Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish. Reja


Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari



Yüklə 9,94 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü9,94 Kb.
#143812
1   2   3   4
Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarin-fayllar.org

3. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish
SHaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi
--Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi
--Hissiyotga boylik
--Boy tasavvurga egalik
--O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish
--Mantiqiy fikrlash qobiliyati
--Refleksiya qobiliyati
--Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik
--Eruditsiya (bilag’onlik)
--Ijodiy yo’nalganlik
--Innovatsion qobiliyatga egalik
--Tavakkal qila olish qobiliyati
--Tafakkur tezligiga egalik
--ichki sezgining rivojlanganligi
--O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati
--YUksak badiiy qadriyatlarga egalik
GLASSORY
Ijodkorlik–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi.
Ijodkor shaxs–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs.
Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o‘ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs
Ijod –ijtimoiy subyektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi

Yüklə 9,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə