Bog‘langan qo‘shma gaplar



Yüklə 16,58 Kb.
tarix27.03.2023
ölçüsü16,58 Kb.
#103317
DDDDDDDDDDDDDDDD


BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR



  1. Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan?

A) Shu onda chiroq o‘chdi va birdaniga o‘q uzildi.
B) Mana, sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash.
C) Yo‘lovchining o‘zi kirdi-yu, ikki ko‘zi tashqarida qoldi.
D) hammasi to‘g‘ri



  1. Yo‘lovchining o‘zi kirdi-yu, ikki ko‘zi tashqarida qoldi.

Mazkur qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalangan?
A) biriktiruv B) zidlik C) ayiruv D) qiyoslash



  1. Tarkibidagi bog‘lovchi vositani zidlov bog‘lovchisi bilan almashtirish mumkin bo‘lgan qo‘shma gap qatorini aniqlang?

A) Shu onda chiroq o‘chdi-yu, birdaniga o‘q uzildi.
B) Paxta terish bilan bandman // butun diqqatim Muattarda.
C) Mana, sen ketding-u, bo‘ldim xayolkash.
D) Hujrasiga qaytdi-yu, o‘ylay boshladi.



  1. Quyidagilardan qaysi biri bog‘langan gaplar bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi?

A) teng bog‘lovchilar B) bo‘lsa, esa so‘zlari
C) -u (-yu), -da yuklamalari D) barchasi



  1. Sarbon shundog‘ dedi-da, quchog‘ini ochib Abu Bakr tomon kela boshladi.

Qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qilgan -da yuklamasi qaysi bog‘lovchi o‘rnida qo‘llangan?
A) biriktiruv bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi
C) ayiruv bog‘lovchisi D) inkor bog‘lovchisi



  1. Qaysi gapda ikkita bog‘lovchi vosita ishtirok etgan?

A) To‘lagan ro‘molchasini cho‘ntagidan oldi va boshqatdan qatladi-da, yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
B) Uzun bir yog‘och topdi, asta olmani o‘ziga tomon «hayday» boshladi, ammo olma quvlik qilib yigitni aldar, yog‘och uchi tegishi bilanoq suvga bir sho‘ng‘ib yana “qochib” qolardi.
C) Yo‘q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni, jumladan, seni ham, yaxshi bilishadi.
D) U har uch qadamda bir to‘xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo‘rg‘a yetdi, qopni ag‘dardi-yu muvozanatni saqlay olmay o‘tirib oldi.



  1. Hujrasiga qaytdi-yu, o‘ylay boshladi.

Ushu bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida qanday mazmuniy munosabat mavjud?
A) payt B) sabab-natija C) zidlik D) qiyoslash



  1. Asalxon e’tibor bilan tingladi-yu, javob berish o‘rniga indamay yo‘lida keta berdi.

Qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qilgan -yu yuklamasi qaysi bog‘lovchi o‘rnida qo‘llangan?
A) biriktiruv bog‘lovchisi B) zidlov bog‘lovchisi
C) ayiruv bog‘lovchisi D) inkor bog‘lovchisi



  1. Qaysi qo‘shma gap teng bog‘lovchi yoki teng bog‘lovchi vazifasidagi vosita bilan bog‘lanmagan?

A) Gapni cho‘zma, chunki hayot qisqadir.
B) Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas.
C) Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, lekin savollar shoshirib qo‘ydi.
D) Oyim gapiryapti-yu, mening ko‘zlarim Kimsan akamda.



  1. Umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar.

Ushbu gap qismlari orasida qanday munosabat mavjud?
A) galma-gallik B) o‘xshatish
C) sabab-natija D) zidlik



Yüklə 16,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə