Reja: Internet tushunchasi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə14/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali haqida
O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o’rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublika-sining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko’rsatadi.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko’r-satish tartibini takomillahtirish chora–tadbirlari to’g’risida”gi 728–sonli qarorida keltirilgan O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to’g’risida nizomiga muvofiq ro’yxatda o’tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o’tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.


Yagona portal maqsad va vazifalari
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalning asosiy vazifalari:

  • foydalanuvchilarga davlat organlariga to’g’ridan–to’g’ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

  • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

  • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

  • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to’siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

  • «Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko’maklashish.

Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlan-tirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan.



Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə