Mavzu: Psixologik xizmatni tashkil etish tarixi. Psixologik xizmatni tashkil etish muammolari



Yüklə 20,42 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü20,42 Kb.
#129309
Mavzu-1 Psixologik xizmatni tashkil etish tarixi


Mavzu:Psixologik xizmatni tashkil etish tarixi. Psixologik xizmatni tashkil etish muammolari.
Reja:
1.Psixologik xizmatni tashkil etish tarixi.
2.Psixologik xizmatning metodologik va nazariy asoslari.
3.Psixologik xizmatning chet ellardagi va Sobiq ittifoqdagi holati.

1. Psixologik xizmatni tashkil etish tarixi.


Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e'tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yetakchi vazifalaridan biri bo'lib kelgan.
XX asr bo'sag'asida psixologiya fani va uning ilg'or vakillari o'zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko'rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo'ldilar.
Umuman, psixologik xizmat ko'rsatish muammosi ma'lum ma'noda, ilmiy psixologiyaning yetakchi yo'nalishlaridan biri sifatida ko'p bor munozaralar manbai bo'lgan. Bu haqda dastlabki psixologik tasavvurlar makoni bo'lmish Hindiston, Xitoy, Yegipet, Vavilon, O'rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) haqidagi kitobning muallifi Aristoteldan hamda temperament (mijoz) ta'limotining asoschilari Galen', Gippokrat va ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psixologlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib kelmoqdalar.
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko'rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdagi o'ziga xos psixologik salohiyatning ne chog'lik to'la-to'kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Prezidentimiz o'zining O'zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo'lini ifodalovchi boshqa qator ma'ruzalari, asarlarida ham iqtisodiyot bilan ma'naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o'zaro ajralmas, bir-birini to'ldiradigan, o'zaro ta'sir, aks ta'sir etadigan muhim omillari ekanligini, ayni paytda bugungi iqtisodiy o'nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni, ma'naviy o'nglanish, ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg'un bo'lishini ta'minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini qayta-qayta ta'kidlaydi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo'ygan talablar asosida qaror toptirishga ko'maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog'liq ekanligi shubhasizdir.
Psixologik xizmatning mazmuni:
a) psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma'rifat,
v) psixodiagnostika,
g) psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya,
d) psixologik konsul'tatsiya.
Psixologik xizmat uch asosiy bo'g'indan tuzilgan:
1) Aniq o'quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi.
2) Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashhis markazi.
3)Respublika kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo'lishi mumkin:
a) xalq ta'limi va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi xodimlari, o'quvchilar, talabalar bilan ma'ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini o'stirish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazish;
b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;
v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o'tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);
d) psixologik maslahat berish;
e) psixologik konsiliumlar o'tkazish;
j)ta'lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorrektsion treninglarni amalga oshirish;
z) psixologik tadqiqot ob'ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv dasturi, o'quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo'nalishi: dolzarb va kelajak yo'nalishlari mavjud. Dolzarb yo'nalish o'quvchilar ta'lim tarbiyasidagi
qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog'liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Kelajak yo'nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o'quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g'oyani olib kiradi. Ikki yo'nalish ham bir-biri bilan bog'liq.
Psixolog o'zining inson xulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o'quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o'zaro munosabat xususiyatlariga, o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog'liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrektsiya qilish yo'llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o'quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Psixologik xizmatning asosiy vazifasi - tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat 3 ta vazifadan tashkil topadi.
Ilmiy tadqiqot vazifalari - o'quvchilar shaxsini shakllantirishning muhim muammolarini, ta'lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o'quvchilar bilan o'qituvchilar, maktab psixologlari, maktab psixologlar bilan o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni hamda maktab psixologining etikasini o'z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar - psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida qo'llab, bolalarning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlash, o'quvchilarning o'qish faoliyatini osonlashtirish, o'quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o'quvchilarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Tashviqot ishlari - psixologik bilimlarni, psixologik umumta'limni tashviq qilib, o'quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, ma'ruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjumanlar o'tkazishdan iborat.
Psixologik tashviqot ishlari teleko'rsatuv va radioda chiqish, yakkama-yakka maslahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir.
Psixologik xizmatning uchala vazifasi o'zaro chambarchas bog'liq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi-psixologlar doimiy ravishda mutaxassislik va pedagogik bilimlarini oshirib borishlari, yangi pedagogik va psixologik bilimlar bilan izchil tanishib borishlari, shuningdek kasbiy tajribani o'zlashtirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil eta olishlari lozim.
2. Psixologik xizmatning metodologik va nazariy asoslari.
Ma'lumki, psixologiya fanida aynan psixologik xizmat muammosiga bag'ishlangan va uning barcha yo'nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo'lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko'rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqodlarni alohida qayd etish mumkin.
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun individual psixologik farqlanish nazariyasining yaratilishini va bu borada o'nlab yirik tadqiqotlarning mavjudligini muhim manbalardan biri sifatida hech mubolag'asiz e'tirof etish mumkin. Differentsial psixologiyaning mahsuli bo'lgan bu yo'nalish, dastavval, nemis psixologi V.Shtern nomi bilan bevosita bog'liqdir. U o'zining 1901-yilda yozgan "individual farqlanish psixologiyasi haqida" nomli asarida har bir individning o'ziga xos psixologik olami mavjudligini eksperimental tarzda tadqiq qiladi.
F.Gal'ton, A.Bine, F.Lazurskiy, R.Kettell kabi olimlar bu sohada yangi bir yo'nalishni kashf qildilar. Shundan so'ng differentsial psixologiya har bir individ yoki guruhdagi qiziqishlar, ustanovkalar, hissiy qo'zg'alishlarni o'lchash va farqlash ob'ekti sifatida maydonga chiqdi. Psixologik xizmat metodologiyasi uchun ahamiyatli tomoni shundaki, har bir individ yoki shaxsning o'zigagina xos psixologik parametrlarini aniqlash va tegishli ilmiy mulohaza yurita olishga xizmat qiluvchi kompleks testlar, usullar, metodikalar majmuasi yaratildi.
Binobarin, chet el ilg'or psixologiyasida psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim o'rin tutuvchi quyidagi yo'nalishlarga asos solindi:
1) Сh.Spirmen tomonidan "ikki omil" nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga muvofiq insonning har bir faoliyatida barcha faoliyatlar uchun umumiy bo'lgan (1-omil) va aynan mazkur faoliyatga mos bo'lgan (2-omil) barcha xususiyatlar o'zaro bog'liqlikda tadqiq qilinadi. Tadqiqotchi ushbu omillarning inson va faoliyat uyg'unligini ta'minlash uchun zarur bo'lgan psixologik mohiyati va mazmunini ochib beradi.
2). L.Terstoun, Dj.Gilford tomonidan yaratilgan "Mul'tifaktor" nazariyasiga binoan birlamchi aqliy qobiliyatlar (idrok tezligi, xotira assotsiatsiyalari va hokazo ) ning har bir individdagi tarkib topganlik ko'lamini tadqiq qilindi va shu asosda har bir shaxs faoliyatiga alohida yondashuvni taqozo etuvchi psixologik xizmatning metodologik printsiplari ishlab chiqildi. Umuman, psixologiyada individual farqlanishning 56 xil yo'nalishidagi tipi ma'lum va mashhur. Masalan, ob'ektiv va sub'ektiv tip (dastavval, A.Bine tajribalarida qayd etilgan) fikrlovchi faol tip (A.M.Djordantu bo'yicha), ratsionalistlar va empiriklar (U.Djems tadqiqotlari bo'yicha) "chuqur-tor" va "mayda-keng" tip, (G.Gross ma'lumotlari bo'yicha), nazariy, iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy,diniy tiplar (E.Shpranger tadqiqotlari bo'yicha); shizotimik va tsiklotimik tiplar (E.Krechmer tadqiqotlari bo'yicha); vistserotonik, somatomik, tserebrotonik tiplar (U.Sheldon bo'yicha); ekstrovert va introvert tiplar (K.T.Yung va G.Yu.Ayzenk ma'lumotlari bo'yicha) haqidagi empirik ma'lumotlarning qayd etilishi, shular jumlasidandir.
B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilitsin, E.A.Golubeva, B.R.Qodirov va ularning shogirdlari tomonidan olib borilgan empirik tadqiqotlar mazmuni ijtimoiy psixologiya psixologik xizmat uchun muhim bo'lgan har bir shaxsning (individning) tabiiy va tug'ma sifatlarini, oliy nerv faoliyatining o'ziga xos qobiliyat elementlarini va unga ta'sir etuvchi ta'lim-tarbiya, tashqi muhit va faoliyatning ne chog'lik tashkil etilish jarayonini mukammal o'rganish va uni ijtimoiy maqsadlar asosida rivojlantirish yo'llarini belgilash uchun katta imkoniyat yaratdi. Mazkur imkoniyatlar avvalambor insondagi u yoki bu faoliyatni bajarishga bo'lgan iqtidor kurtaklarini o'rganishni va shu asosda shaxs faolligini kamol toptirish uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Shunga muvofiq maxsus tadqiqotlar shuni tasdiqlayaptiki, faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun individual xususiyatlar, ayniqsa, har bir shaxs temperamenti hamda individual uslubiga ham bog'liq. Ayniqsa, mehnat va o'quv faoliyati jarayonida ushbu holatni kuzatish, tahlil qilish va rivojlantirish bilan bog'liq usullar majmuasining ishlab chiqilishi psixologik xizmatning muhim vazifasi ekanligidan dalolatdir.
Shaxs individual farqlanishining ijtimoiy qimmatini tadqiq qilish muammosi K.K.Platonov asarlarida bir qadar kengroq ko'lamda qayd etiladi. K.Platonovning metodologik xizmati shundaki, u inson ijtimoiy individual olamini tushunishning to'rt mezonini ishlab chiqdi va shaxs ijtimoiy individual farqlanish mohiyatini tushunish uchun muhim bo'lgan ushbu ijtimoiy mezonlarning nazariy-ilmiy kontseptsiyasini yaratdi. Bular: 1 - mezon (kategoriya) asosidagi farqlanishga ko'ra insondagi sifatlar o'zgarishi bilan uning mohiyati va ijtimoiy yo'nalishlari ham o'zgaradi. Bu o'rinda shaxs atributlari uning ongliligi, dinamikligi, faollik va betakrorligi kabi barcha sifatlar muhim o'rin tutadi. Inson xususiyatlari va sifatlarini farqlashning 2 - mezoni - boshqa ob'ektlar kabi uning moddiy, funktsional va integral sifatlar majmuasini o'z ichiga oluvchi shaxsiy mohiyatidadir.
Farqlanishning 3 - mezoniga psixik hodisalar va psixik holatlar tuzilmasiga kiruvchi shaxsning o'zgarmas xususiyatlari kiritiladi.
Farqlanishning 4-mezoni – subordinatsion (lotincha - tartibga keltirish) shaxs xususiyatlari va sifatlari namoyon bo'lishi bilan bog'liq psixik kechinmalar ierarxiyasi va kordinatsion umumiy ierarxiyadan qat'iy nazar turli xil ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni birlashtiruvchi o'z-o'zini idora qilish va boshqarish xususiyatlarining tarkib topganlik darajasi bilan belgilanadi.
Professorlar E.G'oziev, J.Ikromovlarning "XX asr va shaxs kamoloti" mavzusidagi ma'lumotlarida ham psixologik xizmat ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etuvchi individ, shaxs va sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga jiddiy e'tibor berish zarurligi uqtiriladi:
- inson rivojlanishining determinatori hisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);
- insonning o'ziga taalluqli, asosiy tafsilotlar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, e'tiqod bosqichlari barqarorlashuvi va involyutsiya;
- inson yaxlit tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o'zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi.
Shunday qilib, psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan mazkur fikr-mulohazalar ijtimoiy psixologiya fanining quyidagi amaliy-tatbiqiy yo'nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi.
1. Psixologik xizmat har bir shaxsning faoliyatdan ijtimoiy va hissiy qoniqish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan usullar va uslublar majmuasiga asoslanishi lozim.
2. Psixologik xizmat shaxsning faoliyat jarayonidagi o'z-o'ziga, o'zgalarga va faoliyatga bo'lgan munosabatlaridagi ierarxik tizim dinamikasini tadqiq qilishi va shu tizim asosida ijtimoiy psixologik muhitning yaratilishiga zamin hozirlay olishi bilan bog'liq izlanishlar ko'lamini o'z ichiga oladi.
3. Psixologik xizmat jarayoni bilan bog'liq ijtimoiy muhim ko'rsatkichlarning tahlili har bir shaxs faoliyati uchun xarakterli bo'lgan
individual farqlanish, individual uslub va ijtimoiy ustanovkaning qaror toptirilishini o'rganish asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Psixologik xizmat jarayonini ijtimoiy psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilish muammosi bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va bu muammoni bartaraf etishda ma'lum psixologik tamoyillarga tayanish talab qilinadi.
Xuddi ana shu yo'nalishlar O'zbekistonda psixologik xizmatning bugungi holati va o'ziga xos istiqbollariga baho berishda ma'lum nazariy, hamda metodologik manba sifatida xizmat qiladi.
3.Psixologik xizmatning chet ellardagi va Sobiq ittifoqdagi holati.
Psixologik xizmat AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSh ning birinchi amaliyotchi psixologlari o'z-o'zini tarbiyalash muammosini o'rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Frantsuz maktab psixologiyasining otasi Al'fred Bine bo'lib, u bu sohada 1894 yildan ish boshlagan. 1905 yilda Frantsiya ta'lim vazirligi Binega umumiy dastur bo'yicha o'qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.
1909 yilda Frantsiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Frantsiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo'yicha bir mutaxassis, ta'lim psixologiyasi bo'yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo'yicha bir mutaxassisni o'z ichiga oladi.
Ko'pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Сhexoslavakiyada tarbiya masalalari bo'yicha modda maktab to'g'risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog'lom shaxsning o'sishini ta'minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korrektsiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.
Сhexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Bolalar psixik taraqqiyotini tuzatish, psixologik xizmatni tashkil etish muammosi bo'yicha chet el psixologiyasiga murojaat qilishimiz quyidagilar bilan bog'liq:
1) Сhet - el psixologiyasida tuzatish ishlarining texnikasi, uni o'tkazish tartiblari, metodlari, juda yaxshi ishlangan bo'lib, amaliy psixologik vazifalariga moslashtirilgandir;
2) so'nggi vaqtlarda tuzatish metodlari va texnikalarini, ularning nazariy manbalari va asoslarini tahlil qilmasdan to'g'ridan-to'g'ri notanqidiy o'zlashtirish kuchaymokda.
Сhet el psixologiyasidagi bola psixik taraqqiyotini tuzatish muammosidagi barcha nuqtai nazarlarni 2 guruhga ajratamiz:
a) psixodinamik nuqtai nazar bo'yicha terapevtik kuch ongni, uning tuzilishini rivojlantirishga qaratiladi:
b) xulqiy nuqtai nazar bo'yicha individning tashqi muhitda faolligini aniqlaydigan stimul-reaktsiya bog'lanishining ko'rinishini o'zgartirishdan iborat.
Sobiq Sovet psixologiyasida tuzatish uch asosiy printsipda amalga oshiriladi.
1. Taraqqiyotning normativligi printsipi
2. "Yuqoridan pastga" tuzatish printsipi.
3. Psixik taraqqiyotning sistemaligi printsipidir.
Taraqqiyotning "normativligi" printsipi psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlarini hisobga olishni, bola shaxsi rivojlanishi uchun taraqqiyot bosqichlari ketma-ketligini ta'minlaydi. Masalan: bog'cha yoshidagi bolalarga nisbatan bunday yuqori talabchanlikka misol sifatida ota - onalarning diqqatini bir joyga to'play olmaslik, qaysarlik, aytgan ishini bajarmaslik kabi bolalar ustidan qilgan shikoyatlarini keltirish mumkin. Taraqqiyotning normativligi printsipi bilan "yuqoridan - pastga" tuzatish printsipi uzviy bog'langan. Bu printsipda bola psixik taraqqiyoti uchun ta'limning yetakchi roli e'tiborga olinadi. "Pastdan -yuqoriga" tuzatish tarafdorlari tuzatish ishlarining asosiy mazmuni sifatida boladan mavjud psixologik qobiliyatlarni mashq qildirishni ko'rsatadi. Bu yerda ta'lim taraqqiyotdan keyin keladi.
Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta'limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o'sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarini to'xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to'xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.
Yüklə 20,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə