Reja: Internet tushunchasi


Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish



Yüklə 257,86 Kb.
səhifə15/18
tarix23.12.2023
ölçüsü257,86 Kb.
#157561
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1–MA’RUZA. Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti. Protokollar

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlari-dan foydalanish imkoniyatini beradi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig’ma reestri (keyingi o’rinlarda Yig’ma reestr deb ataladi) 2013–2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot–kommuni-katsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiq-lashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yig’ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.









ZiyoNET jamoat axborot ta’lim tarmog’i – O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezi-denti I.A.Karimovning 2005 yil 28 sentyabrdagi PQ 191–sonli “O’zbekiston Respublika-sining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish tơ’g’risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyoNET tarmog’ining asosiy maqsadi, respublika yoshlari hamda ta’lim oluv-chilari uchun ta’lim olish tizimida keng ko’lamli axborot–kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat.
ZiyoNET portal. ZiyoNET axborot ta’lim tarmog’i portali – yoshlar, murabbiy-lar, shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni jamlash bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli ma’lumotlarni berish, o’zaro muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish vazifasini ham o’z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchilar. ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarga Ziyo-NET portali o’z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan:

  • uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satellitlarni yaratish;

  • guruhlar yaratish, yaratilgan guruhlarda mavzular yaratish, guruhlarga qatnash-chilarni taklif qilish va boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan mavzu-larda ishtirok etish;

  • “Savollar va javoblar” bo’limida o’z savollarini berish va boshqa foydalanuvchi-lar bergan savollarga javob berish;

  • “O’yinlar” bo’limining foydalanuvchilari reytingida ishtirok etish;

  • ZiyoNET axborot resurs tarmog’ining turli tanlovlarida qatnashish va hokazo.

ZiyoNET tarmog’iga ulanish.
Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish obyektlari) ZiyoNET axborot ta’lim tarmog’i negizida birlashishlari kerak.
2013 yil 10 iyul sanasidan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining VMQ–№198 son “ZiyoNET axborot ta’lim tarmog’ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarini ZiyoNET tarmog’i resurslariga ulash “O’zbektelekom” AK tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muasasalarining tarmoqqa ulanishlariga va moliyaviy masalalarning hal etilishiga OO’MTV, O’MKTM, XTV, «Kamolot» YoIH mas’ul hisoblanadilar.










Yüklə 257,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə