Biznesning o'zaro ta'siri madaniyati tushunchasi: mohiyati va funktsiyalari. Reja: Madaniyat va biznes boshqaruvi



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə6/8
tarix27.12.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#163752
1   2   3   4   5   6   7   8
BIZNESNING O\'ZARO TA\'SIRI MADANIYATI TUSHUNCHASI MOHIYATI VA FUNKTSIYALARI

Raxbarlik qilishning demoqratik uslubi qarorlar qabul qilish va yechishda jamoa a’zolarini keng jalb etish bilan ajralib turadi. Bunda muxokama qilishning muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jamoa shakllaridan ko’prok foydalaniladi, raxbar o’z vakolatiningbir qismini kul ostidagilarga topshiradi. Raxbarlik qilishning demoqratik uslubida xodimlar o’z ishi istikboli xaqida tushunchaga ega bo’lish uchun yetarli axborot oladilar. Demoqratik uslubning afzalligi - xodimlar tashabbuskorligi va o’z ishidan mamnun bo’lishi uchun kulay sharoit yaratilishidir. Demoqratik uslub «pastdan pastga» munozara qilish va tankid tamoyillariga asosolanadi. Eng muxim qarorlar jamoa faollari tomonidan raxbar boshchiligida qabul qilinadi. Ko’p xollarda qarorlar majlis va yigilishlarda qabul qilinadi. Lekin bu uslub xam kamchiliklardan xoli emas. U manozara va muxokama uchun vaqt bulmagan, boshqaruv qarorini tez qabul qilish zarur bo’lgan vaziyatlarda foyda bermaydi. Demoqratik uslubni kullovchi raxbar o’z kul ostidagilarga shaxsiy tashabbuskorlik, mustaqillikni namoyon qilishga imkon yaratadi, lekin ular izmida bulmaydi. U odatda o’ziga buysunuvchilar ishi tavsilotlarini surishtirmaydi, mayda-chuyda ishlarda yo’l-yurik ko’rsatmaydi va nazorat kilmaydi, lekin doimo ular faoliyati natijasi bilan kizikadi, zarru bo’lgan xollarda maslaxat beradi. Bunday raxbarlik ostidagi xodimlar ishdagi vaziyat xaqida tulik axborotga ega bo’ladilar. Raxbar mutaxassis fikrini xisobga oladi, jamoada xamkorlik uchun kulay vaziyat yaratish uchun xarakat kiladi.

Raxbarlikning liberal uslubi raxbarning jamoa faoliyatiga minimal aralashuvi bilan xaraqterlanadi. Raxbar bunday xolda mexnat jamoalariurtasida vositachi vazifasini bajaradi, xodimlarni ish uchun zarur axborot bilan ta’minlaydi. Liberal uslub maksad aniq va xodimlar ishi individual xususiyatga ega bo’lgan xoldagina qo’llanilishi mumkin. Bunday sharoitda xodimlar o’z faoliyatini rejalashtiradilar va tashkil etadilar, raxbarga esa fakat zarur xollardagina murojaat kiladilar. Liberal uslub ko’prok ilmiy-tadkikot ishlariga raxbarlik qilishda qo’llaniladi, chunki bu xolda ijodiy faollik va mustaqillik talab etiladi. Ishlab chiqarish sharoitida liberal uslubni qo’llab bulmaydi. Amalda aniq bir uslub sof xolda qo’llanilmaydi ko’p xollarda bir qancha uslublar kombinasiyasidan foydalaniladi. Faol raxbar ongli ravishda u yoki bu uslubning ijobiy tomonlaridan foydalanishga, salbiy tomonlarini bartaraf etishga xarakat kiladi. Lekin barcha uslublar bir xil kuchga ega deb xisoblash noto’g’ri bo’ladi. Doimo raxbarlik qilishning demoqratik usuli afzal quriladi. Xuddi mana shu uslub istikbolga ega, uni rivojlantirish va takomillashtirish zarur. Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni buysundirish darajasi ko’rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mexnat predmetlari kiradi. Ma’naviy madaniyatga fan, axoli ma’lumot darajasi, medisina xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlar axloqiy meyorlari, ma’naviy extiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning xam madaniy ishlab chiqarish, xam ma’naviy xayot soxasida rivojlanishi jarayonidagi yutuklarini kamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mexnati moxiyatidan iborat bo’lib, kishilarning avvalgi avlodlari tomonidan yaratiladi. Raxbar ish uslubi korxona faoliyati yakuniy natijalariga ishlab chiqarishni boshqarish vazifalari vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ularning xar biri boshqa vazifalar bilan uzviy bog’liq xolda ta’sir kiladi va uslubning foyda xamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga ta’sir etishning yagona mexanizmi tarkibiga kiruvchi boglovchi bo’g’in vazifasini bajaradi. Uslub bilan ishlab chiqarish natijalari o’zaro aloqasi tizimi raxbarlar bilim va kunikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mexnat intizomi vositasida amalga oshadi va raxbar tomonidan qo’llaniluvchi boshqaruv usuli bilan bog’liq bo’ladi.


Biznes madaniyati, tashkiliy madaniyat va korporativ madaniyat - bu ma'lum bir biznes doirasida umumiy bo'lgan qadriyatlar va me'yorlarni tavsiflovchi atamalar. Umumiy e'tiqodlar, tushunilgan taqiqlar, marosimlar va jarayonlar va boshqa kompaniyaning umumiy xususiyatlari - bularning barchasi biznes madaniyatining bir qismidir. Har bir kompaniyaning o'ziga xos madaniyati bor, odatda yuqori menejment tomonidan boshqariladi, bu xodimlarning munosabati va ularning ish uslubiga ta'sir qiladi.

Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə