Tasmali uzatmalarning ish rejimlarini o‘rganish. Uzatmaning foydali ish koeffitsentini va tasmaning to‘la sirpanishini aniqlash


– rasm. Tasmali uzatmalarning sirpanish koeffitsenti va foydali ish koeffitsenti egri chiziqlari



Yüklə 97,69 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü97,69 Kb.
#155480
1   2   3
Laboratoriya ishi9 (1)

8.3 – rasm. Tasmali uzatmalarning sirpanish koeffitsenti va foydali ish koeffitsenti egri chiziqlari.

Tortish koeffitsienti dastlabki taranglik 2F0 ning qancha qismi foydali Ft kuchni uzatishga sarflanilayotganligini ko‘rsatadi. Biroq foydali kuch faqat dastlabki taranglikgagina emas, balki tasma tarmoqlaridagi taranglikning Ft = F1 - F2 ayirmasiga ham bog‘liq. Bu ayirmaning mavjudligi tasmaning shkiv ustida sirpanishiga olib keladi. Sirpanish miqdori sirpanish koeffitsienti bilan ifodalanadi:


=(V1–V2)/V1

YUqorida aytilganlarga binoan, quyidagi xulosaga kelish mumkin: ma’lum dastlabki taranglik 2F0 uchun aylanma kuchni Ft o‘zgartirib, tortish koeffitsientining har xil qiymatini olish mumkin, lekin bu xolda sirpanish koeffitsienti -ning qiymati ham har xil bo‘ladi.


Ma’lumki tasmaning dastlabki tarangligidan maksimal foydalanish uchun tortish koeffitsientining qiymatini kattalashtirishga xarakat qilinadi. Biroq -ning qiymati ma’lum miqdordan oshirib yuborilsa, uzatmadagi zararli hodisa – to‘la sirpanish hodisasi ro‘y beradi. Demak har bir tasma uchun -ning shunday qiymatini aniqlash mumkunki (8.3-rasmda 0 ), uning bu qiymatida sirpanishning salbiy ta’siri uncha katta bo‘lmagani holda mumkin qadar ko‘p yuklanish Ft uzatiladi, natijada uzatmaning foydali ish koeffitsienti maksimal qiymatiga etadi.


NTS-1309.4 stendi turli tasmali uzatmalarni tadqiq qilib, yuklanish qobiliyati aniqlab, uning FIK ni baholashga mo‘ljallangan. Mazkur stend quyidagi qism va detallardan tashkil topgan (8.4-rasm). Boshqarish bloki 1, tasmalarni sinash qurilmasi 2, elektrodvigatel 3, kompyuter 4 va turli tasmalar 5.


8.4-rasm. Tajriba qurilmasining umumiy ko‘rinishi.

Qurilmaga ma’lum turdagi tasma qo‘yilib, u berilgan dastlabki kattaliklar asosida sinab ko‘riladi. Taranglash kuchi va tormozlash kuchi (burovchi momentlar) o‘zgartirilib, o‘lchangan natijalar asosida uzatmaning FIK i hisoblab topiladi.


Ishni bajarish tartibi:

  1. Ishni maqsadi va mazmuni yaxshilab o‘rganiladi.

  2. Stend shkivlariga o‘qituvchi ko‘rsatmasiga asosan uchta tasmadan bittasini kiygizing.

  3. Stendni elektr manbaiga ulang. Bunda blokning barcha boshqarish ko‘rsatkichlari nol holatda bo‘lsin.

  4. Boshqarish-ko‘rsatish blokini qo‘shing va stenddagi mexanizmlar ravon ishlayotganiga ishonch hosil qiling.

  5. Tasmani dastlabki kichik taranglikka (F1) rostlang va uni 8.1-jadvalni tegishli ustuniga yozing.

  6. Boshqarish-ko‘rsatish bloki orqali etakchi va etaklanuvchi vallarga birin-ketin, oshirish tartibida burchak tezlik (ω, rad/s) va burovchi moment (M, N∙m) o‘rnating. Bu qiymatlarni 3 ta vaziyat uchun noldan maksimumgacha oshiring.

Berilgan va o‘lchangan kattaliklarni 8.1-jadvalga yozib oling.





  1. 5- va 6- holatlarni taranglikni oshirib borish tartibida tasmaning ya’na to‘rtta taranglik vaziyatida bajaring va natijalarni jadvalga yozib oling.

  2. Stendni o‘chiring va tok manbayidan ajrating.

  3. Tasmaga berilgan tarangliklar va jadvalda yozib olingan natijalar asosida har bir berilgan kattaliklar uchun kiruvchi va chiquvchi quvvatlarni (P1, P2, Vt) hisoblang va ular orqali FIK larni aniqlang. Natijalarni ya’na shu jadvalni tegishli ustunlariga yozib oling.

  4. Tasmaning o‘rnatilgan tarangliklari (F1) , o‘lchangan ikkinchi valdagi burovchi momentlar (M2) va hisoblangan FIK lar (η) asosida tasmali uzatmaning FIK grafiklarini quring.

  5. Qilingan ishlar va qurilgan grafiklar asosida FIK ning maksimal darajaga erishish parametrlarini aniqlang va yakuniy xulosa chiqaring.


























Yüklə 97,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə