O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash



Yüklə 262,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.09.2023
ölçüsü262,25 Kb.
#124346
  1   2   3   4   5
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 1



O’LCHASH VOSITALARINI QIYOSLASH VA KALIBRLASH 
1-Mavzu: Fanga kirish. O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning 
umumiy masalalarini o’rganish. O'lchash vositalarini qiyoslash va 
kalibrlashning umumiy masalalari. Qiyoslash usullari va vositalari. 
 
Ma’ruzachi: Akhrorbek Ermatov 
Reja: 
1.
Fanga kirish, o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning umumiy 
masalalari, qiyoslash usullari va vositalari 
2.
O'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning umumiy masalalari; 
3.
Qiyoslash usullari va vositalari 
Qiyoslash usullari va vositalarining hujjatlari standartlar, rahbariy hujjatlar, 
tavsiyanomalar yoki ishlatish hujjatlarining tarkibidagi bo’limlari ko’rinishida 
ishlab chiqilishi mumkin. 
Umumiy alomati bo’yicha birlashtirilgan va bevosita qiyoslash uchun ham, 
o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha hujjatlarni ishlab chiqish uchun ham 
qo’llaniladigan, shu guruhga tegishli bo’lgan o’lchash vositalarining guruhini 
qiyoslash usuliyatini belgilandigan me’yoriy hujjatlar standartlar, rahbariy hujjatlar, 
tavsiyanomalar ko’rinishida ishlab chiqiladi. 
Ishlatish hujjatlari tarkibiga kiruvchi qiyoslash usuliyatlari va qiyoslash 
bo’yicha yo’riqnomalari, o’lchash vositalarini muayyan xilini qiyoslash usullarini 
va qiyoslash vositalarini aniq belgilashi lozim. 
O’lchash vositalarini muayyan xilini qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlarini 
standartlar, rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar ko’rinishida ishlab chiqishga ruxsat 
etiladi. 
Standartlari, rahbariy hujjatlarni, tavsiyanomalarni ishlab chiqish O’z RST 1.1 
va O’z RST 1.8 larga binoan amalga oshiriladi. 
Ishlatish hujjatlari tarkibiga kiruvchi qiyoslash usuliyatlari va qiyoslash 
bo’yicha yo’riqnomalar o’lchash vositalarini Uz RST 8.009 bo’yicha xilini 
tasdiqlash sinovlariga tayyorlashda yoki O’z RH 51—022 bo’yicha o’lchash 
vositalarini tasdiqlangan xiliga muvofiqligi sinovlariga tayyorlash jarayonida 
hujjatni qayta ko’rib chiqishda o’lchash vositalarini ishlab chiquvchi-tashkilot 
tomonidan ishlab chiqiladi. 
O’z RST 8.011 ga binoan metrologik attestatlashga taqdim etiladigan o’lchash 
vositalarini qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlari o’lchash vositalarini ishlab 


chiquvchi- tashkilot, ishlab chiqaruvchi, iste’molchi yoki metrologik attestatlashni 
o’tkazuvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi. 
O’lchash vositalarni qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlari davlat metrologik 
xizmati idoralarida metrologik ekspertizadan o’tishi lozim. 
Seriyali ishlab chiqarishga mo’ljallanayotgan o’lchash vositalarini qiyoslash 
bo’yicha me’yoriy hujjatlari metrologik xizmatning Bosh markazi (MXBM) bilan 
kelishilgan bo’lishi va O’zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim. 
Chet eldan keltiriladigan o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha me’yoriy 
hujjatlari, shu o’lchash vositalarni Respublikada bo’lgan metrologik ta’minotining 
vositalarida qiyoslanishi mumkinligini aniqlash maqsadida MXBM da metrologik 
ekspertizadan o’tishi lozim. 
Talab etilgan aniqlikda metrologik tavsiflarini aiiqlanishini ta’minlaydigan, 
Respublikada bor bo’lgan qiyoslash vositalaridan foydalanish maqsadida me’yoriy 
hujjatlarga qo’shimchalar ishlab chiqishga ruxsat etiladi. 
Chet eldan keltiriladigan o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha me’yoriy 
hujjatlari yoki o’zgartishlari davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan 
tasdiqlanishi lozim. 
O’z RST 8.011 ga binoan metrologik attestatlanishi lozim bo’lgan o’lchash 
vositalarni qiyoslash bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash davlat metrologik 
xizmati idoralari o’tkazadi. 

Yüklə 262,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə