Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar


Qiymatlar almashinishining



Yüklə 223,76 Kb.
səhifə7/8
tarix10.11.2023
ölçüsü223,76 Kb.
#132757
1   2   3   4   5   6   7   8
222 (1)

Qiymatlar almashinishining qanday o’zgarishi. Moliyaviy bozorlar har kuni butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati trillionlab dollarni tashkil qiladigan moddiy aktivlarni ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu – investitsiyalash, birjada o‘ynash, xedjirlash va arbitraj, jumladan, bitimdan keyingi kliring tsikli, tartibga solish va saqlash maqsadida aktivlar va moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn tizimi har qanday tranzaksiyalarni tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan daqiqa va soniyalargacha qisqartirishga imkon beradi.
Homiylik va investitsiyalarning amalga oshirilishi. Kompaniyayoki yangi korxonaga investitsiya kiritish kapital qiymatining ortishi, dividendlar olish, foizlar, renta va ularning xilma-xil kombinatsiyalari ko‘rinishida daromad olish imkonini beradi. Raqamli tarmoq mexanizmi investorlarni tadbirkorlar va kompaniyalar egalari bilan rivojlanishning «farishta» bosqichidan tortib,IPOgacha va uning boshqa turli rivojlanish bosqichlarida uchrashtirgan holda ko’plab bozorlar vujudga keltiradi. Mablag‘lar jalb qilish odatda vositachilarni, masalan, investitsion banklarni, venchurli investorlarni va huquqshunoslarni talab qiladi. Blokcheyn tizimi esa ularning yuqorida tavsif etilgan ko‘plab funksiyalarini
avtomatlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pirringli moliyalashtirish uchun yangi modellardan foydalanishga imkon beradi, shuningdek, dividendlar hisoblash va tegishli kupon to‘lovlarini amalga oshirishni yanada samaraliroq, shaffofroq va ishonchliroq qiladi.
    1. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari


Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan ochiq tarmoq korxonalari tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish imkonini beradigan biznes-arxitekturalar yaratishi mumkin.Blokcheyn texnologiyasi «Vikinomika» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznes- modellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smart- shartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib chiqamiz.
Taqsimlangan mustaqil korxonani qanday tashkil qilish mumkin? Bunday kompaniyakeng funksionalga–oldindan belgilangan reglament asosida ma’lum doiradagi vazifalarni yoki kengroq biznes-funksiyalarni bajaradigan agentlarga ega bo‘lishi lozim. Individual shaxslar, potensial aksiyadorlar yoki foydalanuvchilarning jamoalari yoki tashkilotlar quyidagi ko‘rsatkichlarni belgilagan holda bunday korxonalar ochishlari mumkin:

  1. Qiymatga yo‘naltiriganlik: dunyoni o’zgartirish va qiymat yaratish yoki uni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tushunish.

  2. Bajarishi lozim bo‘lgan vazifa: tashkilot mavjudligidan qanday ma’no kutiladi? Bu korxonani nima uchun tashkil qilyapmiz?


  3. Yüklə 223,76 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə