Reja: Internet tushunchasi


Ixtisoslashgan va ilmiy qidiruv tizimlari hamda qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə9/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar

5. Ixtisoslashgan va ilmiy qidiruv tizimlari hamda qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish
Axborot qidiruv tizimlari – bu veb-sayt hisoblanib Internet tarmog’ida axborotlarni qidirish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganidek Google i Yahoo dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimlaridan hisoblanadi. Bizning davlatimizda WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi qidiruv so’rovlari bo’yicha ilg’orlardan biridir. Bundan tashqari Internet tarmog’ida ma’lum sohada ishlaydigan ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng ommaboplari:
КтоТам” – insonlar to’g’risidagi axborotlarni qidirishga mo’ljallangan yangi turdagi axborot-qidiruv tizimi. Bunda insonlarni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni hamda tashkilot va boshqa insonlar orqali topish mumkin.
Ebdb” – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixtisoslashgan axborot-qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma’lumotlar bazasida elektron ko’rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko’plab mashhurlari to’plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo’yicha guruhlanadi.
Tagoo” – musiqalarni qidirishga mo’ljallangan qidiruv tizimi. Boshqa qidi-ruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o’zining kengaytirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning mp3 resruslaridan qidirib ularning ro’yxatini shakllantiradi. So’rovda musiqa nomini, uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
Truveo” – Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni qidirishga ixtisoslash-gan axborot – qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-layn video hamda teledasturlar namoyishlarini ham qidirib topish mumkin.
Kinopoisk” – filmlar to’g’risidagi axborotlarni qidirish tizimi. Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan davlat nomi, kompaniya nomi, aktyorlar ismlari hamda rejisserlar va stsenariy mualliflari ism shariflaridan ham foydalanish mumkin.
Улов-Умов” – rezyume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bunda qidiruv jarayonida karera va ishga bag’ishlangan hamda ijtimoiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro’yxati shakllantiriladi.


Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə