13-innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi. Reja



Yüklə 33,43 Kb.
səhifə1/2
tarix25.04.2023
ölçüsü33,43 Kb.
#106925
  1   2

13-INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI.
Reja:
    1. Bozor sharoitida innovatsiyalar va korxonalar taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari


    2. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion faoliyatni boshqarish tajribasi.



  1. Bozor sharoitida innovatsiyalar va korxonalar taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari


Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Innovatsion rivojlanish uchun mas’ul idoralarning asosiy vazifasi innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda iqtisodiyotda intellektual ulushning ko‘payishi hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi. Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekiston ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylanishi lozim. Biroq, boy intellektual va infratuzilmaviy salohiyatga qaramasdan, mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish ishlari tizimli asosda yo‘lga qo‘yilmagan, bunga quyidagi muammolar mavjudligi sabab bo‘lgan:

    • davlatning rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendentsiyalari lozim darajada kompleks tahlil qilinmasdan va o‘rganilmasdan kelgan;

    • innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlarini keng tatbiq etish, investitsiyalarni jalb etishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishga etarli e’tibor qaratilmagan;

    • yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat yo‘lga qo‘yilmagan;

    • innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar sohasida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik past darajada saqlanib qolmoqda.

Mamlakat iqtisodiyoti va xo‘jalik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etishning asosiy vositalaridan biri-bu davlat iqtisodiy siyosatining bo‘g‘inlaridan hisoblanuvchi innovatsion siyosatdir. Davlat innovatsion siyosat yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi o‘sish sur’atlarining oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi, ijtimoiy muammolarni xal qilishga ta’sir o‘tkaza oladi.
Innovatsion siyosat deganda davlatning iqtisodiyotni ko‘tarish va iqtisodiy- ijtimoiy taraqqiyot masalalarini xal qilish maqsadida mamlakat innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish, innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi maqsadli faoliyati tushuniladi.
Davlat tomonidan fan-texnika muhitini qo‘llab-quvvatlash tizimida tubdan o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “Innovatsion rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi” Farmoni qabul qilinishi bilan yuz berdi. Mazkur Farmonga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni keng joriy etish borasida Ma’muriy islohotlar kontseptsiyasini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muhim qadam sifatida qarash mumkin. Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi hamda uning davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy rivojlanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohalaridagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nazarda tutildi. Bundan kelib chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasining innovatsion va ilmiy-texnik rivojlanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ etib belgilandi. Innovatsion texnologiyalar hisobiga rivojlanishning zamonaviy yondashuvlarini ishlab chiquvchi, shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi ixtisoslashtirilgan idoralarni tashkil qilish bo‘yicha jahon tendentsiyasini qayd etib o‘tish lozim. Faoliyatda bir-birini takrorlashni istisno etish, yagona yondashuvlarni ta’minlash maqsadida 2018 yil 1 yanvardan boshlab Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi, uning huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi, shuningdek, Fan va texnologiyalar agentligi tugatildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi innovatsion va ilmiy- texnikaviy rivojlanish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan. Pirovard natijada, O‘zbekistonni rivojlantirishning innovatsion yo‘li iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchi, mamlakat barqarorligi va aholi farovonligini ta’minlashning omili bo‘lishi lozim.
Bugungi kunda O‘zbekistan iqtisodiy holati uchun mos keladigan «innovatsion muhit» iborasi bo‘lg‘usi innovatsiyalar uchun korxonalar jozibadorligini xarakterlaydi. Innovatsion muhitni baholashda odatda bir kator o‘lcham yoki belgilar qo‘llaniladi. Mazkur o‘lchamlar davlatning innovatsiyalarni joriy etish salohiyati va ularni amalga oshirish tavakkalchilikni xarakterlovchi me’yorlardir. Ularning eng asosiylari kuyidagilardir: siyosiy barqarorlik; makroiqtisodiy holat; innovatsion faoliyat xukukiy asoslari; soliq tizimi sifati va soliqka tortish darajasi; bank tizimi va boshqa moliyaviy institutlar holati va ishonchliligi; infratuzilmaning rivojlanish darajasi; hamkorlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi; davlat boshqaruv tizimi. Iqtisodiy sohada innovatsion muhit yaxshilanishiga kuyidagilar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:

    • milliy korxonalarda samarali boshqaruv tizimini yaratish;

    • davlat buyurtmasi buyicha bajarilgan ishlar buyicha sanoat majmuasi tashkilotlari va korxonalarining qarzlarini qoplash;

    • davlat buyurtmasi buyicha sanoat majmuasi korxona va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatlarni moliyalashtirish. Bu faoliyatga ajratiladigan mablag‘larning yanadi samarali ishlatilishi ularning kelajakdagi texnologik loyihalarni bajarishga yo‘naltirishga yordam beradi, shuningdek, moliyaviy resurelarni maqsadsiz ishlatilishining oldini oladi;

    • byudjet tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan xarajatlar xissasining oshirilishi;

    • tashkilot va korxonalarda foydaning innovatsion ishlanmalar uchun

yo‘naltiriladigan qismini soliqdan ozod qilish.
Davlat innovatsion siyosatining amalga oshirilishida sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligi innovatsion loyihalarga mablag‘larni samarali joylashtirish uchun xizmat qiluvchi obbyektiv jixatlar majmuasidir. U korxonalarning eksport va ilmiy-texnik potentsiali, moliyaviy barqarorlik darajasi, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash darajasi, innovatsion dasturlar sifati kabilar bilan belgilanadi.
Sanoat majmuasiga korxonalarining innovatsion jozibadorligini ta’minlash-bu milliy iqtisodiyot samaradorligining muhim yo‘nalishidir. Uni amalga oshirish uchun kompleksli xukumat dasturini ishlab chiqish zarur. Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini atroflicha baholash va innovatsion faollikka ta’sir etuvchi ichki omillar sifatini yaxshilash kabilar mazkur dasturning asosiy yo‘nalishlari sifatida xizmat qilishi lozim.
Shunday qilib, O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida yangi tizim shakllantirildi. U barqaror iqtisodiy taraqqiyotning ancha muhim masalalarini xal qilishga qaratilgan kuch va vositalar kontsentratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun faol innovatsion, sanoat, tarkibiy, ilmiy-texnik siyosatni yuritish zarur. Bu esa o‘z navbatida davlat iqtisodiy kuvvatini qayta tiklanishning boshlanishi uchun butun jamiyatga asos bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Yüklə 33,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə