Biznesga kirish


 Ta’lim metodlaridan foydalanish



Yüklə 215,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix30.12.2023
ölçüsü215,45 Kb.
#165140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bizni axloqiy va masuliyat jihatdan boshqarish

2.1 Ta’lim metodlaridan foydalanish.

O‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlillariga tayangan holda oliy ta’lim 


muassasalari talaba-yoshlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish 
bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda izohlash lozim topildi (2-rasmga qarang).
 
Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish bosqichlari 
Yoshlarda ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda 
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviy-axloqiy 
tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish, ish mazmunini 
aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish zarur . 
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta’lim 
muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida 
ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash. 
Yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda quyidagi vazifalar 
nazarda tutiladi: 


17 
Oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy kompetentligini 
rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modeli. 
– uzluksiz ta’lim-tarbiyaning har bir bo‘g‘inida ma’naviy-axloqiy tarbiya 
maqsadiga erishish yo‘llarini izlab topish; 
– ta’lim-tarbiya jarayonida turli ta’sir vositalari orqali yoshlarni ma’naviy-axloqiy 


18 
tarbiyalash; 
– ma’naviy-axloqiy tarbiyada shaxsga yo‘naltirilgan metod va vositalar, 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish; 
– yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganlik darajasini aniqlash 
maqsadida anketa so‘rovlarini o‘tkazib, natijalarini qayd etib borish; 
– ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, yoshlarni kompetentli ijtimoiy faol 
mutaxassis sifatida tayyorlashga erishish. 
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatni, yoshlarda tashabbuskorlikni, faollikni tashkil etish 
uchun ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan tarbiyaga xos fanlarni o‘qitish 
jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalari hamda hamkorlik 
ta’limini amalga oshirish muhim sanaladi. Mazkur ta’lim-tarbiya texnologiyalari 
orqali talaba shaxsini ijtimoiylashtirishga erishish imkoniyati yaratiladi. 
Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy munosabatlarga kirishish uchun lozim bo‘lgan 
ma’naviy-axloqiy kategoriyalar, normalar, qadriyatlar tizimi haqida bilim hosil 
qilish hamda ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari 
takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan tarbiyaga oid 
fanlarda ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, 
muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. 
Ta’lim muassasalari talaba-yoshllarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy sifatlarning 
rivojlanganligini baholash namunali, yaxshi, qoniqarli mezonlar orqali aniqlab 
boriladi. Past ko‘rsatkich aniqlansa, korreksiyalash ishlari amalga oshiriladi, 
buning uchun yoshlar bilan individual-psixologik ishlar olib boriladi hamda 
natijaga erishish uchun harakat qilinadi. 
Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalari yoshlari ma’naviy-axloqiy 
kompetentligini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modelini yaratishga imkon 
beradi (3-rasm). Bunday zamonaviy ta’lim modeli yoshlarni kasbiy faoliyatga 
tayyorlashda ma’naviy-axloqiy kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim-tarbiya 
jarayonini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki yoshlarda zarur 
kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, pedagogning o‘zida 
kompenentlilik rivojlangan bo‘lishi lozim. 


19 
Tayanch kompetensiyalar – inson kim va qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy 
nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli 
bo‘lishi uchun egallashi lozim bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko‘nikma 
va malakalar majmuyidan iborat. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo‘lishi, 
axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o‘zini rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro 
bo‘lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor 
bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Axloqning mohiyati va vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjuddir. 
Diniy-teologik nazariya (Platon, F.Akvinskiy, Avgustin, neotomizm) vakillari 
axloqni g‘ayritabiiy g‘oya, ilohiy ruh, xudo bilan bog‘lab qo‘yadi, uni xudo yaratgan 
deydi.
Sub’ektiv idealistik nazariya (Kant, Max, Yum, neopozitivizm) axloqni shaxs 
ongi, aql-irodasi mahsuli deb qarab, uning ob’ektiv asoslari va ijtimoiy mohiyatini 
inkor etadi.
Biologik nazariya (Ch.Darvin, Sh.Leturno, K.Kautskiy) axloqning ijtimoiy 
mohiyati va ob’ektiv asoslarini inkor etib, uning oliy rivojlangan hayvonlar 
instinktidan iborat qilib qo‘yadi.
Axloqning mohiyati va taraqqiyot qonunlarini ilmiy-materialistik etika to‘g‘ri 
tushuntirib bera oladi. Bu ta’limotga ko‘ra, axloq ijtimoiy hayotda, jamiyatda, 
insoniy munosabatlar doirasida vujudga kelgan va mavjud bo‘ladi. U ijtimoiy-
tarixiy praktika, mehnat, ijtimoiy munosabatlar taqozosi ostida vujudga kelgan va 
taraqqiy etib bergan. Turli jamiyatlarda axloqning turli tarixiy shakllari mavjud 
bo‘lgan. Axloq taraqqiyotining bu tarixiy shakllari turli ijtimoiy-tarixiy davrlar, 
konkret jamiyatlar hayoti, ulardagi ijtimoiy guruhlar, sinflarga xos manfaatlar, 
munosabatlarni ifodalagan, ular uchun xizmat qilgan. Shuningdek, axloq normalari 
va prinsiplari barcha jamiyatlar, ijtimoiy guruhlar, umuman insoniyat uchun qadrli, 
qimmatli bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlar, g‘oyalarni ham o‘z ichiga olib, 


20 
rivojlantirib kelgan. Shu asosda axloqiy progress sodir bo‘lgan. Uning ob’ektiv 
mezoni bo‘lib shaxsning axloqiy yetukligi, uning erkin, ongli va ijtimoiy faol hatti-
harakatlari hisoblanadi. Jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda axloqiy 
progress ham murakkablashib, boyib boradi.
Axloq falsafasining hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal 
qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqda alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. 
Bu muammolardan biri, eng muhimi, sayyoramizda etosfera - axloqiy muhit davrini 
yaratish bilan bog‘liq. 
Etika axloq haqidagi bir butun ilmiy nazariya bo‘lib, u o‘z predmetini ijtimoiy 
munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etadi, faqat axloqning paydo 
bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini, funksiyalarini aniqlash bilangina 
cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning 
yurish-turishini axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni 
o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
Etika qadim zamonlardan boshlab falsafaning tarkibiy qismi, hattoki uning 
yadrosi hisoblanardi. Filosoflar dunyoqarash muammolari (Bizni o‘rab olgan 
olamning o‘zi nima? Odamning shu olamdagi o‘rni qanday, odam dunyoni bila 
olishi mumkinmi, bilishning yo‘llari qanday va h.k.)ga javob berish jarayonida 
jamiyatda odam qanday yashamog‘i va faoliyati qanday bo‘lmog‘i kerak, uning 
ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat, insoniy turmush kechirishning normalari 
qanday bo‘lishi kerak va boshqa shu kabi savollarga ham javob topishga, ya’ni inson 
borlig‘ining eng muhim masalalarini hal qilishga uringanlar. 
Xulosa qilib aytganda, etikani faqatgina turli xil etika nazariyalari emas, balki 
real harakatdagi, jonli axloq qiziqtiradi, boshqacha aytganda, uni birinchi navbatda 
o‘z predmetining ob’ektiv dialektikasi qiziqtiradi. 
Axloqning ilmiy nazariyasi bo‘lgan etika hozirgi zamon sharoitida real axloqiy 
munosabatlar mohiyatini tadqiq etish va tushuntirishni, ijtimoiy taraqqiyot 


21 
mazmuniga kiritadigan barcha ijobiylikni ochib berishni o‘z oldiga asosiy vazifa 
qilib qo‘yadi. 
Etika real axloqiy munosabatlarni tadqiq etish bilan birga shu asosda axloqiy 
munosabatlarning qanday bo‘lishi lozimligini, ya’ni luzumiylikni ifodalab beradi, 
axloqni hayotda qaror toptiradigan ob’ektiv qonuniyatlarni tekshiradi. Etika 
insoniyatning axloqiy tajribasini umumlashtirib, hayot kun tartibiga qo‘ygan yangi 
prinsiplar, normalar, xulq qoidalarini nazariy asoslashga, ularni barcha kishilarning 
boyligiga aylantirishga harakat qiladi, bu esa jamiyatni boshqarishdagi metodlarni 
takomillashtirishga yordam beradi. 
Yana bir muhim muammo, bu - biologik axloq. Mazkur hodisa so‘nggi bir 
necha o‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: 
endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yo‘li 
bilan o‘tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday 
baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi. 
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham 
asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, 
xolos. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Bizningcha, biologik axloq muammolari ikki
yo‘nalishdan iborat: biri - insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik 
olamga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi - insonlarning «o‘z-
o‘ziga va o‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‘liq ichki» axloqiy masalalar. 
Biz odatda «ekologik axloq falsafasi» deganimizda aynan birinchi hodisani 
nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya’ni ekologik axloqiy 
muammolarni biologik axloq doirasida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhimligini 
hamma biladi, lekin o‘z bilganidan qolmaydi – muammoning murakkabligi shunda. 
Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi mulohazalarimizda ekologik 
buhronlarning ba’zi ko‘rinishlariga to‘xtalib o‘tdik. Biroq, yana undan tashqari 
so‘nggi paytlarda jahon bo‘ylab sintetik jismlar ishlab chiqarishning keng yo‘lga 


22 
qo‘yilganligi, hayvonot va ayniqsa o‘simliklarning gabrid usulida yangi turlarining 
vujudga keltirilishi singari hodisalar ham ekologik ahamiyatga ega. Xo‘sh, ular 
tabiat bilan singishib, uyg‘unlashib keta oladimi, tabiat ularni o‘ziniki qila biladimi? 
Bunga hozir javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, yuqorida 
aytib o‘tganimiz - muayyan tafakkur bilan inson orasidagi «masofaning uzoqlashib» 
borishi natijasida ayon bo‘lar?... 
Biologik axloqning ikkinchi yo‘nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora 
taraqqiy topib borishi bilan bog‘liq. Bizningcha, totli o‘lim - evtanaziya ham 
biotibbiy axloqning global muammolaridan. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni 
ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli 
bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. 
Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan 
inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida 
o‘tishini biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa 
bir odam - shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu 
iltimosni bajarish uchun shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, 
baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning 
ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, 
axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z yechimini kutmoqda. 
Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y 
bermasligini, yurak urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni 
o‘ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya qobig‘i, undan keyin 
miya tanasi halok bo‘ladi. Shundan keyingina insonni o‘lgan deb hisoblash mumkin. 
Zero, hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat 
texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha 
muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, 
yurak yoki buyrakning ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal 
tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik neyroxirurg 
Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib 


23 
o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar 
erkakka o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. 
Yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 3 6 yashar ayolga o‘tkazilganda ham 
shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. 
Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin? 
Biologik axloq falsafasining anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, 
bu – abort. Ma’lumki, to‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi 
paydo bo‘ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik 
faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, 
jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. 
Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Yoki AQSh olimlari 
tomonidan «inson zotini yaxshilashga» qaratilgan tadqiqotlarni olib ko‘raylik. 
Ularda «yaxshilangan» - sog‘lom, kuchli intellekt egasi bo‘lgan odamlar hujayrasini 
ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan «oddiy odam» hujayrasi 
o‘rniga ko‘chirib o‘tkazish tajribalarini olib borish mo‘ljallangan. Ular amalda tatbiq 
etilsa, asta-sekinlik bilan insoniyat irsiyat jamg‘armasining (genofondining) bir 
yoqlama o‘zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rumo papasi buni inson zotiga, insoniy 
tabiatga aralashuv, uni zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish, nafaqat katta gunoh, balki o‘ta 
axloqsizlik deb atadi. Xo‘sh, bunday tajribalarni qanday baholash kerak? Bu 
savollarga ham Axloq falsafasi javob topmog‘i lozim. 
Har bir fan singari etika ham o‘z kategoriyalar sistemasiga ega. Etika 
kategoriyalarida etikaning nazariy asosini tashkil etuvchi axloqning eng muhim 
tomonlari va elementlari umumlashgan holda o‘z ifodasini topadi. Etika 
kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini, jamiyat axloqiy 
hayotining hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar hatti-
harakatlari, sinfiy-tarixiy nuqtai nazardan ma’qullanishi yoki qoralanishi o‘z aksini 
topgan. 


24 
Etika kategoriyalarining ko‘pchiligi qutbiy qarama-qarshi xarakterga ega,
chunonchi, yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, vijdon 
va vijdonsizlik va hokazo. 
Har bir kategoriyaning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib u shaxs bilan jamiyat 
o‘rtasidagi munosabatning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilishning turli 
pog‘onalarini ifodalaydi.
Ba’zi kategoriyalar (yaxshilik, yomonlik, adolat, adolatsizlik, ezgulik) axloq 
sohasini nisbatan juda keng qamrab oladi va o‘z mazmuniga ko‘ra birmuncha 
umumiy hisoblanadi, boshqalari esa (burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat, baxt) 
nisbatan tor kategoriyalar bo‘lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi 
orqali bir muncha yaqqol aks ettiradi.
O‘tmishdagi etika sistemalari, odatda, u yoki bu kategoriyaning ustunligi va 
unga boshqalarining asosiga qurilgan. Masalan, Platon, Aristotel, Forobiy etikasida 
– yaxshilik, Kantda – burch, Gegelda – vijdon, Beruniy, Ibn Sinoda, Alisher 
Navoiyda – adolat, Demokrit, Epikur, Gelvesiy, Feyerbax etikasida – baxt 
belgilovchi kategoriyalar hisoblangan. Etika kategoriyalari jamiyat va axloq 
taraqqiyoti jarayonida yangicha belgilar kasb etib, o‘zgarib va rivojlanib boradi.

Yüklə 215,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə