Strategik tahlil tayyorlash metodikasi Reja



Yüklə 47,15 Kb.
tarix04.11.2017
ölçüsü47,15 Kb.

Aim.uz

Strategik tahlil tayyorlash metodikasi

Reja:

  1. Strategik ma’ruzani rasmiylashtirish

  2. Tendensiyalarni aniqlash

  3. Tahlilning omil metodi

  4. Matnni tashkil etish

  5. Tahliliy ma’ruzaning xulosalari va tavsiyalari

Tayanch so‘z va iboralar:

Strategik tahlil tendensiyasi, barqaror tendensiya, ijobiy tendensiya, salbiy tendensiya, geosiyosiy omillar, geoiqtisodiy omillar, xususiy omillar, omillar monopolizatsiyasi, omillar neytralizatsiyasi, xulosa, prognozlash, tavsiyalar.



Strategik ma’ruzani rasmiylashtirish

Umuman olganda, tahliliy ma’ruza matni, ilovasi va bibliografiyasini rasmiylashtirish O‘zR OAKning ilmiy izlanishlar uchun qo‘yilgan asosiy talablariga mos kelishi kerak.

Ammo bu ma’ruzalar tayyorlanadigan analitik tuzulmalar spetsifikasi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlar bor. Ma’ruza hajmi tadqiq qilinayotgan muammolar (operativ aralashuvni talab qiluvchi vaziyat yoki muammoning ko‘p omilli fundament tahlili) va analitik muassasalar talablariga ko‘ra, 1-3dan 15-20 sahifagacha va undan ko‘p bo‘lishi mumkin.

Tahliliy ma’ruzalarning ko‘pligi va xalqaro siyosat tahlili bilan shug‘ullanuvchi institutlar faoliyatining zamonaviy ritmlari strategik ma’ruzalarni rasmiylashtirish uchun maxsus qoidalarni ilgari suradi.

Operativ ma’lumotlarni tezda o‘zlashtirish va ularni amalda qo‘llash maqsadida kichik ma’ruzalar va tahliliy qaydlar ilmiy ishning reja, ilova va tadqiqot bibliografiyasi kabi zaruriy atributlariga ega emas. Ilk qatordan muallif tadqiqot qilinayotgan muammoni belgilaydi va faollashtiradi hamda dolzarbligini asoslaydi va bevosita uning tahliliga o‘tadi. Har qanday ma’ruzada eng qimmatli qism uning xulosa qismi hisoblanadi. Unda muallif shaxsiy xulosalarini chiqaradi va mamlakatning siyosatini shakllantiruvchi siyosiy institutlar uchun tavsiyalar beradi.

Biroq, ma’ruzani nashr qilishga tayyorlashda, u barcha talablarga javob berishi kerak, unda reja, iqtibos, ilova (agar kerak bo‘lsa) hamda bibliorafiya bo‘lishi kerak. G‘arbda, odatda, tahliliy maqola boshida qisqa rezyume beriladi, unda ma’ruza muallifining asosiy g‘oyalari va tavsiyalari aks etadi. Har qanday holatda strategik ma’ruza tili aniq, ixcham bo‘lishi kerak, ikki ma’noli va aylanma gaplardan chetda bo‘lishi kerak, muammoning ortiqcha tavsilotlarini takrorlamaslik kerak. Umuman olganda, bu, bayon qilishning qat’iy ilmiy uslubi bo‘lishi kerakki, tahliliy material jurnalistik ocherk va maqolalar hamda boshqa adabiy nashrlardan shunisi bilan farq qiladi.

Ma’ruza nomlanishida tadqiqot muammosi beriladi. Odatda, tadqiqot tashqi siyosiy muammoning biron-bir jihati tahliliga bag‘ishlanadi. Bir strategik ma’ruza doirasida muammoni har tomonlama tahlil qilish amalda mumkin emas. Shuning uchun nomlanish taxminan quyidagicha boshlanishi mumkin: “…ichki siyosatni idrok qilish tendensiyalari to‘g‘risida”, “…tashqi siyosiy taraqqiyotning ba’zi muammolari”, “…to‘g‘risida”, “… dagi ichki siyosiy vaziyat” va boshqalar.

Tendensiyalarni aniqlash

Tahliliy ma’ruzaning asosiy maqsadi o‘rganilayotgan voqea, muammo va vaziyatning joriy tendensiyalarini aniqlashdir, zotan, ularsiz siyosiy voqealarni bashorat qilish mumkin emas. Siyosiy hodisalar bashorat qilishning obyektiv asosi shundaki, ularning kelajagi hozirgi zamondan iborat, ammo faqat imkoniyatlarda. Imkoniyat voqelikning o‘zida, uning keyingi taraqqiyotidagi yashirin tendensiya sifatida obyektiv shaklda mavjud bo‘ladi. Shuning uchun kelajakni bashorat qilishning siyosiy tizimning hozirgi holatidagi tendensiyalar, imkoniyatlarni anglashdan boshqa yo‘li yo‘q. Imkoniyatni anglab, biz yashirin, ammo ko‘zlangan tendensiyani belgilashimiz mumkin. Ko‘zlangan tendensiya paydo bo‘lgan, ammo keng tarqalmagan tendensiyadir, ammo biz uni istiqbolli hisoblaymiz.

Masalan, Yevropaning yirik biznesi Markaziy Osiyoda korxonalar barpo etilishiga qo‘rqib qarashadi. Ammo ular bajonidil Markaziy Osiyodagi neft va gaz qazib oluvchi respublikalar, shu jumladan, Qozog‘iston va Turkmaniston bilan aloqaga kirishadi. Nima uchun? Chunki bu mamlakatlar iqtisodiyotida ularni qiziqtiruvchi zaxiralar (neft va gaz) salohiyati bor, bu esa, YEI va AQShning investitsion qobiliyatlarini hisobga oladi, MO mamlakatlari va Yevropa hamjamiyati o‘rtasidagi o‘zaro foydali hamkorlik istiqbolini ochib beradi. Bu tendensiyadir. U nima haqida gapirmoqda? Yevropa va AQShning MOdagi energetika biznesi taraqqiyoti ehtimolligi to‘g‘risida, agar mintaqa davlatlari zarur shart-sharoitlarda mutanosib ehtiyojlarni his qilsa. Shunday qilib, tendensiya ehtiyojlar amalga oshirilishini ifodalaydi.

Davlat ehtiyojlari, yuqorida aytilganidek, uning milliy manfaatlari orqali ifodalanadi. Shining uchun agar O‘zbekistondagi vaziyatni o‘rgansak, O‘zbekiston milliy manfaatlaridan, O‘zbekistonning tub ziddiyatlaridan ehtiyojlar jadvalini shakllantiramiz. Ehtiyojlar manfaatlarining barqaror realizatsiyasini ta’minlovchi tendensiya turg‘un hisoblanadi. Agar tendensiya tahdid va xavflarga bardosh bersa, qonuniyatga aylanadi. Masalan, O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish tendensiyasi ketmoqda. Ammo hozirgi vaqtda O‘zbekistonning ijtimoiy hayoti zaif. Tendensiyalar mavjud, ammo qonuniyat yo‘q, mavjud muxolifat nokonstruktiv, shuning uchun bu tendensiyaning barqarorligi haqida gapirishga hali erta.



Tendensiya hamkor davlatlar milliy manfaatlarining amalga oshishi darajasiga qarab ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mimkin. To‘g‘ri keluvhi manfaatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ikki yoki undan ortiq davlatlarning hamkorligi shunchalik ijobiy xarakterga ega bo‘ladi (masalan, O‘zbekiston va Turkmanistonning joriy hamkorligi). Va aksincha, manfaatlar to‘g‘ri kelmasa yoki manfaatlar mosligi yetarli darajada bo‘lmasa, biz davlatlararo munosabatlardagi salbiy tendensiya haqida gapiramiz (masalan, AQSh - Eronning zamonaviy munosabatlari).

Tendensiyani aniqlash uchun tahlil subyektlari va uning aniq ko‘rinishlarini aniqlash kerak (kimlar o‘rtasida, qaysi sohada, qanday vaziyatda). Masalan, suv zaxiralari bo‘yicha (O‘zbekiston – Tojikiston, Tojikiston - Qirg‘iziston). Ziddiyat (qarama-qarshilik) tendensiyasi o‘chuvchi va o‘suvchi bolishi mumkin. Muammoni o‘rganishning dastlabki tahlilida ziddiyat sababini aniqlash lozim. Bunda vositalarni aniqlash, sabablar dinamikasi va reytingi ahamiyatga ega. Ziddiyatlar intensivligi darajasi bo‘yicha ancha xavfli ziddiyat (davlat milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi) antogonistik ziddiyat hisoblanadi.

Haqiqiy hayot siyosatda tendensiyalar to‘qnashuvi ro‘y bermoqda.

Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tendensiyalar iqtisodiy sohadagi tendensiyalarni neytralizatsiya qiladi. Bir qancha tendensiyalar bir soha doirasida birga mavjud bo‘lishi mumkin. Ob’yektivlik uchun barcha tendensiyalarni ko‘rsatish kerak, ammo bunda tendensiyalarni qaysi sohaga tegishliligini aniq ko‘rsatish kerak.



Tahlilning omil metodi

Yana omilli va tizimli tahlilga qaytamiz. Tizimli-tuzilmaviy yondashuvga ko‘ra, davlatning tashqi siyosiy faoliyatiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadigan ichki va tashqi siyosiy omillarni ajratib olishimiz zarur va ularning o‘zaro ta’sirlashuvi va ahamiyatini baholashimiz kerak. Ma’lumki, obyektiv va subyektiv omillar mavjud. XM aktorining tashqi siyosiy xulqiga va umuman aniq siyosiy vaziyatga subyektiv ta’sir ko‘rsatuvchi omillar davlatlarning o‘zaro ta’siri va o‘rganilayotgan mamlakat ichki vaziyati rivoji natijasida shakllantiriladi.

Ichki omillar quyidagilarga ta’sir ko‘rsatadi:

a) davlatlararo munosabatlar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida);

b) davlatning (O‘zbekiston Respublikasi) ko‘p tomonlama munosabatlaridagi manfaatlari;

c) o‘rganilayotgan davlat manfaatdor geoiqtisodiy vaziyat (masalan, O‘zbekiston Respublikasi, quvur o‘tkazish strategiyasi);

d) mintaqadagi geosiyosiy vaziyat (xavfsizlik nuqtai nazaridan).

Hamkor davlatlarning tashqi siyosiy harakatlari subyektiv ta’sirning ikkinchi omili hisoblanadi. Sub’yektiv ta’sirning tashqi omillari tizimi global, mintaqaviy, geoiqtisodiy, geosiyosiy omillarga bo‘linadi.

Obyektiv omillarga, eng avvalo, omillarning global tizimi, joriy jahon siyosati omillari kiradi. Ularda XM va ular majmuining aniq yo‘nalganligi jamlanadi. Global omillarni ochib berish katta ahamiyatga ega, ular davlatning xalqaro munosabatlardagi barcha harakatlarini determinatsiya qiladi, shartlab qo‘yadi. Ularni hisobga olishni rad qilish qishloqlashtirishning o‘sishiga olib keladi (shu jumladan, yaqin o‘tmishdagi Turkmaniston). Yuqorida ko‘rib chiqilgan omillardan tashqari, XMning har qanday tahlilida hisobga olish zarur bo‘lgan mintaqaviy omillarni tahlilga tortish maqsadga muvofiqdir. Global va mintaqaviy omillarning o‘zaro aloqasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimov tomonidan quyidagi formulada ifodalangan: “mintaqaviy omilni global omil orqali hal qilish”.

Mintaqaviy omillar ikki ko‘rinishga bo‘linadi:

1) Mintaqaviy (masalan, MO, ammo jahon hamjamiyatida MOga qaysi davlatlar kiradi, ular umumiy XMMM bormi, degan masala bo‘yicha turli muqobil variantlar mavjud).

2) Mintaqaviy muhit (bu juda muhim, biz “beqarorlik yoyi”, “zaxiralar yoyi”da joylashganmiz va kontinental mamlakatmiz).

Geoiqtisodiy va geosiyosiy omillar ham alohida ahamiyatga ega .

Geoiqtisodiy omillarga jahondagi iqtisodiy manfaatlarning o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi omillar kiradi (xususan, global iqtisodiyot sohasidagi vaziyat, Janubiy Koreyadagi vaziyat, Yaqin Sharqning neft va gaz qazib oluvchi davlatlaridagi iqtisodiy vaziyat va boshqalar).

XMni tahlil qilishda global va mintaqaviy darajadagi joriy iqtisodiy o‘zaro munosabatlarning majmuini hisobga olish kerak hamda XMning turli jihatlaridagi geoiqtisodiy jarayonlarning kauzal modelini ishlab chiqish kerak.

Geosiyosiy omillarga xalqaro xavfsizlik strategiyasi birligi va majmui, yangi jahon tartiboti va XMning joriy tizimidagi kuchlar balansini aks ettiruvchi omillar kiradi. Bu darajada tahlil qilinayotgan davlatlar XMMM balansini, ularning imkoniyatlari va mavjud zaxiralar balansini, ko‘p darajali hamkorlikni (davlatlarda har bir alohida olingan sohada turli hamkorlar bo‘lishi mumkin) o‘rganish zarur. Xususiy omillar borligini ham hisobga olish kerak. Ularga aniq individlar, vaziyatlar, aniq tahdid va boshqalarni kiritish mumkin. Har bir tizimni shakllantiruvchi omillarga xususiy omillarning yaxlit to‘plami kiradi. Bu ma’noda strategik axborot ham xususiy omillarga tegishli.

Omillar ularni boshqa omillar bilan birlashtirishda paydo bo‘ladi. Siyosiy vaziyatlar rivoji jarayonida ular betaraflashtirilishi mumkin. Qisman va yirik neytrallash farqlanadi. U yoki bu omilning hukmronligi holatida u monopol bo‘ladi (masalan, ko‘pincha Lotin Ameri kasida – bu AQSh omili).

Omillarning optimal munosabatiga erishish maqsadida XM aktorlari davlatlari manfaatlari balansi va muvofiqlashishiga erishish zarur, bunga xalqaro siyosatda qiyinchilik bilan erishish mumkin.

Tahlil jarayonini soddalashtirish uchun o‘rganilayotgan omillar reytingini tuzish lozim. Omillar banki bilan ishlash algoritmi:


  1. Mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid reytingi - birlamchi tahdid.

  2. Tahdidni bartaraf qilish uchun zaxiralar tuzilmasi (defitsit).

  3. Qaysi omillar defitsit (tanqislik)ni bartaraf qila oladi va qaysi sharoitda –birlamchi omil.

  4. Qaysi qo‘shimcha omillar birlamchi omillarni barqarorlashtiradi - omillar balansi. Demak, dastlab tahlil predmetiga ta’sir qila oluvchi, shakllantiruvchi omillar aniqlanadi. Keyin birlamchi omillar ajratib olinadi, ulardan ehtimoliy balans keltirib chiqariladi. Bunda asosiy e’tibor salohiyatli strategik omillarga, ularni neytrallashtirish, tutib turish, rag‘batlantirishni hisobga olishga qaratiladi:

  5. Axborotni tasdiqlash.

  6. Axborotning davlat XMMMga mosligini aniqlash.

Strategik tahlilda omildan tashqari “vektor” tushunchasi mavjud. Odatda “vektor” tushunchasi ostida harakatlar integratsiyasi va milliy xavfsizlikning barcha o‘rganilyatgan omillarini umumlashtirish tushuniladi. Bunda taklif qilinadigan harakatlarning algoritmlari quyidagichadir: XMMM, ularga tahdidlar, zaxiralar - har bir omil bilan qiyoslash (omilni aniqlashtirish). Keyin XMMM bilan aloqador holda omil ta’sirini ochib berish: bartaraf qiluvchi, monopollashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi. Oxirgi natija ularni yagona vektorga umumlashtirish hisoblanadi. Vektor XMMM uchun zarur omillarni o‘z ichiga oladi. Ammo, bu model vektordir (biz yaratgan vaziyat modelidan kelib chiquvchi), aslida boshqariluvchan, zaif boshqariluvchan va umuman boshqarilmagan vektor amalda harakat qilmoqda. Analitikning vazifasiga qaysi sharoitda vektor boshqariluvchan bo‘lishi mumkinligini aniqlash kiradi.

Matnni tashkil etish

Tahliliy ma’ruza matnini turli usullar bilan tashkil etish mumkin. Tahlil predmetini aniqlash. Masalan, gap MO to‘g‘risida ketsa, matn alohida olingan mamlakatga - Afg‘oniston, Tojikiston va boshqalarga, aniq mintaqaviy muammo –MO davlatlari integratsiyasi, joriy siyosiy jaryonlar, MO havfsizligi yoki alohida olingan MO mamlakatining hududiy yaxlitligiga tahdid, tashriflarni tayyorlash, embargo bo‘yicha takliflar va boshqalarga bag‘ishlanadi. Predmetni natijani qo‘lga kiritishda tezkor bo‘lish uchun aniqlashtirish kerak.

Maqsadni belgilash ushbu predmet aynan nimani ochishga yo‘naltirilganligini bildiradi.


  1. Guruhlar, kuchlar munosabati.

  2. Guruhdagi tashqi homiylar harakatini aniqlash.

  3. Ma’lum bir qarash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

  4. Bosh maqsadga yondosh narsalar (embargo, muzokaralar, tashqi homiylar).

Manzilni aniqlash muayyan shaxs, vaziyat, davlat yoki muammoni ishtirokchilar, ishtirokchilar birlashmasi va boshqalar asosida tahlil qilishni ko‘zda tutadi (M.Axmadinejad, obyektlar, geoiqtisodiy sharoitlar, Afg‘oniston).

Solishtirish qurilmasi mamlakatlar pozitsiyalari, narkotiklar aylanmasi, qurollarni yetkazib berishni qiyoslashdir (ishtirokchilar bo‘yicha, harakatlar bo‘yicha).Taqqoslash variantlarini ko‘rsatish kerak. Taqqoslash jarayon dinamikasi (yillar bo‘yicha, muammo bo‘yicha) amalga oshirilishi mumkin, dinamika orqali jaryonning barcha subyektlarini (5 ta ma’lum savollar asosida) ko‘rib chiqish mumkin. Bu bashoratchilar va ekspertlar uchun zarur. Shuning uchun hukumat tuzilmalariga umumlashtirilgan hujjatlar topshiriladi.



Natija bo‘yicha yo‘naltirish. Matn ma’lum natija va xulosalarga mos ravishda tuziladi. Bunday matn ma’lum tezislarni rasmiy faktlash uchun muzokaralarga tayyorlanish yoki o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘z xulosalarini to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur. Bu, tahlilning nisbatan murakkab turi bo‘lib, u natijaning bir qancha variantlarini ko‘zda tutadi.

Me’yoriy yo‘nalish tahlilning ishlangan to‘la modeli, tahlil tezligi, aniq shema bo‘yicha ish operativligidir.

Matnni tashkil etish algoritimi juda oddiy bo‘lishi mumkin. Bu algoritm qanday axborot kerakligini (masalan, davlat, chegaralar, aholi va hokazolar) va biz biladigan yoki bilmaydigan axborotni, axborotning qaysi turini izlash zarurligini ochib berishi bilan muhum. Tahliliy matn bilan ishlashda quyidagi metodik ko‘rsatmalarga amal qilish kerak.

I. Aniq mavzu bo‘yicha matnni muommaviy - mantiqiy tuzish. Muammoda yashirin javob, maqsad va natijaga ishora bo‘lishi mumkin. Muammo manfaatlar ziddiyatidan (tanqislik) kelib chiqadi. Masalan, havfsizlik, jo‘natish va boshqa sohalardagi tashqi siyosat. Bunda matnni tashkil etish qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq bo‘ladi:

1. Bu vaziyatni suratga olish bo‘lishi mumkin (eng kamida). Mamlakatdagi harakatlar, siyosiy kuchlarining joylashuvi (iqtibosli faktlar).

2. Vaziyat tahlilini nazarda tutuvchi situativ metod. Dalillar beriladi. Vaziyat rivojining turli variantlarini tahlil qilish kerak, ya’ni variativ bashoratni taqdim qilish kerak.

3. Fundamental, ko‘p omilli tahlil. Ko‘plab faktlar so‘nggi qatorga olib kelish va bu cheklangan qatorni davlat (masalan, O‘zbekiston) milliy manfaatlari mezonlariga olib chiqish maqsadga muvofiq.

4. Taqqoslash metodi. Tahlilni vaqt doirasida (-gacha, -dan, keyin) cheklash zarur. Masalan, Hindiston va Pokistonning Afg‘onistonga nisbatan strategiyasining 2001 yil 11 sentiyabrdan to hozirgi kungacha davri.

5. Tavsiyalar, taqrizlar. Biz katta hajmdagi xulosalarga egamiz. Tahliliy ekspertizadan o‘tkazish kerak.

II. Tahlilning formal mantig‘i asosida qo‘yilgan tahliliy vazifalar dolzarbligi. Vazifa mazmuni. Asosiy qism (muammo yo‘nalishi yoki boshqa usullar bo‘yicha qurilishi mumkin). Asosiy tendensiyalar. Umumlashtirish. Xulosalar, tavsiyalar.

III. Savol-javob sxemasi bo‘yicha. Masalan, ekstremistlar harbiy holati bo‘yicha qo‘poruvchilik harakatini davom ettira oladimi va u … bilan aloqaga kira oladimi?

IV. Mamlakat, mintaqa, subyektlar bo‘yicha. Masalan, MO qaysi darajada AQSh manfaatlari ta’sir zonasi hisoblanadi.

V. Davrlar bo‘yicha dinamik taqqoslash.

Tahlil predmeti tuzilmasi quyidagi mazmuniy ko‘rsatkichlardan iborat -qayerda hamkorlik imkoniyati bor, bu hamkorlik qaysi mezonlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart, hukumat darajasida, iqtisodiy va madaniy sohada ko‘rib chiqilayotgan davlatlar o‘rtasida qanday asosiy o‘zaro aloqadorliklar bor; yo‘nalishlar bo‘yicha XMMM mos kelishi yoki mos kelmasligi; mazmuni, tashkilotlari, vositalari (mexanizmlari) bo‘yicha hamkorlikning asosiy yo‘nallishlari tanlovi.

Birinchi bosqichda tanqislikdan (zaxiralar yetishmovchiligi) muammoni shakllantiramiz. Tahlilda muammoning ikki darajasi mavjud: birinchisi, muammoning o‘zi bilan bog‘liq, ikkinchisi, axborot tanqisligini bartaraf qilish bilan bog‘liq.

Navbatdagi qadam, maqsadni qo‘yish hisoblanadi. Ish maqsadini ifodalashda qanday aniq natijalarga kelishimiz shartligini ko‘rsatish kerak. Odatda, 3 asosiy maqsad ko‘zlanadi: Mazmuni bo‘yicha tadqiqot (mexanizmi) vositalari va tashkil etish bo‘yicha. Yakuniy maqsad yo‘nalish bilan muvofiq bo‘ladi.

Strategik tahlildan avval obyekt maqsadlarini, masalan, biror jarayon ishtirokchilarini o‘rganishning ilmiy tahlili yuz berishi kerak, ya’ni tadqiqot obyektning to‘liq tahlilini o‘tkazish zarur. Shuning uchun strategik markazlar odatda, quyidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga ega.



  1. Chora-tadbirlarni rejalashtirish, zarur axborotni to‘plash bo‘yicha axborot tahliliy vazifalarni hal qilish.

  2. Axborot-tahliliy monitoring.

  3. Strategik tahlil.

Strategik ma’ruza mezonlari uning yonalishlaridan kelib chiqadi. Tahlilning eng murakkab jihati o‘z farazlarini, gipotezani (tahlil “onasi”), yo‘ nalishni (“ota”) ilgari surishdir. Gipoteza ehtimollik vaziyatidir - Agar … qilish kerak… .

Bu yerda e’tiborni ilgari surilgan gipotezani baholashning uch tizimli yaratuvchi mezonlariga qaratish lozim: axborotning ishonchliligi, gipotezaning zaruriyati va uning yetarliligi.



Tahliliy ma’ruzaning xulosalari va tavsiyalari

Xulosa qo‘yilgan muammo, maqsad va vazifalarga zid bo‘lmagan mulohazalar bo‘lib, u tahlil qilingan jarayon, vaziyat va voqea mazmuni, tashkil etilishi, dinamikasi va vositalarini ochib beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijtimoiy - siyosiy fanlar sohasidagi har qanday ilmiy tadqiqot ishining xulosasi vazifasiga kiradi. Strategik xulosalarga qo‘shimcha ravishda XMMM xulosalari vazifasi kiradi.

O‘zinning mazmuni bo‘yicha xulosa tahlil yo‘nalishiga mos umumlashgan bilimlardan iborat. Yo‘nalish bo‘yicha xulosalardan tashqari, o‘zaro aloqador masalalar bo‘yicha ham xulosalar bor, ammo birinchi galda yo‘nalish bo‘yicha xulosalarni berish, keyin o‘zaro aloqador masalalar bo‘yicha xulosalar qilish darkor.

Xulosa mezonlari.


  1. XMMMga muvofiqlik (vatanparvarlik mezoni).

  2. Daliliy jihatdan asoslanganlik, unga faktlar zanjiri asos bo‘lib xizmat qiladi (bittasi yetarli, agar xulosa juda keng miqyosli bo‘lsa, bir qancha faktlar zanjiri kerak).

  3. Xulosaning birlamchiligi, bunda mutanosib ravishda xulosalarning ketma-ketligi, gradatsuyasi, asoslanganlik darajasi belgilarini aniqlaydi.

Bu maqsadda xulosalarning reytingi tuziladi: avval strategik umumlashgan xulosalar, keyin mazmuni bo‘yicha xulosalar beriladi.

Xulosalar tendensiyalar birikmasini izohlaydi. Bu tendensiyalar muayyan aniq manfaat tufayli mavjud bo‘ladi. Avval, tuzilgan omillar reytingi asosiga qo‘shimcha ravishda tahlil obyektiga birlamchi bo‘lgan tahdidni va o‘rganilayotgan muammoning yechimi uchun zaxiralar yetishmasligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, bashorat qiluvchi xulosalarni chiqarrish mumkin. Masalan, “ko‘rsatilgan tendensiyalar saqlanib qolgan holatda muayyan muddatda, ehtimol, nimadir sodir bo‘ladi”.

XMMM ta’sir qilish darajasi bo‘yicha joriy va uzoq muddatli xulosalar ajratiladi. Ularda odatda, jarayon, vaziyatning rivoji bosqichlari va bashoratning turli variantlari, shu jumladan, salbiy, normal, ijobiy variantlari namoyon bo‘ladi.

Variativ xulosalarda har bir variant bo‘yicha alohida xulosalar beriladi. Bashorat qiluvchi xulosalarda dastlab faktlar bo‘yicha xulosalarni berish, keyin yakunda bashorat qiluvchi xulosalarni keltirish maqsadga muvofiq. Xulosalarni yozishdan oldin, uning tuzilishini tayyorlab olish juda muhim. Bunda qaytariqlardan qochish va o‘rganilayotgan mamlakat bo‘yicha xulosalarni guruhlashtirish kerak. Yakuniy qismda shuni qayd etish kerakki, xulosalar qo‘shimcha faktlardan holi bo‘lishi kerak, “chunki …” shaklidagi so‘zlar kam bo‘lishi kerak.



Ma’ruza tavsiyalari muammo yechimining maqsadi, vazifalari, yo‘llari, usullari, vositalari va bosqichlarini belgilashga mo‘ljallangan. Agar tendensiya to‘la shakllangan bo‘lsa, qaysi maqsadlar, bosqichlar bilan uni kuchaytirish mumkinligini ko‘rsatish zarur, rejalashtirilgan maqsadga erishish uchun yangi harakatlar yo‘nalishlarini belgilash lozim. Tavsiyalar keyin alohida punktlarga bo‘linuvchi umumiy gapdan boshlanishi mumkin. Tavsiyalar ma’lum bir muddatda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqishi va o‘rganilayotgan davlatning ushbu vaziyatga muvofiq harakatlariga tegishli bo‘lishi kerak. Ular ushbu davlatning amaliy harakatlariga va kelgusi tahliliga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin.

Tavsiyalarga talablar:



  • Manzilning mavjudligi (masalan, O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi, O‘RTIV) bunda shunday ifodalarni qo‘llash kerak: “Ma’qul bo‘lar edi”, “maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, “kelgusida”, “zarur”, “shunday sharoitda”, “buning uchun”.

  • Harakatlar tartibini ko‘rsatish (boshlang‘ich harakatlarni ko‘rsatish muhim).

  • Tavsiya darajalari: operativ, strategik (XMMM bo‘yicha harakatlar tizimi); boshqaruv (harakatlarning qisqa rejasi); tahliliy vazifalar (tavsiyaning so‘nggi bandi).

  • Ma’ruza mualliflari qo‘ygan strategik vazifalarga va o‘z davlatiga XMMMning muvofiqligi.

Bashorat. Oldindan ko‘rishning birlamchi vazifalari tashqi siyosat prioritetlaridan kelib chiqadi. Bashorat normativ yondashuvga asoslanadi, ya’ni jamiyatda qabul qilingan me’yorlar va qadriyatlar tizimi asosida zaruriyatning aniqlanishiga tayanadi. Me’yoriy model, bu ideal model bo‘lib, unda muammo eng optimal usullar bilan hal qilinadi. Lekin, me’yoriy model mohiyatan bashorat hisoblanmaydi, u faqat bashoratni shakllantirishga yordam beradi, ya’ni qayerdan izlash kerakligini ko‘rsatadi. Aniq bashoratni talab etuvchi savollarga javob berish yordamida (masalan, aholining mintaqaviy, etnik tarkibi, siyosiy kuchlar nisbati va boshqalar) tashkil etuvchi bashoratga kelamiz (Masalan, milliy murosaning birlamchi shartlari nima). Shunday qilib, bashorat muammoning muvaffaqiyatli yechimini belgilovchi asosiy shartlaridan birini ochib beradi.

SEMINAR

Muhokamalar uchun mavzular:

  1. Strategik ma’ruza

  2. XMda tendensiyalar

  3. Tahliliy ma’ruzada matnni tashkil etish

  4. Tahliliy ma’ruza xulosalari va tavsiyalari

Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Соловьев А. И. Политология. Политическая теория. Политические технологии. – М.: Аспект пресс, 2005.

  2. Цыганков П.А. Теория международных отношений – М.: Гардарики, 2003.

  3. Политология. Под ред. М. Н. Марченко – Изд. «Зерцало», 1999.

  4. http://www/intertrends.ru

  5. http://www/marshallcenter.org/

  6. http://www/jahon.mfa.uz

  7. http://www.uza.uz




Aim.uz




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə