Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillar


International Conference on Developments in Education



Yüklə 405,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü405,4 Kb.
#111336
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org 22
nd
 July 2022 
48 
Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta`limot 

sotsiogenetik kontseptsiya q
obiliyaglarning taraqqiyotini, faqat, tevarak-atrofdagi muhitning 
ta`siri bilan tushuntiradi. Bu yo’nalish o’z zamonasi uchun ilg’or hisoblangan XVIII asr 
fransuz olimi K.Gelvetsiy ta`limotidan boshlangan. K.Gelvetsiyning ta`limotiga ko’ra, barcha 
odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tug’ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga 
ega bo’ladilar, Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq, faqatgina muhit va 
tarbiyaning turlicha ta`sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya 
odamlarning psixik, ruhiy, oqibatda ijtimoiy tengsizlikni ularning tug’ma xususiyatlari degan 
ta`limotga qarshi qaratilgan edi. Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli 
namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g’oyat darajada muhim roli 
borligini e`tirof etadilar. 
Sotsiogenetik kontseptsiya namoyandalari insonning butun taraqqiyoti, shu jumladan
shaxsiy xususiyatlarning tarkib topishi, asosan, tajribaga bog’liqdir. Bu nazariyada shaxsda 
ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, atrofidagi odamlar 
bilan o’zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Bu ta`limotga ko’ra inson biologik 
tur sifatida tug’ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`siri ostida shaxsga 
aylanadi. 
Chunonchi, angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning 
ruhini 
«top-toza taxtaga» o’
xshatadi. Uning fikricha, bolaning «
top-toza taxta» 
tarzidagi 
ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning 
qanday odam bo’lib etishishi, ya`ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola 
hayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va 
tasavvurlariga bog’liqdir, deb ta`kidlaydi. 
Har ikkala yo’nalishning namoyandalari, o’z manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga 
qarama-qarshi bo’lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatlarini yo nasliy, biologik omillar 
ta`siri ostida, yoki o’zgarmas muhit ta`sirida avvaldan belgilangan va o’zgarmas narsa, deb 
e`tirof etadilar. 
Ma`lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib boradi
rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo’ladi. Agarda hayvonlar tevarak-atrofdagi 
tashqi 
muhitga passiv moslashib
, hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya`ni tashqi muhitdagi tayyor 
narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta`sir ko’rsatib, uni 
o’z irodasiga bo’ysundiradi hamda o’zgartirib, o’z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi. 

Yüklə 405,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə