Reja: Internet tushunchasi



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə1/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar


1–MA’RUZA
MAVZU: INTERNET XIZMATLARI VA UNING DASTURIY TA’MINOTI. PROTOKOLLAR


Reja:
1. Internet tushunchasi. Internet tarmog’ining tuzilishi. Intranet. Protokollar
2. Internetda manzil tushunchasi va internet resurslari manzili. Domenlar
3. WWW. Brouzerlar va ularning turlari
4. Internet qidiruv tizimlari. Milliy qidiruv tizimlari. Mashhur Internet qidiruv tizimlari
5. Ixtisoslashgan va ilmiy qidiruv tizimlari hamda qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish
6. Internet tarmog’i xizmatlari va ulardan foydalanish. Interaktivlik tushunchasi. Elektron pochta xizmati


Tayanch so’zlar: internet, intranet, bayonnoma, brouzer, paket, domen, qidiruv tushunchasi, Web of Science, provayder, xosting, proksi, upload, download, interaktivlik, ziyonet, elektron pochta.

Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan tashkil topadi.


Internet tarmog’ining tuzilishi. Internet o’z–o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
1. Texnik; 2. Dasturiy; 3. Axborot.
Internet tarmog’ining texnik taminoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun’iy yo’ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmog’ining dasturiy taminoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma – xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Internet tarmog’ining axborot taminoti Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internetning ikkita asosiy vazifasi bo’lib, buning birinchisi axborot makoni bo’lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. Internet xizmatidan foydalanuv-chilar uchun ham hammaga bir xil bo’lgan kompyuterda ma’lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona qoidalar majmui belgilangan.

Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə