O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


O'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning umumiy masalalari



Yüklə 262,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.09.2023
ölçüsü262,25 Kb.
#124346
1   2   3   4   5
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 1

O'lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlashning umumiy masalalari. 
Qiyoslash usullari va vositalari 
Qiyoslash usullari va vositalarining me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash va 
ro’yxatga olish tegishli toifadagi hujjatlarni tasdiqlash va ro’yxatga olish qoidalariga 
muvofiq O’zstandart agentligi tomonidai amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida o’lchash vositalarining qiyoslash usullari 
va vositalari bo’yicha amal qilayotgan standartlar, rahbariy hujjatlar, tavsiyanomalar 
to’g’risidagi axborot O’zstandart agentligi tomonidan nashr etiladi. 
Me’yoriy hujjatlarning amal qilish muddati o’lchash vositalarning guruhini 
o’ziga xos xususiyatiga va qiyoslash sxemasining me’yoriy hujjatini amal qilish 
muddatiga bog’liq ravishda belgilanadi va 5 yildan ko’p bo’lmasligi lozim. 
Ishlab chiquvchi me’yoriy hujjatni amal qilish muddati tugagandan keyin uni 
me’yoriy hujjatlarning zamonaviy holatiga, xalqaro hujjatlarga va metrologik 
ta’minot vositalarining holatiga muvofiqligini tekshiradi. 
Ishlab chiquvchining taklifiga binoan o’zgartishsiz me’yoriy hujjatlarni amal 
qilish muddati uzaytirilishi mumkin. 


Zarur bo’lganda ishlab chiquvchi o’zgartishlarni yoki hujjatni yangi tahririni 
tasdiqlashga taqdim etadi. 
Me’yoriy hujjat zamonaviy talablarga muvofiq bo’lmaganida uni amal qilish 
muddati tugamasdan qayta ko’rib chiqilishi mumkin. 
O’lchash vositalarn uchun me’yoriy hujjatlarning o’zgartishi, amal qilish 
muddatini uzaytirilishi yoki yangi tahriri MXBM bilan kelishib olingan bo’lishi 
lozim. 
Me’yoriy hujjatga o’zgartishlarni kiritish, amal qilish muddatini uzaytirish 
tartibi O’zstandart agentligi tomonidan tegishli toifadagi me’yoriy hujjatlarga 
belgilangan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi o’lchash vositalarini kalibrlash tizimi (keyinchalik 
- O’z KT) ni tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari bo’yicha asosiy nizomlar, bu 
tizimga kirgan sub’ektlarning huquqlari va majburiyatlari O’z RST 8.018-97 da 
belgilangan. Bu standartning qoidalari O’z KT da akkreditlangan yuridik 
shaxslarning metrologik xizmatlariga, O’z KT ga kirgan akkreditlash va boshqa 
idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi. 
O’V ni kalibrlash - O’lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari 
(xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda 
bajariladigan amallar majmui. 
Kalibrlash tizimi - Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo’llanilmaydigan 
sohada o’lchashlar birliligini ta’minlashga yo’naltirilgan faoliyat va kalibrlash 
ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o’tkazishga 
o’rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub’ektlar majmui. 
Kalibrlash to’g’risidagi sertifikat - O’lchash vositalarining kalibrlanganligini 
va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot 
tomonidan beriladi. 
Kalibrlash belgisi - Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash 
maqsadida o’lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga 
bosiladigan tamg’a. 
O’z KT O’zbekiston Respublikasida o’lchashlar birliligini ta’minlash 
umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo’lib, davlat metrologik tekshiruvi va 
nazoratidan tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o’tkazishda 
o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimida o’rnatilgan me’yorlar va qoidalarga 
rioya qilinishini ko’zda tutadi. 
O’z KT quyidagi tamoyillarga asoslangan holda tuziladi: 

tizimga ixtiyoriy ravishda kirish; 

kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish; 

davlat etalonlaridan va boshlang’ich o’lchash vositalaridan birliklarning 
o’lchamlarini kalibrlanuvchi o’lchash vositalariga majburiy berish. 


Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari: 

akkreditlovchi idoralarni ro’yxatga olish; 

metrologik xizmatlarni kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash; 

o’lchash vositalarini kalibrlash; 

O’z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o’rnatish; 

O’z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilan ta’minlash; 

akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda 
talablarga rioya qilinayotganligini inspektsion tekshirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 24 apreldagi 348-sonli qaroriga asosan 
“O‘zstandart” agentligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

"Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida", "Standartlashtirish to‘g‘risida", 
"Metrologiya to‘g‘risida", "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
to‘g‘risida", 
"Muvofiqlikni 
baholash 
to‘g‘risida"gi 
O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlari hamda texnik jihatdan tartibga solish, 
standartlashtirish, 
metrologiya, 
sertifikatlashtirish 
va 
akkreditatsiya 
sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amaliy jihatdan amalga 
oshirilishini ta’minlash; 

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan 
o‘tkazish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi 
bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va 
raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga 
oshirish; 

standartlashtirish, 
o‘lchashlarning 
yagona 
birlikda 
bo‘lishini, 
sertifikatlashtirish, akkreditatsiya tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini 
hamda mazkur sohalarda ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, 
ularnining xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari 
bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash; 

mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning sifati va xavfsizlik talablariga rioya 
qilinishi va iste’molchilar huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy 
oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

texnik 
jihatdan 
tartibga 
solish, 
standartlashtirish, 
metrologiya 
sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishni tashkil etish; 

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik 
reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga 
muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish; 



mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, 
eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik 
reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga 
muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish; 

eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida 
qulay sharoitlarni yaratish, xalqaro tashkilotlar bilan milliy sertifikatlar va 
muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan 
olinishiga yo‘naltirilgan hamkorlikni faollashtirish; 

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, 
sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni ta’minlashda 
ularning samaradorligini oshirish; 

zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
joriy 
etish, 
tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari 
turlarini kengaytirish; 

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va 
metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va 
profilaktikasini amalga oshirish; 

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va 
metrologiya masalalarida tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama 
ko‘maklashish; 

texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning 
talablariga, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi va to‘g‘riligi 
ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi 
yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish; 

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tashkil etiladigan 
standartlashtirish 
bo‘yicha 
texnik 
qo‘mitalarning 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarni 
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda 
ta’minlash; 

standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning xalqaro talablar bilan zarur 
uyg‘unlashtirish darajasiga erishish. 
“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko‘ra bevosita va 
quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi. 
Metrologiya bo’yicha Milliy idora (O’zstandart Agentligi), SMSITI, hududiy 
SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari, o’z vazifalarini 
ushbu hujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O’z KT ning tashkiliy asosini 
tashkil etadi. 

O’z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan: 

O’z KT ning Markaziy idorasi; 

O’z KT ning Kengashi; 



O’z KT ning akkreditlash idoralari; 

kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik 
xizmatlari. 
Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari: 

O’V ni, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini 
bajaradi; 

kalibrlash ishlarini o’tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash 
vositalarining va yordamchi jihozlarning yaxshi holatda bo’lishini 
ta’minlaydi; 

kalibrlash ishlarini o’tkazish uchun zarur texnik, metodik va me’yoriy 
hujjatlar jamg’armasini shakllantiradi va rivojlantiradi; 

me’yoriy hujjatlarning o’lchashlar birliligini ta’minlash va kalibrlash faoliyati 
doirasidagi talablarining bajarilishini ta’minlaydi; 

kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi; 

kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo’yicha takliflarni 
ishlab chiqadi. 
Metrologik xizmat quyidagilarga mas’ul bo’ladi: 

korxonalarda kalibrlanishi lozim bo’lgan O’V ning holatiga; 

bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga; 

korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga; 

kalibrlash intervallarining to’g’ri o’rnatilganligiga. 
O’zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o’z belgisiga ega. 
Bu belgining shakli va o’lchamlarini metrologiya bo’yicha milliy idora tasdiqlaydi. 
O’z KT ning belgisi blanklarga, shtamplarga, shuningdek O’z KT ning boshqa 
hujjatlari va ob’ektlariga tamg’alab bosiladi. O’z KT ning belgisini tamg’alash 
(qo’llanish) joyi va tartibini O’z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi. 
O’lchash vositalarini kalibrlash -o’lchash vositalarini haqiqiy metrologik 
xarakteristikalarini aniqlashda ushbu o’lchash vositasi ko’rsatgan mikdorni etalon 
orqali olingan mos keluvchi miqdor bilan o’zaro nisbatini aniqlashdagi operatsiyalar 
majmui. Agar o’lchash vositalari majburiy metrologik nazorat va tekshiruvdan 
o’tmasa, unda ular kalibrlashdan o’tadi. 
Kalibrlash natijalari bo’yicha o’lchash vositasini qaqiqiy qiymati aniqlanadi 
yoki uni ko’rsatishiga tuzatmalar kiritiladi. 
Kalibrlash o’lchash vositasining xatoligini va qator metrologik 
xarakteristikalarini baholash imkonini beradi. Birliklar kattaligini birlamchi 


etalonlardan ishchi etalonlarga uzatish metrologik zanjiri 5-rasmda ko’rsatilgan. 
Birlik kattaligini uzatish o’lchash orqali amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga asossan - 
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 
(«O’zstandart» agentligi) metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan 
boshqaruvini amalga oshiradi. 

Yüklə 262,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə