Biznes muloqot va akademik yozuv


MATBUOT KONFERENSIYASIDAN SO`NG



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə47/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

MATBUOT KONFERENSIYASIDAN SO`NG


  • Matbuot konferensiyasi bo`yicha nusxani barcha ixtiyorida bo`lishi uchun zudlik bilan web-sahifangizga qoying!


  • Tarqatma materiallarni qatnashishi mumkin bolgan har qanday ommaviy axborot vositalarga jo`nating, biroq bayon qilinishiga qiziqing!


  • Belgilangan muddatlarda javobsiz qolgan savollarga javob bering yoki qo`shimcha materiallar bilan bog`liq va’dalaringizni bajaring!


  • Faoliyatning barcha bosqichlarini tekshiring va kelgusi konferensiya uchun qaydlaringizni yozib qo`ying!



OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI INTERVYUSI

Muxbirlar ma’lumot olish uchun va maqolalarini boyishi uchun intervyulardan foydalanadilar. Yangiliklarni yig`ishning bosh vositasi va tashkilotingiz uchun auditoriyaga o`z ma’lumotlarini yetkazib berish uchun katta imkoniyatdir. Ommaviy axborot vositalari bilan intervyu omma oldida ularning yaxshi imidjini (ko`rinishini) ko`rsatuvchi vositadir. Shu sababdan ommaviy axborot vositalari bilan intervyular uchun quyidagicha maslahatlar mavjud:


  • Hech qachon improvizatsiya qilmang. Ma’lumotning muvaffaqiyatli yetkazilishi tayyorgarlikka bog`liq bo`ladi. Professional media treneri bilan shug`ullanasizmi, yoki ichki omma bilan aloqa jamoasi bilanmi, repititsiyalar uchun vaqt va urinishlarni ayamang. Turmush o`rtog`ingiz yoki sherigingizni yo bo`lmasa ishongan do`stingiz sizga axmoqona savollar berdiring. Qiyin va dushmanlarcha berilgan savollarga aniq, vijdonan va maqbul javoblarni qanday berishingizni yaxshilab o`ylab ko`ring.


  • Katta joylardan oldin kichikroq joylarni olishga harakat qiling. Savdo ko`rgazmalari boshlash uchun yaxshi nuqta joy bo`lishi mumkin, u yerda ko`p miqdorda ko`rsatma beruvchi majlislar(brifing) o`tkazishingiz mumkin, bu esa nisbatan do`stona jurnalistlar jamoasi uchun odatiy holdir. Asablaringiz haqida qayguring. Asabiy bo`lish odatiydir, ammo xatti-harakatlaringizni qo`rquv yoki shubha egallashiga yo`l qo`ymang.


  • Intervyuni nazorat qiling. O`zingizga ishonch bilan tanishtirish va tashabbuskor qo`l siqishdan boshlang. Kirishing va intervyu oluvchidan yana kim bilan gaplasha olishlari va qancha vaqt kerakligi kabi bir necha asosiy savollarni so`rang. Bunday qilishingiz sizni vaziyat egasi aylantiradi, va sizning shu o`yinda ekanligingizdan dalolat beradi.



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə