Tasmali uzatmalarning ish rejimlarini o‘rganish. Uzatmaning foydali ish koeffitsentini va tasmaning to‘la sirpanishini aniqlash



Yüklə 97,69 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü97,69 Kb.
#155480
  1   2   3
Laboratoriya ishi9 (1)


Laboratoriya ishi №9

Mavzu: Tasmali uzatmalarning ish rejimlarini o‘rganish. Uzatmaning foydali ish koeffitsentini va tasmaning to‘la sirpanishini aniqlash


Ishdan maqsad:


Turli kesimli tasmali uzatmalarning ish rejimlarini o‘rganish va tortish grafiklarini qurish orqali ularning yuklanish qobiliyati, sirpanish koeffitsenti, foydali ish koeffitsenti (FIK) hamda tasmaning to‘la sirpanishini aniqlashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar:

  1. Tasmali uzatmalarni sinash uchun mo‘ljallangan NTS-13.09.4 rusumli o‘quv stendi.

  2. Statsionar kompyuter.

  3. Ishni bajarish yo‘riqnomasi va tormozlashning na’munaviy grafiklar.

  4. 380 Vt kuchlanishga ega tok manbai.

Umumiy ma’lumotlar:
Tasmali uzatalar deb, etaklovchi va etaklanuvchi shkivdan hamda ularga kiydirilgan tasmadan tashkil topgan va xarakatni ishqalanish kuchi hisobiga uzatadigan mexanizmga aytiladi (8.1 – rasm).



8.1 – rasm. Tasmali uzatmaning kinematik sxemasi.
Tasmali uzatmalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

Tasmaning ko‘nda-lang kesimining shakliga ko‘ra: a) yassi; b) ponasimon; v) doiraviy ( duma-loq ); g) yarim ponasimon; d) tishli ( 8.2 – rasm).


Vallarning o‘zaro joylanishuviga ko‘ra: a) parallel o‘qli ochik; b) parallel o‘qli ayqash; v) o‘qlari kesishadigan -burchakli; g) o‘qlari kesishadigan -yarim ayqash.


Taranglash usuliga ko‘ra: a) oddiy - taranglik tasmaning elastik deformatsiya nitijasida xosil kilinadi; b) tarang – taranglik burish valini davriy siljitish natijasida amalga oshiriladi; v) o‘z-o‘zidan taranglanuvchi -taranglik avtomatik tarzda ta’minlanadi.




8.2 – rasm. Tasma turlari.
Afzalliklari:

xarakatni uzoq masofaga uzatishi amax = 15 m - yassi tasmalar uchun, amax = 6 m- ponasimon tasmali uzatmalar uchun;


tuzilishi oddiy va narxi arzon; ravon va shovqinsiz ishlaydi;
xizmat ko‘rsatish va nazorati oddiy.


Kamchiliklari:

o‘lchamlari nisbatan katta;


uzatish soni kam (15 gacha) va doimiy emas;
tasmaning ishlash muddati kam (1000...5000 soat);
tasmaning cho‘zilishi ishlatishda qo‘shimcha qurilmalarga ehtiyoj tug‘diradi;
val va tayanchlariga katta kuch tushadi.
Bu kamchiliklarga qaramasdan, bu uzatmalar ishlatilishi jixatidan tishli uzatmadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Tasmalar pishiq, egiluvchan bo‘lishi, uzoqqa chidashi, shkiv bilan yaxshi ilashishni ta’minlovchi yuqori ishqalanish koeffitsientiga va zarur tortish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tasmalar rezinalangan mato, charm, ip gazlama, jun va sintetik materiallardan tayyorlanadi va ish sharoitiga va tezlikka qarab tanlanadi.
Rezinalangan ip gazlamali tasmalar ( A, B va V turlari) A turi eng eguluvchani va ko‘p tarqalangani bo‘lib, Vmax = 30 m/s bo‘lgan holatlarda ishlatiladi.
CHarm tasmalar yaxshi tortish xususiyatiga ega, Vmax= 45 m/s.
Ip gazlama eng arzon, ammo uncha pishiq emas, Vmax= 25 m/s bo‘lib, nam va tmax > 50oS joylarda qo‘llanmaydi.
Jun tasmalar yuqori xaroratga, kislota bug‘lariga chidamli bo‘ladi.
Sintetik tasmalar mustahkam, ishqalanish koeffitsenti katta hisoblanadi.
N.E.Jukovskiyning ilmiy tadqiqotlari sirpanish hodisasini quyidagi ikki turga ajratib o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. 1) Elastik sirpanish- bu sirpanish uzatmaga qanday yuklanish tushganligidan qat’iy nazar sodir bo‘laveradi. 2) To‘la sirpanish-tasmaga o‘ta yuklanish tushganda sodir bo‘ladi. Tasmali uzatmalar to‘la sirpanishgacha bo‘lgan yuklanishlarda maksimal FIK ga erishishadi.
Hozirgi vaqtda tasmali uzatmalarning yuklanish qobiliyati sirpanish va foydali ish koeffitsenti egri chiziqlari asosida baholanadi. Bunday grafiklar (7.3-rasm) turli tasmalarni tajribada tekshirish natijasida tuziladi. Grafikda ordinatalar o‘qiga sirpanish koeffitsenti ε va foydali ish koeffitsenti η, abssissalar o‘qiga esa uzatimaning tortish koeffitsenti φ orqali ifodalangan yuklanishi qo‘yiladi.



Yüklə 97,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə