Bob. Yaqin sharq mintaqasi turizmi geografiyasi


Birlashgan Arab Amirliklarini turistik salohiyati



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü25,93 Kb.
#81976
1   2
18-MAVZU

Birlashgan Arab Amirliklarini turistik salohiyati


BAAning turizm sanoatiga ajratgan mablag‘lari yildan yilga ko‘payib borgan. Buni ba’zi mehmonxonalarning chindan ham g‘ayritabiiy xizmatlarni taqdim etib, ko‘pgina mablag‘ ajratayotganliklari bilan izohlashimiz mumkin. Masalan, “Burj al Arab” mehmonxonasi BAAga tashrif buyuradigan turistlarning xohishiga qarab, ular uchun vertolyotdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Vertolyot qo‘nishi uchun mehmonxonaning tomida maxsus qo‘nish joyi qurilgan.

Shuni ta’kidlash zarurki, bu kabi xizmatlar mehmonxonaga daromaddan ko‘ra ko‘proq xarajat qilishga olib keladi. Lekin mehmonxona turistlar uchun barcha sharoitlarni yaratish va ilojsiz narsani o‘zi yo‘qligini ko‘rsatish uchun Shunday xizmatlarni ko‘rsatadi. Jahon bankining hisobotiga ko‘ra xalqaro turizm xarajatlari bo‘yicha BAA 191 ta mamlakat ichida 24 o‘rinni egallagan9.

BAAda mehmonxonalar uchun 5 yulduzli fransuz tizimi qabul qilingan.

Apartament va villalar ham keng tarqalgan.

Mehmonxonalarni guruhlashda Britaniya turizm agentliklari Uyushmasining tasnifi eng to‘g‘ri hisoblanadi:
9 UAE economy, www.factfish.com

Budjet mehmonxonalari (1 yulduzli). SHaharning markaziy qismlarida joylashgan bo‘lib, minimum darajadagi qulayliklarga ega.

Turizm klassidagi mehmonxonalar (2 yulduzli). Bar va restoranlarga ega.

O‘rta klassdagi mehmonxonalar (3 yulduzli). Xizmat ko‘rsatish yetarli darajada yuqori.

Birinchi klassdagi mehmonxonalar (4 yulduzli). Yashashning juda yuqori darajadagi sifati va xizmat ko‘rsatishning a’lo darajasi.

Yuqori klassdagi mehmonxonalar (5 yulduzli). Xizmat ko‘rsatish va yashashning eng oliy klassi.



Dubay amirligi ishbilarmonlik, savdo va turizm markazlari bo‘lib kelmoqda.

Dubay katta mablag‘larni infrastrukturani rivojlantirishga kiritgan bo‘lib, arab mamlakatlari ichida eng yetakchi texnologiyalari bilan ajralib turadi. Uning menejmenti g‘arb tizimida olib borilmoqda.

Dubayda mehmonxonalar soni 500 dan ortiq va ularning sifati yildan yilga yaxshilanib bormoqda10.

Dubay mehmonxona fondining katta qismi 4 va 5 yulduzli mehmonxonalardan iborat. Ushbu darajadagi mehmonxonalarning ko‘pchiligi Fors ko‘rfazida “Jumayra bich” rayonida qirg‘oq bo‘ylab joylashgan. Ushbu rayonlarda 20 yildan buyon shiddat bilan hashamatli mehmonxonalar qurilmoqda. Yetakchi mehmonxona tarmoqlari qatoridan «Accor», «Hitnot», «Kempenski», «Redison» lar muhim o‘rin egallagan.

5 yulduzli eng sara mehmonxonalarga «Royal Mirat» mehmonxonasi kiradi. Mehmonxona uchta dabdabali saroylar “Arabian Court, The Resident and SPA” dan iborat. U Fors ko‘rfazi qirg‘og‘idagi 65 akr11 masofani egallagan. Mehmonxona 475 ta serhasham xonalardan iborat bo‘lib, arabcha uslubda bezatilgan. Bu yerda 1100 dan ortiq ishchi xizmat ko‘rsatadi12.

10 World Economic Forum, “The Travel & Tourism Competitiveness Report’, 2011

11 акр (Англия ва Шимолий Америкада 0,4047 гектарга тенг ер ўлчови).

12 The challenges of economic diversification through tourism: the case of Abu Dhabi. International Journal of Tourism Research, Sharpley R. 2012.

Dubay shahri bir qancha diqqatga sazovor joylari bilan yildan yilga turistlarning katta oqimini jalb qilib kelmoqda.



  • Dunyodagi eng katta bino – Burj–Xalifa. Hozirgi kunda ushbu imorat jahondagi eng baland inshootlar reytingida 1 o‘rinni egallaydi. Balandligi 828 metrni tashkil etadi. Ushbu bino “shahar ichidagi shahar” tarzida loyihalashtirilgan. Ajoyib arxitektura loyihasining muallifi amerikalik arxitektur Edrian Smit bo‘lgan.

  • Ski Dubay chang‘i kurorti. Oddiy inson uchun yil bo‘yi quyosh charaqlab turadigan issiq mintaqada chang‘i kurortining bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Dubay shahri uchun ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q. Eng yirik savdo markazida 22 500 kvadrat metr maydonni egallagan chang‘i kurorti qurilgan. Ushbu chang‘i uchish kompleksi butun yil davomida ishlaydi13.

  • Dunyo arxipelagi. Ushbu ajoyib arxitetura asari ko‘plab kichik sun’iy orolchalardan iborat. Agarda yuqoridan samolyot orqali arxipelagga qaralsa, dunyo xaritasini ko‘rish mumkin.

  • Palma orollari. Bu orollar Dubay shahriga doimo tashrif buyuradigan turistlar oqimining ko‘payib borayotganligi uchun, ularni joylashtirish maqsadida qurilgan. Ushbu orollar shakli jihatidan palmalarni eslatadi.

  • Deyra soat minorasi. Ushbu minora shahar tashqi ko‘rinishining o‘zgarganini ko‘rsatgan timsol bo‘ldi. Bu ishshoot 1963-yilda, ya’ni neft eksporti boshlanganda qurilgan. Minora Maqtum Bridj ko‘prigining darvozasi oldida turadi.

  • Internet Siti Dubay. Ushbu rayon soliqlardan ozod qilingan va o‘zining yuqori texnologiyalari bilan ajralib turadi.

  • Dubay amirligining asosiy yo‘li – SHayx Zayd Road. Ushbu yo‘lsiz Dubay shahri bilan tanishish to‘liq bo‘lmaydi. Bu yo‘l Dubay amiri bo‘lmish shayx Maqtum bin Rashid al–Maqtumning sharafiga nomlangan.

  • Dubay Marina. Bu rayon shaharning san’at qismini o‘zida aks ettiradi. Bu erda eng muhtasham mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar markazlar, zodagonlar saroyi va g‘ayrioddiy binolarni ko‘rish mumkin.


13 The Observer. 2010. Ski in the desert? It could only happen in Dubai. The Observer 20 November.

  • Al Bastakiya – qadimiy rayon. Ushbu rayon 1890-yillardan buyon zamonaviy Dubayda qadimiyligi bilan alohida o‘rin egallaydi.



Tayanch iboralar


Arab mamlakatlari turizmi, Arab mamlakatlari turmahsulotlari, sotuvlar sohasi, sotuvchilari, turmahsulot iste’molchilari, turistik eksport, import, iqtisodiy holati.

Nazorat savollari


  1. Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlarning jahon turizmidagi roli.

  2. Yaqin Sharq mintaqasidaga mamlakatlarning turistik salohiyati

  3. Yaqin Sharq mintaqasi turizmning rivojlanish dinamikasi 4.Birlashgan Arab Amirligining turistik salohiyati va imkoniyatlari

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə