Onkologik kasalliklar va ularni bartaraf etish xususiyatlari



Yüklə 18,88 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü18,88 Kb.
#144527
  1   2
Maqola ONKOLOGIK KASALLIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH XUSUSIYATLARI


ONKOLOGIK KASALLIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH XUSUSIYATLARI
R.Eshonov1, G.Axmadaliyeva2, J. Karimova3
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti assistenti1
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti assistenti2
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 14.21-guruh talabasi3
Annotasiya. Maqolada onkologik kasallik bilan og‘rigan bemorlar va ularni tuzatishda duch keladigan muammolarni bartaraf etish xususiyatlari keltirilgan.
Tayanch so‘zlar: onokologiya, tib qonunlari, bemor, diagnostika, psixologik xizmat, gematologik, kognitiv funksiyalar, shaxsdagi psixalogiya, nevrotik va chegaralanganlik diagnostikasi.
Jahonda hugungi kunda inson psixologik xolati bilan bog‘liq bo‘lgan somatopsixik xarakterdagi hamda saraton kasalliklariga duchor bo‘lgan bemorlarga munosabatning psixologik sabablari bilan ularni davolash o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning mavjudligi tufayli tibbiy psixodiagnostikani qo‘llash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 27-maydagi PQ-5130-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 
Tadqiqotning maqsadini onkologik kasallikka chalingan bemorlarning ruhiyati bilan bog‘liq o‘zgarishlar diagnostikasi uchun psixodiagnostika metodikalarini tahlil qilish va o’rganishdan iborat.
Onkologiya - tibbiy-biologik fan bo’lib, odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsimtalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Eksperimental va klinik onkologiya farq qilinadi. XX-asrda onkologiyada eksperimental tibbiyot yutuqlari oʻsma hujayralarini koʻchirib oʻtkazish, keyinchalik esa tashqaridan taʼsir etib, hayvonlarda oʻsmalar hosil qilish asosida shakllandi. Oʻsmalar insoniyatga juda qadimdan maʼlum, unga oid dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi Misr, Xitoy va Hindistonda topilgan. Onkologiyaning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, Ibn Sino, nemis olimi R.Virxov, rus olimlari M. A. Novinskiy, N. N. Petrov va boshqalarning xizmatlari katta. Eksperimental onkologiya va nazariy onkologiyada oʻsma hosil qiluvchi omil turiga qarab 3 asosiy yoʻnalish: virus onkologiyasi, kimyoviy onkologiya va radiatsion onkologiya va boshqalar shakllandi. Rus olimi L. A. Zilber oʻsmalarning virus-genetik nazariyasini ishlab chiqdi. Klinik onkologiyaning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Gippokrat xavfli oʻsmalar kelib chiqishida tashqi omillarga alohida ahamiyat bergan, bunda u bemorga ruhiy va jisman sifatlarini mujassamlashtirgan hollarda, har biriga xos yondoshush kerakligini aytgan.
Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va davolash usullarini qam bayon qilgan. R.Virxovning hujayra patologiyasi nazariyasi tibbiyot, jumladan, onkologiya tarixida keskin burilish yasadi.
Oʻzbekistonda onkologiya fanining rivojlanishi P. F. Borovskiy, L.D. Vasilenko va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. 1931-yilda Toshkentda Oʻzbekiston rentgen-radiologiya va oʻsma ilmiy tadqiqot instituti ochilib, 1940-yilgacha faoliyat koʻrsatishi, 1946-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida onkologiya kafedrasi ochilishi, 1958-yilda Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituta tashkil etilishi, respublikadagi barcha tibbiyot institutlarida onkologiya kafedralari faoliyat koʻrsata boshlashi onkologiya sohasida keng koʻlamda tadqiqotlar olib borilishiga imkon berdi.
Onkologik kasallikka chalingan bemorlarning ruhiyati bilan bog‘liq o‘zgarishlar eksplitsit kuzatishlardayoq xilma xil munosabatni o‘zida aks ettiradi. Shu sababli ham tibbiyot sohasida psixodiagnostika tizimini shakllantirish maqsadida onkologik kasalliklar psixologiyasi va kasallik xususiyatlrini inobatga olish o‘ta muhimdir. Xattoki, kasallik sabablari aniqlanmasdan onkologiya alomatlari mavjud degan taxminiy xulosalardayoq bemor kuchli ruhiy bosim ostida qolishi tajribalarda ko‘p kuzatiladi. Shunga ko‘ra, onkologik kasallik bilan og‘rigan bemorlar diagnostikasi uchun psixodiagnostika metodikalari diagnostikasi masalasi kognitiv funksiyalar, shaxsdagi psixotik, nevrotik va chegaralanganlik diagnostikasidan tafovutlanadi. Chunki kognitiv funksiyalar, shaxsdagi psixotik, nevrotik va chegaralanganlik diagnostikasida tatbiq etilayotgan metodikalar kasallik alomatlarini baholashga xizmat qiladi. Onkologik kasalliklar psixodiagnostikasida aosiy masala shaxs xususiyatlari va kasallik o‘rtasidagi munosabatni yortishga e’tibor qaratiladi. Onkologik kasallik diagnostikasi qo‘yilgan bemorlarda psixologik baholash vositalari shaxsning psixologik holati va xususiyatlarini tashxisi uchun muhimdir. Onkologik kasallik tashxisi qo‘yilgan bemorlarning psixoemotsional holatlaridagi o‘ziga xoslikni psixodiagnostik metodikalar ifodalab beradi. Shunga ko‘ra onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar faoliyati psixodiagnostikasi uchun bemorlar faoliyatini dardga chalinish, uni keltirib chiqaruvchi psixologik omillar, kasallikka, jarrohlik yo‘li, lazer terapiya, davolanish va darddan xalos bo‘lishga munosabatlarni belgilab beradi. Onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning psixologik diagnostikasi uchun qo‘llanilayotgan metodikalar bemorning shu kasalikka mansub ekanligini diagnostikasini emas, balki ushbu toifa bemorlarning psixologik xususiyatlari va qiyofasini tadqiq etish uchun foydalaniladi.
Oʻzbekiston onkologlari tomonidan oʻsmalar bilan birga uchraydigan kasalliklar, quyosh nurining oʻsma toʻqimalaridagi almashinuvga taʼsiri, oʻsma kasalliklari epidemiologiyasi va onkologik yordamni tashkil etish, xavfli oʻsmalar immunologiyasi masalalari, oʻsmalarni rentgenologik, ultratovush va radioizotop usullar orqali aniqlash yoʻllari takomillashtirildi.
Xavfli oʻsmalarning eksperimental, kimyoviy va radiatsion kanserogenezi masalalari, onkologik kasallarni operatsiya qilib davolash ishlari yoʻlga qoʻyiladi. Onkologiya markazida oʻsmani ultratovush, elektr magnit maydoni lazer nuri va fizik omillar yordamida mahalliy hamda umumiy giperterapiya usullarini qoʻllagan holda kompleks davolashning yangi usullari ishlab chiqildi. Onkologiya fani hozirgi 3 yoʻnalishda rivojlantirilmoqda: 1) normal hujayradan rak hujayraga oʻtish mexanizmini fundamental usullar orqali yechish; 2) aholi oʻrtasida ushbu kasallikka moyil boʻlgan va klinik belgilari yuzaga chiqmagan kishilarda rakni immunologik usullar bilan aniqlash; 3) xavfli oʻsmalarni immunologik usullar bilan davolashni takomillashtirish.
Xavfli oʻsma koʻpincha oʻlim bilan tugaydi. Shuning uchun deyarli hamma mamlakatlarda unga qarshi kurash olib boriladi. Bu ishga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro rakka qarshi kurash ittifoqi va agentligi rahbarlik qiladi. Hozirgi Oʻzbekistonning yirik shahar va qishloqlarida onkologiya dispanserlari va markazlari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi onkologiya markazi, respublika va shahar onkologiya dispanseri, shuningdek, tibbiyot intlarining onkologiya kafedralarida onkologiyaning eng dolzarb masalalari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak tibbiyot xodimlari tomonidan davolash chora-tadbirlarini belgilashda bemorlarning ruhiyatiga xos yaqqol tafsilotni ko‘z oldilariga keltirish imkonini beradi. Onkologik kasallik bilan og‘rigan bemorlarda olib boriladigan psixodiagnostika tadbirlari bemorning holati, kasallikka nisbatan munosabati, davolash chora-tadbirlarini ko‘rish uchun tibbiyot xodimining faoliyatini tashkil etishda, ularga to‘g‘ri yondashuvni amalga oshirishda uslubiy ko‘rsatmalar berishda katta yordam berishi shubhasiz.

Yüklə 18,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə