Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillar



Yüklə 405,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.05.2023
ölçüsü405,4 Kb.
#111336
  1   2   3   4


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org 22
nd
 July 2022 
46 
BOLA PSIXIK RIVOJLANISHINING IJTIMOIY VA BIOLOGIK OMILLAR 
Abdullayev Shahzod Zarifboy o’g’li 
Pedagogika fakulteti, Urganch Davlat Universiteti, Xorazm, O’zbekiston. 
 
Shonazarova Sevara Anvar qizi 
Pedagogika fakulteti, Urganch Davlat Universiteti, Xorazm, O’zbekiston. 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada shaxsning psixik rivojlanishi va bola psixik rivojlanishdagi ijtimoiy va 
biologik omillar keltirilgan bo’lib, bu omillar yuzasidan olimlarning o’tkazgan tajribalari va 
tadqiqot nazariyalari keltirilgan. 
Kalit so’zlar:
psixik rivojlanish, inson, xulq-atvor, biogenetk kontseptsiya, sotsiogenetik 
kontseptsiyadir,
 
«
tabiiy kuchlari» 
, «
tug’ma mayllar» «top-toza taxta», 
jinsiy ehtiyojlar
biologik omillar, ijtimoiy muhit. 
 
 
Asosiy qism: 
 
Psixik rivojlanish va bu o’zgarishlarga sabab bo’ladigan kuchlar o’rtasidagi munosabat 
qonunlarini o’rganish - yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim 
va dolzarb maqsadlaridan biridir. 
Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. 
Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga 
pedagogik 
jihatdan 
ta`sir 
ko’rsatishning 
zarur 
holatidir. 
Inson 

biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug’ma ravishda 
tashkil topgan -xususiyatlari (masalan, ko’rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy 
nerv tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub`ekti 
va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatada uning xulq-atvor (masalan, axloqiy 
odatlar) xususiyatlarida namoyon bo’ladi. 
Xo’sh, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladigan bu xususiyatlarni nimalar 
sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga 
egami? 
Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillarning 
muammosi o’z mohiyati jihatidan g’oyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani hal qilishda 
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli oqimlar, yo’nalishlar maydonga kelgan. Inson 
shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim 
biogenetk 
kontseptsiya, 
nazariya bo’lsa, ikkinchi oqim 
sotsiogenetik kontseptsiyadir.
Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi 
biogenetik oqim XIX 
asrning 
ikkinchi yarmida maydonga kelgan. 



Yüklə 405,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə