|
![](/i/favi32.png) Biznes boshqaruv asoslariAloqador ishdagi mansablarAloqador ishdagi mansablar:
Bojxona ispektori;
Tarjimon;
Global xaridlar manajeri;
Yuk tashish inspektori;
Xalqaro marketolog;
Xalqaro marketing menejeri;
Export va importni muvofiqlashtiruvchi;
Xalqlar o’rtasidagi savdo-sotiq
Ko’plab biznes faoliyatlari o’zining mamlakat chegaralari ichida amalga oshiriladi. Mamlakat
ichidagi biznes o’sha hududdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, sotish va sotib olish hamda
xizmatlardir. Xalqaro biznes milliy chegaralardan tashqaridagi savdo-sotiq va xizmatlarni
anglatadi. Xalqaro biznes ko’pincha tashqi yoki jahon bozori atamalari bilan yuritiladi.Tashqi
savdo misollarni har joydan toppish mumkin. AQSHda ko’plab tabiiy resurslar, mahoratli ishchi
kuchi, zamonaviy ishlab chiqarish imkoniyatlari bor bo’lishiga qaramasdan, Amerika kompaniya
va iste’molchilari ko’p narsalarga ega bo’lish maqsadida AQSH chegaralaridan tashqarida
harakatlanishmoqda. AQSH 180 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini olib
bormoqda. Avvallari iqtisodiyot milliy chegaralar doirasida nazarda tutilgan.Hozirda xalqaro
savdo hajmi oshib borayotganligi sababli, bu chegaralarni endilikda iqtisodiyotdan
himoyalashning umuman iloji yo’q.Mamlakatlar bir-biriga bog’liq bo’lgani kabi ularning
iqtisodiyoti ham shunday. Iste’molchilar dunyo bo’ylab mahsulot va xizmatlardan foydalanishga
o’rganishgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|