Reja: Internet tushunchasi


Qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə11/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar

Qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish. Ha, afsuski, bugungi kun-da kompyuterga va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko’ngilochar vosita deb qaralmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko’zi tushgan zahoti darrov o’yinlarni so’rashadi, ko’pchillik yoshlar esa Internetga ulangani zahoti esa rasmlar tomosha qilishni so’rashadi.
Internet resurslari xilma–xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli bo’lganlari ma’lumotlar uchraydi. Internet tarmog’idagi axborot – qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so’ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so’zlar bo’yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday ma’lumot kiritilsa, xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi. Shu narsani eslatib o’tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to’g’ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot-qidiruv tizimlaridan faqatgina to’g’ri va foydali maqsadda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo’ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish maqsadga muvofiqdir.



6. Internet tarmog’i xizmatlari va ulardan foydalanish. Interaktivlik tushunchasi.
Elektron pochta xizmati


Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko’rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. O’zbekistonda internet bilan ulanishga doir axborot xizmatlari 1997 yildan xizmat ko’rsatila boshlangan. Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo’lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo’lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
192.168.0.1 - 192.168.255.255
172.16.0.1 - 172.16.255.255
10.0.0.1 - 10.255.255.255
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko’rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.

(Bunda reytingni tuzishda 2016 yil yanvaridan 2017 yil fevraliga qadar Facebook ijtimoiy tarmog’idagi «Potrebitel.uz» guruhida qayd etilgan so’rovlarga foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va tavsiyalardan foydalanilgan.)
Internet tarmog’i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: web-hujjatlarni o’qish, elektron pochta, fayllarni uza-tish va qabul qilish, muloqatda bo’lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuter-larga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTP (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTP serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko’chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do’stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o’rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog’langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo’lishi kifoya.

Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə