Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishini baholash. Tashqi ko’rikdan o’tkazish (somatoskopiya) Ishdan maqsad



Yüklə 4,71 Mb.
səhifə17/44
tarix28.11.2023
ölçüsü4,71 Mb.
#135089
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Amaliy mashg\'ulotlar

Ishning bajarilishi: 1. Odam bosh va orqa miyasining quyidagi shartsiz reflekslari bilan tanishish.
Odamda propriotseptiv reflekslarni kuzatish
Tizza refleksi tizza kosasi tagidagi to’rt boshli mushak payiga sekingina bolg’acha bilan urilganda kuzatiladi va tizza bukilishida aks etadi. Tizza refleksining markazi orqa miya bel bo’limining 3- va 4-segmentlarida joylashgan (18-rasm).

18-rasm. Tizza refleksi
Axill refleksi axill payiga urilganda kuzatiladi. Bunda tovon ko’tariladi. Ushbu refleksning markazi orqa miya dumg’aza bo’limining 1- va 2-segmentlarida joylashgan (19-rasm).

19-rasm. Axill refleksi
Uzunchoq miya reflekslari.
Yutinish refleksi. Ushbu refleksning retseptorlari tilning ildizida – markaziy qismi esa – uzunchoq miyada joylashgan. U refleksning shartsiz ekanligini isbotlash uchun ketma-ket bir necha marta yutinish akti bajariladi. Qo’zg’atuvchi (so’lak) bo’lmasa yutinish harakatini qilib bo’lmaydi. Til ildizi qo’zg’atilsa (eyilmaydigan ovqat bo’lsa ham) yutinish akti beixtiyor amalga oshadi.
Nafas refleksi. Navbatma-navbat nafas olish va nafas chiqarishning va nafasning chuqurligini uzunchoq miya boshqaradi. Tekshiriluvchi ketma-ket va bir necha marta tez nafas olib nafas chiqaradi. Shundan so’ng u birmuncha vaqt nafas ololmaydi (nafasni beixtiyor ushlab turilishi – apnoe ro’y beradi).
Miyacha reflekslari
Romberg sinovi (harakatlar koordinatsiyasini baholash yoki ataksiyani sinash):

  1. Tekshiriluvchi oyoqlarini jipslab, boshini birozgina ko’tarib, qo’llarini yoniga tushirib turadi (odam yiqilib tushishi mumkin, shuning uchun ehtiyot bo’lish talab qilinadi);

  2. Qo’llarini oldinga cho’zadi (avval ko’zni ochib, so’ngra yumib);

  • Muvozanat ushlab turganligini kuzating. Odam normada muvozanatni ushlay oladi (ataksiya sinovi – manfiy).

Murakkablashgan Romberg sinovi:

  1. Tekshiriluvchi oyoqlarini jipslab, boshini birozgina ko’tarib, qo’llarini oldinga cho’zib, barmoqlarini yozadi; so’ng ko’zini yumadi;

2) Tana holatining barqarorligi va uni qancha ushlab tura olishini aniqlang;

  1. Tekshiriluvchi ko’zini ochmasdan bir oyog’ini ko’taradi;

  2. Tana holatining barqarorligi va uni qancha ushlab tura olishini aniqlang;

  3. Agar tekshiriluvchi 15 sek davomida har bir pozada muvozanatni ushlab tura olsa va gavdasi chayqalmasa, qo’li yoki qovoqlari titramasa juda yaxshi. Chayqalganda “qoniqarli” baho qo’yiladi, agar 15 sek davomida muvozanatni yo’qotsa – “qoniqarsiz”.


Yüklə 4,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə