Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/62
tarix30.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#165396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Sotsiometrik metod yordamida shaxslarning jamoadagi munosabatlari masalasi o’rganiladi. Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik yordami bilan xar bir guruhda bolalarning óz tenqurlari órtasida yuzaga kelayotgan o’zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan mavkelari o’rganiladi. Sotsiometrik metod yordami bilan bolalarning gruppadagi o’zaro munosabatlari quyidagi uslublarda óranish mumkin. Gruppadagi bolalarning xar birini echinish xonasiga chaqirib, unga 4-5 chiroyli qilib ishlangan o’yinchoq ko’rsatiladi (masalan mashina, toycha, ayiqcha, quyoncha, tupponcha kabi) Ana shu óyinchoqlardan bittasini ózingga yoqqanini tanlab olgin va uni gruppadagi eng yaxshi ko’rgan órtog’ingni shkafiga solib quy, deyiladi. Bola bir oz uylanib turgach, yaxshi ko’rgan bolalardan birining shkafiga quyib quyadi. Gruppadagi hamma bolalar bu vazifani bajarib bulgach, eng ko’p sovga kimning shkafiga quyilganligi aniqlanadi. Ana shu malumotlar asosida bolalarning gruppadagi o’zaro munosabatlariga doir sotsiometriya to’ziladi. Shkafiga eng ko’p sovg’a quyilgan bola gruppaning eng sevimli va shkafiga bironta ham sovga quylmagan bola gruppaning inkor qilgan, yani yoqtirmagan odami bo’lib chiqadi. Shunday qilib, sotsiometrik metodni bog’cha yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo’llash mumkin. Har bir tarbiyachi óz gruppasidagi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini kuzatib aniqlash zarur. Shu bilan biralikda tarbiyachida-bolalarga nisbatan individual munosabatda bulishining tug’ri yul-yuriklarini belgilash maqsadida xar bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini aniqlashga intilish lozim.
Tarbiyachi ayni bir vaqtning ózida gruppadagi bolalarning xatti-harakatlari va fel-atvorlarini urgana olmaydi. Shuning uchun ular diqqat etiborlarini bir necha kun davomida u yoki bu bolaga qaratib, uni xar tomonlama chuqurroq o’rganishiga harakat qilishi lozim. Shu narsani esdan chikarmaslik kerakki, bolalarni óranishining qat’iy va konkret maqsadi bulishi kerak.
Bolalarning barcha xususiyatlarini birdaniga órganib bo’lmaydi. Bolalarning extiyojlari qiziqishlari, mayl va istaklari, qobiliyatlari, diqqatlari, nutq hamda tafakkurlarining xususiyatlarini birin-ketin shoshmasdan óranish lozim.
Tarbiyachi kundalik ish sharoitida bolalarni órganar ekan, u kuzatish, eksperiment, yordamchi metodlardan foydalanishi mumkin.




    1. Yüklə 0,88 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə