Biznesni boshqarish


Biznesda tadbirkorlik foydasini anglash



Yüklə 70,18 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü70,18 Kb.
#153409
1   2   3   4
1 mavzu Biznes samaradorligini boshqarish fanining nazariy asoslari

2.Biznesda tadbirkorlik foydasini anglash

O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlaridan boshlab, jamiyatda tadbirkorlik ruhini qaror toptirib, shu asosda odamlarda mulkdorlik tuyg’usini uyg’otishga jiddiy e’tibor qaratildi.


Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan, byurokratik to’siqlarni olib tashlash, yuqori likvidli mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni ochiq birja savdolarida sotishni tashkil etish, yangi tuzilayotgan tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatga olishni osonlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sertifikatlashga doir qarorlar Biznes va xususiy tadbirkorlarga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Biznesning ravnaq topishini rag’batlantirish va tadbirkorlarning haq-huquqlarini himoya qilish yo’lida davlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda nodavlat va xalqaro tashkilotlar ham faoliyat olib bormoqda. Ular kichik korxonalar va yakka tadbirkorlarga amaliy yordam berish, jamiyatda tadbirkorlik harakatini kengaytirish hamda rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga munosib hissa qo’shishmoqda.
Tadbirkor va ishbilarmonlarning bunyodkorlik harakatlari mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lida olib borilayotgan islohotlarning ajralmas qismi sifatida o’zining ijobiy samarasini bera boshladi. Eng asosiysi – so’nggi yillarda iqtisodiy o’sish sur’atlari barqaror tus oldi. Erkin iqtisodiyotning sinalgan tamoyillariga izchil amal qilinishi natijasida tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati oshdi. Pirovardida, Biznesning shakllari kengayib, aholining mulkka egalik tuyg’usi uyg’ona boshladi. Bu hol kichik va o’rta mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo’l ochib bermoqda.
Biznes va tadbirkorlik subyektlari, ularning faoliyati haqida gapirganda, ushbu subyektlar faoliyat olib borayotgan muhit – iqtisodiy, ijtimoiy va qonuniy tizim muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, Biznes va tadbirkorlik subyektlari uchun ma’lum iqtisodiy zona mamlakat misolida olinadigan bo’lsa, shu mamlakatda ushbu faoliyat bilan shug’ullanishning qonuniy asoslari qay darajada yo’lga qo’yilgan va u amaliyotda qanday ishlamoqda; mamlakatda Biznes va tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun iqtisodiy imkoniyatlar mavjudmi, ushbu faoliyat turlari bilan shug’ullanishning ijtimoiy jihatlari o’zida nimalarni mujassam etadi, degan savollar tug’ilishi tabiiy. Shunday ekan, yuqoridagi omillarni o’z ichiga oluvchi O’zbekistondagi Biznes va tadbirkorlik muhitini o’rganish va uning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish ushbu sohani yanada chuqurroq o’rganish imkoniyatini yaratadi.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan Biznes subyektlari ish tajribasi, ularning yirik korxonalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega ekanligini ko’rsatdi. Jahon tajribasi tasdiqlashicha, Biznes subyektlari sektorini rivojlantirish turli tovar bozorlarida haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, katta shaharlarda va ayniqsa qishloq joylarida mehnat resurslaridan hamda mahalliy xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanishga imkon yaratadi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Biznes, xususiy tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda asosiy bo’g’in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, milliy farovonlika erishishning muhim omili ham bo’lishi darkor.”
Biznes subyektlarini tashkil etish zarurligi quyidagi holatlar bilan ifodalanadi:
a) birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatda xususiylashtiriladigan, sinayotgan korxona va tashkilotlarda ishsizlar paydo bo’la boshlaydi. Biznes subyektlarini ta’sis etish natijada kishilarga yangi mulk va ish o’rnini yaratishga imkon beradi;
b) ikkinchidan, Biznes subyektlarining paydo bo’lishi yirik biznes monopolizmini tugatishga imkon beradi, iste’mol bozorini shakllantiradi, erkin raqobat muhitini yaratadi, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishni tezlashtiradi;
v) uchinchidan, bu subyektlar iqtisodiyotning innovatsion majmuasi asosi bo’ladi. Juda tor yo’nalishdagi korxonalar yangiliklarni joriy qilish, sotish, iste’molchilarga yetkazish bilan shug’ullanishadi;
g) to’rtinchidan, qo’shma korxonalar orqali jalb qilinuvchi xorijiy investitsiyalar asosan Biznesga yo’naltiriladi.
2015 yil yakunlariga ko’ra Biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rnini keltirib o’tish uchun, avvalo, statistik ma’lumotlarga e’tiborimizni qaratsak (1.2.1-jadval).
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2000 yilga qaraganda Biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2016 yilda deyarli 2 baravarga ortgan. Xususan, 2015 yilda bu ulush 56,5 foizni tashkil qilganligini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Shuningdek, mamlakat ekportining 27,8 foizi ushbu soha hissasiga to’g’ri kelganligi ham e’tiborga molik ko’rsatkich. Yuk tashish, yo’lovchi tashishning 80 foizdan ortiq qismi, qishloq xo’jaligining 98 foiz ishlab chiqarish Biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to’g’ri kelgan. Bu ko’rsatkich qurilish sohasida esa 66,7 foizdan ortiqni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan Biznes mahalliy bozorga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ayirboshlash uchun taklif etish orqali daromad topish faoliyati bilan shug’ullanuvchi qatlamini ifodalaydi. Biznesning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib bozordagi tez moslasha borish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati; nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni qondira olishi; dastlabki sarmoya hajmining (biznes) ning iqtisodiyot va uning asosiy tarmoqlaridagi ulushi nisbatan kamligi; tez orada yangi ishchi o’rinlari barpo etish va bandlik muammosini hal etishga ko’maklashish imkoniyati; biznes egasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki va boshqalar



Yüklə 70,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə