Biznesni boshqarish



Yüklə 70,18 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü70,18 Kb.
#153409
1   2   3   4
1 mavzu Biznes samaradorligini boshqarish fanining nazariy asoslari

1.2.1-jadval






2005 y.

2006 y.

2007 y.

2008 y.

2009 y.

2010 y.

2011 y.

2012 y.

2013 y.

2014 y.

2015 y.

YaIM

38,2

42,1

45,7

48,2

50,1

52,5

54,0

54,6

55,8

56,1

56,5

Sanoat

10,0

10,9

13,2

14,6

17,9

18,8

21,9

23,1

28,1

31,7

40,6

Qishloq xo’jaligi

85,7

94,0

97,6

97,7

97,8

97,8

97,7

97,8

98,0

98,0

98,4

Investitsiya

24,0

26,5

23,7

24,6

23,7

28,5

31,9

35,3

32,7

35,4

35,8

Qurilish

50,9

52,1

55,4

58,4

42,4

53,1

68,6

71,1

71,5

69,5

66,7

Savdo 2)

88,2

89,1

87,8

84,6

81,0

85,1

86,7

87,3

86,6

86,3

87,1

Pullik xizmatlar

52,5

50,8

50,1

48,5

46,9

47,0

46,3

44,9

46,2

48,6

50,5

Jami xizmatlar

x

x

44,1

44,2

44,1

45,7

46,1

46,8

48,9

51,5

55,6

Yuk tashish

24,6

27,2

34,7

38,1

39,5

41,6

43,2

44,2

47,3

50,9

53,7

Yuk aylanmasi

59,7

64,7

70,4

74,6

73,1

76,6

78,9

81,2

82,8

83,4

83,7

Yo’lovchi tashish

65,7

69,4

75,7

78,4

78,8

79,4

81,8

83,1

84,5

85,5

87,3

Yo’lovchi aylanmasi

77,8

80,4

84,8

84,5

82,9

84,7

87,0

87,6

87,7

88,6

89,2

Eksport

6,0

10,7

14,8

12,4

14,6

13,7

18,8

14,0

26,2

27,0

27,8

Import

33,7

34,0

32,0

35,7

42,5

35,8

34,3

38,6

42,4

45,4

44,5

Bandlik

64,8

69,1

72,1

73,1

73,9

74,3

75,1

75,6

76,7

77,6

77,9

Biznesning iqtisodiy jihatlari hamda manfaatli xususiyatlari quyidagicha yoritiladi:



  • Biznes – aholining talay qismi uchun mehnatini qo’llaydigan jabha va daromad manbai, yetarli malaka va tajriba bo’lmagan, egiluvchan jadvalli ish kunini istagan aksariyat mehnat resurslarini mashg’ul etuvchi mehnat bozorining eng moslashuvchan qismi. Ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma’lumoti va mehnat tajribasi yuqori darajada bo’lmagan shaxslar ko’pincha faqat shu yerdan ish topishlari mumkin. Bu jabhada mashg’ul kishilarning aksariyat qismi uchungina emas, balki ularning oila a’zolari uchun ham asosiy daromad manbai bo’lishi Biznes milliy farovonlikning o’sishi uchun muhim omilga aylanganidan dalolat beradi;

  • biznesaholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potensial samarali vositadir. U fuqarolarga nafaqat o’z ishchi kuchi, balki o’z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo’ljallangan mulk egasi bo’lishiga imkon yaratib, o’rta sinf-jamiyatning progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi;

  • Biznes butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U iste’mol talabining o’zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tebranishlariga muvofiq tarzda o’z faoliyati ixtisosini tez va nisbatan asoratsiz o’zgartira oladi;

  • Biznes iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yaxshilaydi. Alohida shaxs uchun esa Biznes bilan shug’ullanish band bo’lish va daromad olishga, ishi va shaxsiy hayotini yaxlitroq birlashtirishga, o’z qobiliyati va iste’dodini namoyon qilishga imkon yaratadi.

Biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish amalga oshirayotgan islohotlarimizning asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Chunki birinchidan, Biznes rivojlangan jahon iqtisodiyotining tarkibini tashkil etuvchi muhim tarmoq bo’lib hisoblanadi. Uning faoliyati nafaqat Biznesning, balki butun mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Bundan tashqari ichki bozorning iste’mol tovarlari bilan to’ldirilishi va aholiga turli xizmatlar ko’rsatilishi, eksport salohiyatining o’sishi, aholining ish bilan ta’minlash va uning real daromadlarini ko’paytirish masalalarining echimi ham ana shu tarmoqning nechog’lik barqaror rivojlanishiga bog’liq.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida jahon bozorida raqobat yanada kuchayadi. Bunday sharoitda aynan Biznes yirik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kapital mablag’ sarfini ham talab qilishi, ixchamligi bilan bir qatorda, zarur tamoyillarga, bozor konyukturasining o’zgaruvchan talablariga hamda vaqti-vaqti bilan bo’lib turadigan iqtisodiy inqirozlarga tezroq moslasha olish, ishlab chiqarish quvvatlarini jadal modernizatsiya qilish imkoniyatiga ega.
Dunyo bozorida iste’mol mollari konyukturasi hozirgi zamon sharoitida o’rtacha har 9 oyda o’zgarib turadi. Agar shuni hisobga olsak, Biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati mamlakat iqtisodiyotining izchil rivojlanishida nechog’lik muhim ahamiyatga ega ekani yaqqol ko’rinadi.
Yirik korxonalarni butlovchi qismlar, materiallar yetkazib beradigan tarmoqlarni barpo etish rag’batlantirildi. Bu esa sanoatda import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish muammosini hal etish imkonini beradi hamda tashqi bozorga tovarlar va texnologiyalarni eksport qilish hajmining o’sishiga olib keladi.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi barqaror ravishda o’sib borishini ta’minlamoqda. Bu esa barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, modernizatsiya qilish jarayonlari va mulkiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida yildan-yilga Biznes subyektlari soni ortib bormoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, faoliyat yuritayotgan Biznes subyektlarining soni 2013 yilda 26 mingdan ziyodga o’sib, 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 190,0 mingtaga (dehqon va fermer xo’jaliklarini hisobga olmagan holda) etgan. Tashkil etilayotgan yangi korxonalar natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlarini ko’paytirmoqda, ichki iste’mol bozorini zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirmoqda, sog’lom raqobat kuchaymoqda, eng asosiysi, dolzarb muammolardan biri - aholini ish bilan bandlik darajasini oshirilishi ta’minlamoqda.
Shu bilan birga, jahon bozorida raqobat keskinlashib borayotgan bir paytda Biznes va xususiy tadbirkorlikka yangi imkoniyat, imtiyoz va preferentsiyalar yaratib berish va uning rivojini yangi bosqichga olib chiqish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Shu maqsadda, huquqiy-normativ qarorlarni yanada takomillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, pirovardida sohaning investitsion jozibadorligini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat qiluvchi infratuzilmalar, xususan, kommunal sohaga innovatsion yutuqlarni tadbiq etish, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, banklardan kredit olishda kreditning garov asosida ta’minlanishiga yordam beruvchi tashkilotlarni tashkil etish lozim.
Umuman olganda, Biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz taraqqiyotida, xalqimizning hayot darajasini munosib bosqichga ko’tarishda, bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyot mexanizmlarini takomillashtirish, zamonaviy demokratik davlat qurishda hal qiluvchi o’rin va ta’sirga ega bo’lib bormoqda.


1.3. Tadbirkorlikning jamiyat uchun ahamiyati. O’z-o’zini band qilish.

Biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishnnng mamlakatimiz va xorij tajribasini tahlil etib, faqat ularga xos bo’lgan quyidagi ustuvor xususiyatlarni ko’rsatish mumkin. Ya’ni: mulkdorlar sonini ortirish imkoniyatining mavjudligi; aholi daromadlarini oshirish mumkinligi; nisbatan kamroq hajmda kapital xarajatlarni amalga oshirish orqali yangi ish o’rinlarining tashkil etish mumkinligi; rasmiy ravnshda mutaxassislikka ega bo’lmagan xodimlarni ish joylarida kasbiy yo’naltirish orqali, yangi ish o’rinlarining tashkil etish mumkinligi: raqobat muhitini shakllantirish mumkinligi; nisbatan qisqa muddatlarda sarflangan kapital ko’yilmalar o’zini oqlashi va shu kabilardir.


Mazkur holatlar va xususiyatlar Biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyatini hamda respublikamizda uni rivojlantirish zaruriyatini belgilab beradi. Bunda Biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu sohada tuzilmaviy shakllanishni kuchaytirish va ular faoliyatini moliyaviy barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarda yirik korxonalarning ichki bo’linmalari bajargan avvalgi ko’p funksiyalardan voz kechish va bu funksiyalarni kichik korxonalarga berish jarayoni kuzatilmoqda. Aynan shu sabablarga ko’ra, yirik sanoat korxonalari soni qisqarib, kichik korxonalar soni o’sib bormoqda. Bu jarayon bozor iqtisodiyotining dinamik, harakatchan, yangiliklarga hozirjavob tarzda o’sishi, bozordagi talab va uning o’zgarishiga tez moslashuvchan bo’lishini ta’minlaydi. Shunga muvofiq, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan riqobatdoshlik darajasi ortishiga imkon beradigan eng muhim omillardan biri kichik korxonalarning butun bir tarmog’ini vujudga keltirishga imkon beradigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lib, bunday korxonalar yig’indisi raqobatli bozor muhitini yaratishga imkon beradi.
Demak, mamlakatimiz mintaqalarida Biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan korxonalarga alohida e’tibor qaratish, bu jarayon yangi innovatsiyalar, tashabbuskorlikni talab etishini anglab, ayni shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash mumkin. Shunday ekan, mintaqalardagi Biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar rahbarlari fan va texnika sohasidagi eng so’nggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Biznesni rivojlantirish bilan bog’liq tadbirlar, tizimli ravishda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida mazkur sohaning yalpi ichki mahsulotni yaratishdagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda. Yaratilayotgan yangi ish o’rinlarining katta qismi ham aynan shu sohaga to’g’ri kelmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tubdan o’zgartirish va ular tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirishni shiddatli raqobat sharoitidagi o’z iqtisodiy echimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etish mumkin.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda turli mulkchilik munosabatlarining shakllanishi, shu bilan birga xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida mulkdorlarning o’rta sinfi shakllanishi, aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish vazifalarining mavjudligi, aholi bandligini oshirish maqsadida yangi ish o’rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko’paytirish hamda farovonligini oshirishning muhim omili sifatida yurtimiz taraqqiyoti yo’lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida xususiy tadbirkorlik va Biznesni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish asosiy maqsadlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati sohasida hal etilishi lozim bo’lgan masalalar quyidagilardan iborat:
* tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun zarur bo’ladigan yer ajratish sohasidagi kamchiliklar;
* tadbirkorlik faoliyati sohasidagi mutaxassislar yetishmovchiligi;
* tadbirkorlik faoliyati rivojidagi marketing muammolari;
* tadbirkorlik faoliyati mahsulotlarini akkreditatsiya qilish va sertifikatlashtirish masalalarini takomillashtirish.
Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning asosiy qismi faoliyatni boshqaruv jarayonida motivatsiyaviy omillardan foydalanmaslik va uni keng qo’llamaslik hamda tadbirkorning kerakli me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmuniga tushunmasligi, o’z vaqtida davlat boshqaruv organlariga murojaat qilmasligi sababli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy motivatsion omillaridan tashkiliy motivatsion omillarini ko’radigan bo’lsak, u quyidagilardan iborat:
* tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda motivatsion omillarga tayangan holda qarorlar qabul qilish;
* samarali boshqarish usullarini ishlab chiqish;
* xodimlardan intizomlilikni talab etish;
* o’z qobiliyatini ishga solish;
* innovatsion faoliyatni takomillashtirish;
* tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashuvchi tashqi hamkorlar bilan munosabatlarni yaxshilash;
* yaratilgan mahsulot va xizmatlarning eksport darajasini oshirish yo’llarini ishlab chiqish;
* tadbirkorlik faoliyati natijalari bo’yicha davlat organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini tubdan takomillashtirish.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy motivatsion omillari quyidagilardan tashkil topgan:
* rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
* o’rinsiz tekshiruvlarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish;
* moliyaviy qo’llab-quvvatlashda moliyaviy institutlarning rolini oshirish;
* soliqqa tortish va soliq yukini yanada kamaytirish va rag’batlantirish;
* iqtisodiy maslahat xizmatlari faoliyatini rivojlantirish;
* ishlab chiqarishda xom ashyo resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish;
* xodimlar mehnatiga haq to’lash tizimini yanada takomillashtirish.
Huquqiy-motivatsion omillarga:
* tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish;
* xodimlarga belgilangan majburiyatlar bajaralishini nazorat qilish bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqish;
* rahbarning jamoa barcha a’zolariga adolatli bo’lishini ta’minlash;
* vazifalarni xodimlarning huquqiy burchlaridan kelib chiqib aniq rejalashtirish;
* xodimlarga majburiy jazo-choralarni qo’llash;
* xodimlar o’rtasida oshkoralikni ta’minlash;
* tadbirkorlik faoliyatiga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish va ulardan foydalanish bo’yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish kabilar kiradi.



Yüklə 70,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə