Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə11/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Farqlanish indeksi o’tirgan holatda tana bo’yi qiymatidan oyoqlar uzunligi qiymatini ayrib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkich erkaklar uchun o’rtacha 9–10 sm, ayollar uchun esa 11 – 12 sm ni tashkil qiladi. Bu indeks qiymati qanchalik kichik bo’lsa, o’z navbatida oyoqlarning uzunligi shunchalik katta qiymatga ega bo’lishi yoki aksincha holat qayd qilinadi.
Ketle vazn – bo’y indeksi:
Vazn (g) / bo’y (sm)
Bu indeksning o’rtacha qiymati erkaklarda 370–400 grammga nisbatan 1 sm ni va ayollarda 325–375 grammga nisbatan 1 sm ni tashkil qiladi. 15 yosh davridagi o’g’il bolalarda esa bu indeks qiymati o’rtacha 325 gramm tana vazniga nisbatan 1 sm, ushbu yosh davridagi qiz bolalarda 318 grammga nisbatan 1 sm ga teng hisoblanadi.
Manuvrie ma’lumotlari bo’yicha skeliy indeksi oyoqlar uzunligini tavsiflab beradi:
SI = (oyoqlarning uzunligi / o’tirgan holatda tana bo’yi) x 100
Bu indeks qiymatining 84,9 gacha bo’lishi oyoqlarning kaltaligidan, 85–89 oraliqda bo’lishi oyoning o’rtacha uzunlikka egaligidan va 90 hamda undan ortiq qiyimatga ega bo’lishi – oyoqlarning meyoridan uzunligidan dalolat beradi.
Tana vazni (og’irligi) voyaga yetgan odam organizmi uchun quyidagi keltirilgan, Berngard formulasi yordamida hisoblab topiladi:
Tana vazni = (bo’y × ko’krak hajmi)/240
Ushbu formula tana tuzilishi xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Agar, hisoblash Brok formulasi yordamida amalga oshirilsa, u holda hisoblash natijalaridan 8% ga yaqin qiymatni olib tashlash talab qilinadi: ya’ni, tana bo’yi100–8%.
W.Stern (1980 yil) tomonidan sportchilar tanasida yog’ qatlamini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.

  • Yog’ qatlamining foiz hisobidagi qiymati = [(tana vazni–tananing quruq vazni)/tana vazni100

  • Tananing quruq vazni = 98,42+[1,082 (tana vazni)–4,15 (bel sohasi aylanasi)]

Lorens formulasiga binoan, tananing ideal holatdagi vazni (M) quyidagicha aniqlanadi:

Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə