojlarini  qondirish  nuqtai  nazaridan  nima  qilishi,  qanday  yo’l 
tutishi kerakligini «aql tarozisi»da tortadi. Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol 
o’ynaydi. Agarda inson umrining yarmidan ko’-pi xo’jalik yurit ish faoliyati bilan o’tar ekan, unda 
albattaiqtisodiy  psixologiya  shakllanadi.  Iqtisodiy  psixologiyaga  iqtisodiy  fikrlash,  xo’jalik 
yuritish  sabablari  va  insonlarning  ishlab  chiqarish,  taqsimot,  ayirboshlash  va  iste’molda 
qatnashuvining  sababi  bo’lgan  iqtisodiy  manfaatlar  kiradi.  Xo’jalik  yuritishni,  ayniqsa  bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya aralashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Erkin tanlash 
imkoniyati  bor  sharoitda  kishilar  biron  qarorga  kelishar  ekan,  buning  uchun  avvalo  iqtisodiy 
fikrlar,  manfaatlar  asosida  xulosa  chiqarishadi.  Natijada  xo’jalik  yuritish  jarayo-nida  ma’lum 
psixologik qonunlarningamal qilishi namoyon bo’ladi.  Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli 
faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Bir xil sub’ektlar xo’jalik jarayonlari ob’ektiv ketma-ketligini 
tushunib,  shu  yo’nalishda  faoliyat  ko’rsatsalar,  aksincha,  boshqa  sub’ektlar  o’z  manfaatlaridan 
kelib chiqib, qarshi faoliyat olib boradilar. Buning natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan 
kam yoki yuqori barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar 
tarzida  amal  qi-ladi.  Iqtisodiy  qonunlarning  har  xil  guruhlari  va  turlari  mavjud  bo’lib,  ular 
birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə