Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Ministeriallar
— o`rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirol’ hamda ruhoniy va oksuyak 
feodallarning xo`jalikva ma`muriy xizmatlarini ado etuvchi xizmatkorlar. 
Marka
— 1) German territorial yoki qishloq jamoasi. Jamoa dehqonchiligida erlarga 
ishlov berish individual tartibda olib borilgan: xovli qo`rg’onlari xususiy mulkka ajratib 
berilgan: qolgan erlar esa xovli — joylarga qarab taqsimlab olingan, chetdan yoki devor bilan 
o`rab olingan, uni buzish esa jarima to`latishi bilan jazolangan. Bunday tarmoklarga: 
xaydaladigan erlar, uzumzorlar, ba`zan o`tlok va o`rmonlar kirgan; 
2) O`rta asrlarda G’arbi Yevropada maxsus harbiy va ma`muriy bulaklarga ajratilgan 
bo`lib, markgraflik uz maydoni jixatidan graflikda anchagina katta bo`lib, markgraflik boshida 
turgan graflar ko`pincha harbiy boshliqlardan bo`lgan. CHunki ular bu chegara viloyatlarning 
mudofaasi xaqida ham qayg’urishlari kerak edi. 
Ritsarlik
— o`rta asr G’arbi Yevropasida harbiy er egaligi sosloviesi. Feodal 
munosabatlari shakllana borgan sari ritsarlar alohida soslovie sifatida ajralib chiqa boshladi. 
Uning vujudga kelishi arablar, vengerlar va normanlar xujumidan mudofaa qilish zarurati 
turilishi tufayli tezlashgan edi. Otliq armiyani tashkil etgan ritsarlikning asosiy sotsial vazifasi 
ekspluatatsiya qilinayotgan dezdonlarning itoatda saqlashga karatilgan edi. Ritsarlar o`zlarining 
sen’orlari bo`lgan ancha yirik feodallardan ularning armiyasida otliq harbiy xizmatni ado etish 
sharti evaziga olgan pomest`elarini idora kilar edilar. Ritsarlar XIII asrga kelib harbiy tashkilot 
xarakterini oldi. Ritsarlar salib yurishlarida faol ishtirok etdilar va bu yurishlar davomida bir 


44 
qator diniy ritsarlik ordenlari ta`sis etildi. O`t otuvchi qurollariing paydo bo`lishn tufayli og’ir 
qurollangan ritsar otliq armiyalari uz ahamiyatini yo`qota boshladi 
Gertsog
— dastavval Qadimiy germanlar qabila zodagonlari saylaydigan harbiy boshliq, 
ilk o`rta asr davrida G’arbi Yevropada — qabila knyazi, feodal tarqoqligi davrida — katta hudud 
egasi. O`rta asr oxirlarida va yangi davrda gertsog — G’arbi Yevropada dvoryanlik unvonlaridan 
biri. 
Gyozlar
— XVI asrlardagi Niderlandiya burjua revolyutsiyasi davomida: 
1) mamlakat erkinligi va din erkinligini Ispaniyadan «qonuniy vositalar» yordamida 
himoya qilish maqsadida Niderlandiyada 1565 yil tashkil topgan ittifoq a`zolarining nomi; 
2) Niderlandiyaga hukmronlik qiluvchi ispanlarga qarshi quruqlikda (o`rmon geelari) va 
dengizda (dengiz gyozlari) kurash olib borgan xalq qo`zg’olonchilari — partizanlarning nomi. 
Dengiz gyozlari katta rol’ o`ynab, ispan kemalariga xujum qildilar va Ispaniya bilan 
Niderlandiya o`rtasidagi dengiz aloqalarini deyarli tamomila to`xtatishga erishdilar. 1572 yil 
1 apredda dengiz gyozlarining Gollandiya orollaridan biriga borib, Bril’ shaxrini egallashlari 
SHimoliy Niderlandiyaning yangi qo`zg’oloniga sabab bo`ldi. bu qo`zg’olon Ispaniya zulmidan 
ozod bo`lish bilan tugallandi. 
Graf
— ilk feodalizm davrida G’arbda qirol tayinlaydigan okrug boshlig’i Feodalizm 
boshlanishi bilan graflar deyarli mustaqil voris hukmronlarga aylanishdi. Feodalizm to`la ravnaq 
topgan davrda graflar ba`zan yirik feodallarga beriladigan faxriy unvon. Absolyutizm karor 
topishi bilan graflik merosga o`tadigan dvoryan unvonlaridan biri. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə