Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari



Yüklə 2,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/127
tarix19.10.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#128037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

 
 
 


MUNDARIJA 
t/r 
O‗quv uslubiy majmua elementlari 
betlar 

Ma‘ruzalar matni 

Amaliy mashg‗ulotlar va (yoki) seminar mashg‘ulotlar 
uchun materiallar 

Mustaqil ta‘lim mavzularini o‘zlashtirish bo‘yicha 
zarur uslubiy ko‘rsatmalar 

Glossariy 

Ilovalar
-fan dasturi 
- ishchi dasturi 
- tarqatma materiallar 
- testlar 
- baholash mezonlari va fanni o‘rganish bo‘yicha 
boshqa materiallar) 


O‟quv materiallari
I-semestr: Ma‟ruza
1-Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari fanining 
predmeti va asosiy tushunchalari. 
Mavzu rejasi: 
1. Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy 
tushunchalari.
 
2. Maktabgacha ta‘limda jismoniy tarbiya metodikasida tadqiqot metodlari.
 
Tayanch so‟zlar
Jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirish, moddiy-texnika bazasini, 
yurak-qon tomirlari, - suyaklar sistemasi, ichki organlarning,ovqat hazm qilish, 
modda ajralish, psixik jarayonlar,
jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, 
jismoniy mashq, sport, jismoniy kamolat, moddiy boyliklar, ma‘naviy boyliklar.
O‘quv muassasalarida (maktabgacha ta‘lim muassasalari, umum o‘rta ta‘lim 
maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari) shug‘ullanuvchi o‘quvchi-
yoshlarning(bolalarning) jismoniy tarbiyasi O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimining 
asosiy bo‘limi bo‘lib hisoblanadi.Bu eng katta bo‘lim bo‘lib, bunda o‘quvchi-yoshlar 
(bolalar) bilim tajriba va harakat maxoratini maktabgacha ta‘lim muassasasida, 
umum o‘rta ta‘lim maktabi hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarda 
davom ettirishlari ko‘zda tutilgan, demak, mana shu yillar mobaynida jismoniy 
tarbiyaning muhim harakatlariga ega bo‘ladilar. 
Ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida kishilarning mehnat vazifalari o‘zgarib turadi. 
Bunda jismoniy mehnat kamayib aqliy mehnat ko‘payib boradi. Shu boisdan 
jismoniy tayyorgarlikga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Hozirgi paytlarda gazeta 
sahifalarida tibbiyot hodimlari «gipodinamiya», ya‘ni jismoniy mashqlar, jismoniy 
mehnat, faol harakat insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borganligi haqida 
tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida asr kasalligi yurak tomir 
kasalligining yildan-yilga ortishiga sababchi bo‘lmoqda. 
Shifokorlar fikricha, bu kasallikning oldini olishning zaruriy vositalaridan biri 
ko‘proq harakat qilish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdir hamda 
«
tabiatning 
sog‘lomlashtirish kuchlari
»
dan unumli foydalana olish katta ahamiyatga ega. 
O‘quv muassasalarida jismoniy tarbiyani takomillashtirish, o‘quv tarbiya ishlarini 
yaxshilashning tarkibiy qismi hisoblanadi va «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi 
qonun (1992 yil 14 yanvar), 
«
Sog‘lom avlod uchun
»
istiqbol dasturi (1993 yil), 
«
Ta‘lim to‘g‘risida
»
gi qonun hamda 
«
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
»
(29 avgust 
1997 yil), «Uzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish 
to‘g‘risida»gi farmoni (2002 yil 27 oktyabr) talablarini amalga oshirish uchun o‘z 
xissasini qo‘shadi. So‘nggi yillarda o‘quv muassasalarida o‘quvchi-yoshlar (bolalar) 
jismoniy kamolotga yetishida jiddiy kamchiliklar borligi va o‘quvchi-yoshlar 
(bolalar) hayoti uchun zarur genetik qoidalarni mukammal bilmasliklari, hamda 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida


yetarli bilimga ega emasliklari ma‘lum bo‘lmoqda.O‘quv muassasalarida jismoniy 
tarbiyaning xilma - xil shakllari mavjud. Afsuski, joylarda (maktabgacha ta‘lim 
muassasalarida, umum o‘rta ta‘lim maktablarida (boshlang‘ich, o‘rta sinflarda), 
akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida faqat dars shaklini tashkil qilish va 
o‘tkazish bilan cheklanib qolinmoqda. Bu yesa o‘quvchi-yoshlarning (bolalarning) 
harakatga bo‘lgan talablarini qoniqtirmaydi.Pedagogik kuzatishlarning ko‘rsatishicha 
jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchi-yoshlar (bolalar) hayot uchun zarur 
bo‘lgan harakat faolligini nixoyatda kam qismini oladilar.
O‘zbekiston xalq ta‘limi Vazirligini 1989 yil 30 yanvar, 45 sonli buyrug‘iga 
binoan haftasiga 3 soat jismoniy tarbiya darsini o‘tish mo‘ljallangan edi. Lekin 
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bundan unumli foydalana olmadilar. Bundan tashqari 
darslarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinmasligi (ko‘pchilik bog‘chalarda 
bolalar bilan maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya 
darsini mutaxassis bo‘lmagan o‘qituvchilar tashkil qiladi va o‘tkazadilar): 
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda 
mashqlar tanlanishi natijasida o‘quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat 
malakalarini shakllantirish yetarli darajada emas.Ko‘pgina o‘quv muassasalarida 
o‘quvchi-yoshlarning (bolalarning) jismoniy rivojlantirish uchun zarur va faol dam 
olishga qaratilgan tadbirlar: mashg‘ulotgacha o‘tkaziladigan gimnastika, katta 
tanaffuslarda qiziqarli tashkil qilinadigan harakatli o‘yinlar, mashgulotlar, umum - 
ta‘lim darslar jarayonida o‘tkaziladigan quvnoq daqiqalar va boshqa tadbirlarni 
tashkil qilishga e‘tibor qaratilmay qolmokdi. Natijada shug‘ullanuvchilarning 
jismoniy xatti - harakatlari, faol ishchanligi tez pasayib boradigan bo‘ldi. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan biri - kelajakdagi 
barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qadar bo‘lgan jismoniy sog‘lom va ma‘naviy 
barkamol shaxsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun 
o‘quv ishlarini rejalashtirishda va samarali olib borishda yangicha hamda ijodiy 
qarashimizning lozimligi, ishga tashabbuskorlik bilan yondoshishimiz kerakligi 
ta‘kidlanmokda. Demak, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar hamda akademik 
litsey, kasb-hunar kollej usmirlari jismoniy tarbiya tizimini rivojantirish zarur, 
ularning harakat mahoratini oshirish chora - tadbirlarini ishlab chiqish 
kerak.Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, o‘spirin va o‘smirlar tarbiyasida, 
ularni jismoniy baquvvat, aqlan barkamol bo‘lib yetishishlarida jismoniy tarbiya 
yetakchi rolni o‘ynaydi. 
Bu muammolarni xal yetishda asosiy o‘rin bolalar va kattalar orasida, 
o‘qituvchilar, ota-onalar o‘rtasida organizmni chiniqtirish, gеnetik qoidalari va 
talablarni o‘rgatish va tarbiyalash sog‘lom turmush tarzini tarkib etish egallaydi. Shu 
sababli birinchi navbatdagi vazifa bolalarning har tamonlama to‘liq rivojlanishiga 
yordam beradi salomatligini mustahkamlash, hayotga tayyorlash, foydali mehnatga 
tayyorlash, yetuk shaxs bo‘lishiga hissa qo‘shadi.O‘quvchi-yoshlarni (bolalarni) 


jismoniy tarbiyalashning turli xil shakllaridan foydalanish bog‘chada, maktabda 
nafaqat jismoniy tarbiya mutaxassisi, o‘qituvchisining vazifasi, balki tarbiyachilar 
hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining, bogcha, maktab jamoatchiligining va 
maktab yoshlar uyushmasi faollarining ham bevosita vazifasidir. Ammo ko‘pgina 
ukuv muassasalarda jismoniy tarbiya davlat dasturida ko‘zda tutilganidek tashkil 
qilinmaydi. Buning birinchi sababi maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasiga 
ma‘sul bo‘lganlarning barchasiga jismoniy tarbiya nazariyasiga oid va metodikasiga 
oid bilimlari yetarli emas. Bu muammolarni hal qilishga qaratilgan metodik 
adabiyotlar va qo‘llanmalar ham juda kam. Biz respublikamizning ijtimoiy asoslarini 
mustaxkamlashda, uning barqarorligida, mamlakatimizning ertangi taqdiri bog‘liq 
bo‘lgan jismonan sog‘lom, ma‘naviy jihatdan yetuk yosh avlodni tarbiyalashda 
oilaning muhim o‘rin tutishiga katta ahamiyat berishimiz va amalga oshirishda o‘z 
hissamizni qo‘shishni baxt deb bilamiz. 

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə