Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə2/62
tarix30.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#165396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Surov.
Surov – tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita o’zaro aloqasi davomida birlamchi verbal axborot yigishga yunaltirilgan metod surov anketa yoki intervyu shaklida o’tkazilishi mumkin. Anketa yordamida surov ótkazilganda sinaluvchi yozma savollar­ga, intervyuda esa og’zaki savollarga javob qaytaradi.
Surov quyidagi bosqchlarga ega bo’ladi:
1. «Epigraf». Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yunalishga solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi.
2. «Kursatma». Bunda sinaluvchiga surov jarayonida savollarga qanday javob qaytarish mumkinligini, surov maqsadi, uning kim to­monidan ótkazilayotgani, undan olingan ma'lumotlar nima maqsadda ishlatilishi haqida ma'lumot beriladi.
3. «Surovga moslashish». Bunda sinaluvchi savollarga javob berishga yunaltiriladi, unda o’ziga nisbatan ishonch xosil qilinadi, u bilan o’zaro ishonchga asoslangan munosabat órnatiladi, unda savollarga xar qanday javob qaytarish mumkin, degan taassurot xosil qiladi. Bu­ning uchun surovda dastlab emotsional-neytral, oson, umumiy savollar beriladi.
4. «Maqsadga erishish». Bunda zarur bo’lgan asosiy ma'lumotlar qo’lga kiritiladi. Buning uchun ushbu bosqichda tadqiqotchi uchun ham, sinaluvchi uchun ham muxim bo’lgan savollar beriladi.
5. «Zo’riqishni bartaraf etish». Bunda surovdagi masalalar va sa­vollar xususida, butun surov jarayoni haqida yig’ilgan xissiyotlar bar­taraf etiladi. Buning uchun surov sungida nisbatan oson, ijobiy emo­tsional savollar berilishi, masalan, sinaluvchining ijtimoiy demo­grafik xususiyatlari haqidagi savollar berilishi mumkin.
Sinaluvchiga beriladigan savollar bir-biridan aloxida va ajral­gan emas. Ular yaxlit bir zanjirning xalkalaridir. Surovdagi bir sa­vol keyingisi bilan bog’lik holda idrok etiladi. Shu tufayli quyidagi xolatlarga surov jarayonida aloxida e'tibor berish lozim:
1. Bir savol va unga beriladigan javob keyingi savollarga beri­ladigan javoblarga ta'sir ótkazmasligi kerak.
2. Muayyan savoldan keyingi savol umuman boshqa mavzularga ótib ketgan bo’lmasligi, bir savoldan boshqasiga ótishda mavzu keskin ózgartnrilmasligi lozim.
3. Savollarning tashqi ifodalanishi sinaluvchilarni u bilan ish­lashga jalb eta olishi kerak (simmetrik tugri bulishi, yozuv yoki og’zaki murojaat orqali beriladigan savollar chiroyli va tushunarli bo’lishi zarur).
4. Sinaluvchilarning individual xususiyatlari va surovning uzun­ligi bir-biriga mos bo’lishi (masalan, ota-onalar bilan surov ótkazishda 5-6 savoldan iborat kichik anketalardan foydalanish) zarur.
5. Surov sungida sinaluvchiga nisbatan minnatdorchilik va tashak­kur izxor etilishi - «Javoblaringiz uchun tashakkur», «Yordamingiz uchun raxmat» kabi ifodalarning keltirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə