Bmi mashhura


Neftni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/40
tarix13.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#116911
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bmi mashhura

Neftni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar. 
Hozirgi davrda organik 
sintezning etilen, propilen, butilen, atsetilen, divinil, izopren, benzol va uning 
gomologlari, naftalin va boshqa bir qancha muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish 
neft kimyosi xomashyosiga asoslangan. Ular esa o'z navbatida plastmassalar, 
tolalar, kauchuklar. Yuvish vositalari, bo'yoqlar va boshqa yuzlab ishlab chiqarish 
uchun xomashyo hisoblanadi. 
Neftning parafinli komponentlari mikrobiologik sintez uchun (oqsil-
vitaminli konsentratlar ishlab chiqarishda) dastlabki xomashyo hisoblanadi. 
Kelgusida neftning ahamiyati neft kimyosi xomashyosi sifatida yanada ortib 
boradi. Neftni kompleks qayta ishlash, neft kimyosi sanoatining o'ziga xos 
xarakterli xususiyatidir. Neft yoqilg'ilari foydalanish uslubiga qarab qozon va 


motor yoqilg'isiga bo'linadi. Motor yoqilg'isi ichki yonar dvigatellarining tipiga 
qarab: karbyurator (benzin, kerosin), dizel va reaktiv yoqilg'ilarga bo'linadi. 
Benzin, yoqilg'i havo aralashmasini elektr uchquni bilan alanga oldiradigan 
porshen karbyuratorli dvigatellar uchun yoqilg'i sifatida ishlatiladi (porshenli 
samolyotlar, avtomobillar, mototsikllar va boshqa mexanizmlar). Benzin ma'lum 
fraksion tarkibga, dvigatelda to'liq bug’lanish, tez alangalanish xossasiga ega 
bo’lgan to'yingan bug' bosimiga, detanatsiya va kimyoviy chidamlilikka ega 
bo'lishi apparatlarni korroziyaga uchratmasligi lozim. Masalan, B-100 markali 
aviatsiya benzini 40— 180°C da 97,5 % haydaladi. 10 % 75°C da qaynaydi. — 
60°C da muzlaydi, 46200 kJ/kg issiqlik beradi.
Benzinning detanatsiyaga chidamligi, bu uning muhim tavsifidir. U 
yoqilg'ini tashkil etgan komponentlarning termik barqarorligiga bog'liq bo'ladi.
Ba'zan yoqilg'i havo aralashmasi ma'lum darajagacha siqilgach, yonish 
tezligi 2000 m/s gacha keskin oshadi, portlash (detonatsiyalanish) tezligi 
yaqinlashadi. Natijada silindrda qattiq urilish bo’lib, uni qizib ketishiga, tez ishdan 
chiqishiga, dvigatel kuchining pasayib ketishiga, yoqilg'ining ortiqcha 
sarflanishiga olib keladi. Detonatsiyaning sababi uglevodorodlarning termik 
parchalanib o'ta beqaror peroksidlar hosil qilishidir. Yuqori molekular massaga va 
normal tuzilishga ega bo'lgan to'yingan uglevodorodlar detonatsiyaga moyil 
bo'ladi, aksincha izotuzilishga (tarmoqlangan) ega bolgan uglevodorodlar 
detonatsiyaga chidamli bo'ladi. Shuning uchun ham benzinlarning antidetanatsion 
xossasiga baho berish uchun oktan soni (shkalasi) qabul qilingan. H - geptanning 
detonatsiyaga chidamligi shartli ravishda «0» deb, izoaktanniki (2,2,4 - 
trimetilpentan) esa 100 deb qabul qilingan. 
Oktan soni 
deb benzinning detonatsiyaga chidamligining o'lchov birligiga 
aytiladi. U son jihatdan izoaktanning n-geptan bilan aralashmasidagi foiz 
miqdoriga tengdir. U standart bir silindrli dvigatellarda yoki o'sha yoqilg'iga 
moijallangan eksperimental dvigatellarda sinash yoii bilan aniqlanadi. 
Benzinning detonatsiyaga chidamligini unga antidetonator deb ataluvchi 
ba'zi bir moddalarni qo'shish bilan oshirish mumkin. Masalan, tetraetil 


qo'rg'oshinni Pb(C
2
H
5
)
4
brometan va xlornaftalin bilan aralashmasida (etil 
suyuqligi) 1 litr benzinga 3 ml qo'yilsa, uning oktan soni 70 dan 90 gacha ortadi, 
ammo etil suyuqligi juda zaharli bo'lganligi hamda u qo'shilgan benzin yonganida 
qo'rg'oshinning zaharli birikmalari hosil boiib, atrof-muhitni, atmosferani 
zaharlashi sababli undan foydalanish keyingi yillarda qisqarib bormoqda. 
Antidetanator 
sifatida 
marganes 
metilsiklopentadivinil 
karbonil 
(CH
3
C
5
H
4
Mn(CO)
3
) ham ishlatiladi. Motor yoqilg'isi oktan sonini oshirishining 
nisbatan samarali usuli, bu yoqilg'ini qayta ishlash paytida uni uglevodorodlar 
tarkibini o'zgartirishdan (turli xildagi katalitik krekinglarni qo'llash orqali) yoki 
benzinga oktan soni yuqori bo’lgan komponentlar (izooktan, triptan, kumol va 
boshqa aromatik uglevodorodlar) qo'shilishdan iboratdir. 
Dizel yoqilg'isi - kerosin, gazoyl, solyar moylari bo'lib, ichki yonuv 
dvigatellarida qo’llaniladi. Ular yonish kamerasiga bevosita purkaladi. Katta 
bosim, yuqori va siqilgan havo ta'sirida purkalgan yoqilg'i o'z-o'zidan yonib ketadi. 
Yonishdan hosil bo’lgan gazlar ish bajaradi. Bunday dvigatellarning foydali ish 
koeffitsienti (FIK) juda yuqori bo'ladi, (yuk avtomobillari, teplovozlar, teploxodlar, 
kichik elektrostansiyalar va boshqalar). Bunday yoqilg'ilarning o'z-o'zidan 
alangalanib yonib ketishi, qovushqoqligi, fraksion tarkibi, qotish harorati, 
kokslanishi va boshqa tavsiflari muhim ko'ratkichlari hisoblanadi. 
O'z-o'zidan alangalanib ketishi setan soni bilan baholanadi. Setan soni 
qanchalik yuqori bo'lsa, yoqilg'i shunchalik sifatli hisoblanadi. 
Setan dizel yoqilg'isini etalon aralashma bilan taqqoslab ko'rish orqali 
aniqlanadi. Etalon aralashma bu setan (geksadekan C
16
H
34
uning sitan soni «100» 
deb qabul qilingan) va α
 
-metil naftalin -C
10
H
7
CH
3
(setan soni «0» deb qabul 
qilingan) aralashmasidan iborat boiib, dizel yoqilgilarida setan soni 40 dan 50 
gacha bo'ladi. Dizel yoqilg'isining setan soni, yoqilg'iga yuqori molekular parafin 
uglevodorodlari, yoki perekis moddalar qo'shish bilan oshiriladi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə