O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari



Yüklə 262,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.09.2023
ölçüsü262,25 Kb.
#124346
1   2   3   4   5
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 1

Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari 
hisoblanadi:

etalonlar; 

o‘lchov vositalari; 

sinov vositalari; 

moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari; 

axborot-o‘lchov tizimlari; 

o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari; 

metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga ob’ektlar. 
 
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:

sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; 

moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish

savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, 
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; 

zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, 
tashish hamda yo‘q qilib tashlash; 

davlat mudofaasini ta’minlash; 

mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; 

sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; 

geodezik va gidrometeorologik ishlar

o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash 
va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; 

foydali qazilmalarni qazib olish; 

milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi. 
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan davlat metrologiya 
tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi 
mumkin. 
 
Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash; 

o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va o‘lchovlarning bajarilish 
uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish; 

o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, 
kalibrlash; 

o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish 
uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, 
o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa 
muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya 
xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish; 



o‘lchovlarning, sinovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining 
boshqa turlarini baholash. 

Yüklə 262,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə