Reja: Internet tushunchasi


Internetda manzil tushunchasi va internet resurslari manzili. Domenlar



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə3/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar

2. Internetda manzil tushunchasi va internet resurslari manzili. Domenlar

Sahifa, fayl yoki boshqa resursning internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL– manzil deb ham ataladi.


URL (Uniform Resource Locator) – Internetra murojat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo’lib, u manzilni ifodalaydi. URL adresidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya’ni bu adresdagi ma’lumotdan barcha foydalanuvchilar bir paytning o’zida foydalanishi mumkin.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko’rinishi quyidagicha: http://www. tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi. Namunadan ko’rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qism-lardan iborat. O’ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko’p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo’yicha nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko’rinishda ifodalanadi:
http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi.
Faraz qilaylik. INTERNETda biror sahifani ochib ko’rmoqchisiz. Sahifa adresini kiritdingiz va uni ochdingiz. Qanday qilib bir necha daqiqada sahifa sizning ekraningizda paydo bo’ladi? Bu sahifalarni topish uchun, sizning WWW ko’rish programmangiz URL dan qanday foydalanadi? Sahifani topish uchun programma provayderda joylashgan domen nomlari xizmati programmalar majmuidan foydala-nadi. U DNS (Domain Name Service) deb ataladi va INTERNET kompyuteringizga o’rnatganda kiritiladi.
Netscape Windows bilan birgalikda ishlayotganda sizning TCP/IP proto-kolingizni bu domen nomini sizning DNS serveringizga uzatadi. E’tibor bergan bo’lsangiz domenlar nomi ko’pincha com, edu yoki org bilan tugaydi. Quyida ommabop identifikatorlar misollar bilan keltirilgan.
*.com – Tijorat tashkilotlari uchun ishlatiladi, masalan: microsoft.com, ibm.com.
*.edu – O’quv muassasalari uchun ishlatiladi, masalan: vcu.edu (Virginia Commo-wealth University), cmu.edu (Kornegi Mellon Universiteti), wsu.edu (Washington State University), edu.uz (O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi).
*.gov – Davlat muassasalari uchun ishlatiladi, masalan: whitehouse.gov (oq uy), gov.uz (O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali).
*.org – Notijorat tashkilotlar uchun ishlatiladi, masalan: irex.org (Ayreks tashkiloti1), redcross.org (Amerika Qizil Xoch).
*.net – Internetning xizmat provayderlari uchun ishlatiladi, masalan: internic.net (interNIC).
*.int – xalqaro ma’lumotlar uchun ishlatiladi.
*.mil – harbiy ma’lumotlar uchun ishlatiladi.



Kod

Davlat nomi

Kod

Dasvlat nomi


Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə