Bolada muskul faoliyati bolaning jismoniy imkoniyatlari



Yüklə 53,34 Kb.
səhifə2/2
tarix23.09.2023
ölçüsü53,34 Kb.
#122864
1   2
Bolada muskul faoliyati bolaning jismoniy imkoniyatlari

Birinchi asosiy sog`liq guruhiga - jismoniy rivojlanishi me`yorida bo`lgan, sog`lom bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya fanining o`quv dasturi bo`yicha hamma mashg`ulotlarni to`liq hajmda bajaradilar, sinov va imtihon topshiradilar;
Ikkinchi tayyorlov sog`liq guruhiga - jismoniy rivojlanishi kuchsiz, qandaydir surunkali kasalligi bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya darsiga asosiy guruh bilan qatnashadilar. Lekin, yuqori tezlikda bajariladigan katta kuch talab qiladigan mashg`ulotlardan ozod etiladilar. Shuningdek, ularda ushbu fanning sinov va imtihondan yengillik beriladi. Ular o`quv yurti shifokorining nazoratida turadilar. Ularga vaqti-vaqti bilan sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkaziladi. Jismoniy rivojlanishi va sog`lig`i tiklanganidan keyin, kelgusi o`quv yilidagi tibbiy ko`rik xulosasiga ko`ra, ular birinchi asosiy sog`liq guruhiga o`tkazilishlari mumkin;
Uchinchi maxsus sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalligi bo`lib, u tez-tez xuruj qilib turadigan, shikastlanish (bug`im chiqishi, suyak sinishi, miya chayqalishi va hokazo) tufayli sog`lig`ida jiddiy salbiy o`zgarish bo`lgan bolalar va o`smirlar kiradi. Ular jismoniy tarbiya fani darsidan ozod etiladilar.
Bularning kasalligini turiga qarab, alohida jadval bo`yicha haftada 1-2 marta darsdan tashqari paytda davolash jismoniy mashg`uloti o`tkaziladi. Mashg`ulotni tajribali jismoniy tarbiya o`qituvchisi shifokor maslahati bilan o`tkazadi.

Adabiyotlar



  1. Altuxov Yu.P. Ginetichiskiye protsessi v populyatsiyax. M., “Nauka ” 1983.

  2. Gulyamov N.G., Safarova D.D. Valeologiya faniga kirish so’zi.T. “Fan sportga”, 2005, № 1 str. 41-42

  3. Nishonboyev K.N., Xamroyev F.A., Eshonqulov O.E., Tibbiyot ginetikasi. T., Abu Ali Ibn Sino nashriyoti 2000.

  4. Richkov Yu.G. Sistema drevnix izolyatov cheloveka v Severnoy Azii v sveta problem stabilnosti i evolyutsii populyatsiy. Vipr. Antropologii, 1973m bip 44.

  5. Tegako L., Kmetinskiy E. Antropologiya M., “Novoye znanie”, 2004

  6. Xem A., Kormak D., Gistologiya M., “Mir” 1983.

Yüklə 53,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə