Bolalarda iqtidorining namoyon bo’lishi. Reja



Yüklə 66 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü66 Kb.
#155062
1   2   3
BOLALARDA IQTIDORINING NAMOYON BO’LISHI.

Ijodiy iqtidor. qozirgacha iqtidorlilikni ushbu tipini ajratish borasida baxslar ketmoqda. Bunga quyidagilar sabab bo’lmoqda. Ayrim mutaxassislar ijod kreativlik barcha turdagi iqtidorning ajralmas qismidir deb qisoblaydilar. Masalan, A.M.Matyugikin iqtidorlikning faqat bir ko’rinishi bor - ijodiy: agar ijodiylik bo’lmasa, iqtidor qaqida gapirishdan ma'no yo’q. Boshqalar esa ijodiylikni iqtidorning mustaqil ko’rinishi sifatida borligini tan oladilar. Shu bilan bir qatorda ijodiy yo’nalishga ega bo’lgan bolalar o’qituvchilari va atrofdagilarda samimiy emosiyalarni uyqotuvchi quyidagi qarakterga ega ekanliklarini ta'kidlashadi:
- sharoit va avtorietetga nisbatan befarqlik;
- muqokamalarda qaddan ziyod mustaqillik;
- nozik xazil xissi;
- yaqqol temperament.
Ijtimoiy iqtidor.
Ijtimoiy iqtidor boshqa insonlar bilan konstruktiv o’zaro aloqalarni o’rnata olish qobiliyatida ko’rinadi. Ijtimoiy persepsiya, ijtimoiy xulq, axloqiy muxokama, tashkilotchilik qobiliyati kabi tarkibiy elementlari bor. Ijtimoiy iqtidor bir necha soqalarda muvaffaqiyat qozonishni ta'minlaydi. U boshqalarni tushunish, sevish, qamdardlik qilish, umuman olaganda yaxshi psixologik, pedagogik, ijtimoiy xodim bo’lish uchun zarur bo’lgan sifatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Demak, ijtimoiy iqtidor o’zaro shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’ladi. Ijtimoiy iqtidorning bir ko’rinishi liderlik iqtidoridir. Liderlik iqtidorning ko’pgina xususiyatlari bor:
- o’rtadan yuqori intellekt;
- qaror qabul qilish ko’nikmasi;
- mavxum tushunchalar bilan ishlash, kelajakni ko’ra bilish, vaqtni taqsimlay olish malakasi;
- maqsadni aniqlash;
- egiluvchanlik, moslashuvchanlik;
- ma'suliyat xissi;
- o’ziga va bilimiga ishonch;
- qat'iyatlilik;
- tashkilotchilik;
- fikrni aniq bayon etaolish.
Ushbu iqtidor turli qar kimning individual xususiyatlardan kelib chiqib turlicha namoyon bo’ladi.
A.M.Matyugikin bolalar iqtidorini tadqiq qilish tarixi
50 yillar o’rtalarida AqSh da talant va iqtidor psixologiyasini tadqiq qilish ancha keng tarqaldi. Bolalar talanti va iqtidori bo’yicha jaqon ittifoqi prezidenti X.Passov VII - Xalqaro konferensiyada ta'kidlaganidek, jamiyat qamisha iqtidorli, talantli odamlarga eqtiyoj sezganiga qaramay faqatgina XX asr o’rtalarida ushbu muammo psixologik nuqtai nazardan tadqiq qilina boshlandi. Bunga 2 ta omil sabab bo’ladi: talantning tabiati, uni rivojlanishini ta'minlovchi sharoitlar qaqida psixologik ma'lumotlarni qo’lga kiritilganligi va ilmiy texnologiyaning o’sishi. 1949 yilda Janubiy Kaliforniya Universiteti qoshida tashkil qilingan shaxsni o’rganish instituti talant va iqtidor muammosini tadqiq qilishni boshlab yubordi. Yosh olimlar guruqi - Dj.Gilford, P.Terrens, F.Barron, K.Teylor va boshqalar qator yangi tadqiqot proektlarini boshlab yubordi va fanda yangi konsepsiyalarni yaratdilar. Ushbu olimlar o’zlarining dastlabki tadqiqotlarida asosan ijodkor shaxslarni kuzatish, ular bilan suqbatlashish, dam olish orqali ular qaqida ma'lumot yiqganlar (F.Barron, 1965). Tadqiqot davomida ilmiy stereotiplar, muqokamalarni
engib o’tishga qarakat qildilar. Iqtidorlikni "epimtoid tipning nasliy degenerasiyasi simptomi" sifatida qarovchi tasavvurni yengib o’tish eng muqim vazifa edi (Ch.Lombrozo, 1891). Bunga XX asrning boshlarida 30 yil vaqt sarf bo’ldi.
Stenford-Bine shkalasi baqolari bo’lmish originallik, notiqlik, maqsadga intiluvchanlik, masalalarga sodiqlik, ijodiy tafakkur, senzitivlik bilan mos kelmaydigan, korrelyatlanmaydigan faktorlarni tushuntirib beruvchi iqtidorlik modelini yaratish zarur edi. Tadqiqotchilar oldida turgan vazifalardan biri asosiy psixometrik faktorlarni inkor etish yoki uning psixik tabiatini tushuntirish edi (G.Ayzenk, E.Torndayk, L.terstoun, Dj.Gilford, Xoupfner). 50 yillarning oxiri 60
yillarning boshlarida psixologik amaliy topshiriqlar va maktab raqbariyatining bosimi ostida qoldi, ular iqtidorli bolalarning imkoniyatlarini to’liq amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan sharoit va dasturlarni yaratishni talab etdilar. Bu esa o’z navbatida katta ma'suliyatni talab etadi. 70 yillarning boshlariga kelib individual farqlarni o’rganuvchi bo’lim amaliy fanga aylandi. Tadqiqotlar ta'lim soqasida olib borila boshlandi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko’ra iqtidorli shaxslar aytarli darajada bo’lib chiqdi (20%ni). P.Torrens ma'lumotlariga ko’ra maktab o’quvchilaring 30% iqtidorli va yuqori iqtidorli bolalar tashkil qiladi. 70 yillarning oxiri 80 yillarning boshlariga kelib psixologiyada yangi soqa -talant psixologiyasi vjudga keldi (T.Nyulend, X. Passov, D.Denzulli, Tannenbaum, Volvill, Djenes va
Robinson va boshqalar). Dj.Gilford ishlarining ko’rsatishicha, ko’pgina iqtidorli va talantli bolalar matab oxiriga kelib o’zlarining iqtidorini kattalardan yashirishga majbur bo’lganlaridan qattiq deprissiyani xis qiladilar. S.Maylz, S.Ladjoul va shora tadqiqotlarining ko’rsatishicha, iqtidorli bolalar orasidagi o’zini-o’zi o’ldirish tengdoshlarinikiga qaraganda 2,5 barobar ko’p uchraydi. Iqtidoli bolalar differensial ta'limning mavjud emasligidan, maktablarning o’rtacha o’quvchilarga yo’nalganligidan, dasturlarni yaxshi ko’rib chiqilmaganidan iqtidorli bolalar diskrimenasiyani qis qiladilar degan edi S.Marlend o’zining AqSh da qilgan nutqida (1972). Iqtidorli va talantli bolalar maktabining tashkil bo’lganiga ko’p yil bo’lganiga qaramay pozitiv qoyalar uchun ko’pgina omillar qalaqit berdi.
O’qituvchilarning psixologik tayyor emasligi, iqtidorli bolalar bilan ishlashni bilmasligi ko’pgina * keltirib chiqardi, ular bolalarni o’zboshimcha, qaysar, injiq, namoyishkor deb baqoladilar. Psixologlarning fikricha bunday baqo o’qituvchini iqtidorli bola shaxsini noadekvat tushunishi deb ta'kidlandi. P.Torrens tadqiqotlarining ko’rsatishicha iqtidorli bolalar tezda o’zlarining ilgarigi qolatiga kelib qoladilar va bu o’quvchilar tomonidan qaysarlik, dangasalik deb baqolanadi. D.Vebb, E.Mekstrot, S.Tolanlarning fikricha, qiyinchilik aynan bola o’zi mustaqil
ravishda nega boshqa bolalar bemalol bajarayotgan ishni u qilaolmayotganini tushunmaydi. Intellektning ijodiy tafakkur diverensiyasi sifatida namoyon bo’lishi kattalar tomonidan ko’pgina oqishish deb baqolanadi. Iqtidorli bolalar 2-3 soatni maktabda o’z intellektlarini niqoblagan qolda yurishga to’qri keladi. Iqtidorli bolalar o’z tengdoshlariga qaraganda ijtimoiy moslashuvning dastlabki bosqichi bosib o’tadilar; shsmirlik davrida konformizmni fazasi o’zgartirib ayrim guruqiy normalar, avtoritar liderliklarga qarshilik ko’rsata boshlaydi. Bunday bolalar L.Kolberg bo’yicha ijtimoiy moslashuvning 3 bosqichiga tezda yetib keladilar va ichki lokus nazorat yetakchilik qilib xulq-atvorning konkensial shakli ko’rinadi. F.Galton va R.Kettellning izidan borib zamonaviy tadqiqotchilar yangi metodikalar yordamida iqtidorli bolalar tengdoshlari bilan muloqotdagi qiyinchiliklarni ko’rsatib berdilar (V.Boreson, Smit). Bu va boshqa ma'lumotlar AqSh da o’qituvchilar, maktab raqbariyati, iqtidorli boalarning ota-onalari orasida ijtimoiy qarakatni yuzaga keltirdi. 70 yillarning oxiriga kelib xususiy maktablar bilan bir qatorda davlat maktablarida qam differensial ta'limga e'tibor berila
boshlandi. Sifatli darsliklar, vositalar yetishmasligiga qarmay aytarli o’zgarish amalga oshirildi. R.Rodjersning "agar biz jamiyatda taraqqiyot uchun ozgina o’zgarish qila oladigan insonlarga ega bo’lmasak, biz qalok bo’lishimiz mumkin, bu ijodiylikning yo’qligi uchun to’lagan tavonimiz bo’ladi" degan so’zi mashqur bo’lib ketdi. 80 yillarning boshlariga kelib dunyoning 7 mamlakatida iqtidorli bolalarni asosiy xususiyatlarini o’rganish va kelajakdagi xavfni oldini olish uchun xalqaro proekt amalga oshirildi. AqSh da iqtidorli o’smirlarni liderlikka o’rgatuvchi maxsus kurslar tashkil qilindi (D.Feldxoyusen, V.Richardson, D.Siks va boshqalar). Iqtidorli bolalar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilmoqda. AqSh, kanada va qator Yevropa mamlakatlarida o’quvchilarning individual kognitiv xususiyatlarini inobatga oluvchi maxsus maktablar tashkil qilindi. Bu borada qozirgi kunda qam qator ishlar amalga oshirilmoqda.
P.V.Tyulenev tadqiqotlarining xulosalari "Intellektual taraqqiyot metodlari"
P.V.Tyulenovning iqtidorlilik bo’yicha tadqiqotlaring maqsadi: ". . . ota-onalarga o’z bolalarini iqtidorli qilishga, ushbu iqtidorni saqlab qolish va qaqiqiy talantga aylantirishga yordam berishdir!". Iqtidorli bolalar tabiatan sirli va zidiyatli. Ammo, ushbu muammoni qal qilish bolaning kelajagini belgilab beradi. Ota-onalar qaqiatni bilishlari zarur. Nima uchun ayrim psixologlar barcha bolalar tabiatan iqtidorli desalar, ayrimlari faqat tanlab olingan bolalar talantli va iqtidorlidirlar deb ta'kidlaydilarq Ushbu baxslar uzoq yildan beri davom etadi. 1989-1990 yillardan so’ng bizning metodikalarimizda "o’qish, sanash, yozish"
paydo bo’lganidan so’ng ko’pgina radikal o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu iqtidorlilik qaqidagi an'anaviy tasavvurlarlarni buzib tashladi. Bugungi kunda aytish mumkinki, barcha bolalar iqtidorlidir, lekin ularni qobiliyatlarini to’qri amalga oshirish darkor. Bunday imkoniyatlarni ochish uchun iqtidor va talant qaqidagi an'anaviy yondoshuvlardan voz kechish lozim. Tadqiqot xulosalari:
1. Iqtidor eng avvalo tarbiya metodiga boqliq. Ayrim o’qituvchilarning o’quvchilari yaxshi o’zlashtirsalar, ayrim o’qituvchilarning o’quvchilari buning aksidir, bu esa o’qituvchining ta'lim metodi va texnologiyasiga boqliq. Shuning uchun bolalar aqliy iqtidorini oshiruvchi maxsus metodlarga ega bo’lgan o’qituvchilarni tanlab olish kerak. 2. Iqtidor moddiy ta'minotga boqliq emas. Bu ma'lum fakt bo’lib, psixoginetiklarning doimo o’ylantirib kelgan. Aytaylik, barcha narsa genlar bilan boqliq bo’lganida bolalr o’z ota-onalarining qam jismoniy, qam intellektual klonlariga aylangan bo’lar edilar. Ammo, turli sabablarga ko’ra, bunday qolat kuzatilmaydi. qar soqada yutuqqa erishgan inson qam biladiki, oilaviy tarbiyada qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Aksincha kam ta'minlangan oilalarda ko’pincha geniylar dunyoga keladi.
3. Iqtidoringa boqliq emas. Ko’pincha, geniallik genlarga boqliq bo’lmaydi, faktlarning guvoqlik berishicha, geniylarning oilasida oddiy bolalar dunyoga kelishi mumkin. Bunga qozirgi kunda qam fan taraqqiyotining dastlabki kunlarida qam qator misollar bo’lgan. Yulduzli oilalarda oddiy bolalar voyaga yetganidek, oddiy oiladan chiqqan bollar o’zlarining iqtidori, talanti orqali jamiyatda o’z mavqeiga ega bo’lganlar. Eski an'anaviy qarashlar tarbiyachilarimizning fikrlashicha o’z ta'sirini o’tkazadi. Shuning uchun qam ular iqtidorli bolalarni tarbiyalay olmaydilar: bu ularning dunyoqarashiga zid. qachonki ota-onalar bu qaqiqatni tushunib yetsalar o’z farzandlarining qobiliyatlarinirivojlantirib, ularning iqtidorini qimoya qilgan bo’ladilar.Albatta, ayrim fikrlarni inkor etish mantiqsizlik. Aytaylik butun boshli "Sheremetevo" aeroportini qurishga yetarli qurilish ashiyolaringiz bo’la turib o’quvsiz tadbirkor ularning barini sarflab ombor qam qura olmasligi mumkin. Ko’rinib turibdiki genotip bilan birga boshqa ta'sirlar
qam muqimdir. 60-90 yillar oraliqida aqsh klinikasida bir necha o’n ming vaziyatlar kuzatilib, bolaning 1 yosh ligida neyronlar soni 30%ni keyinchalik esa generasiya ya'ni "yuvenial kletka" deb nomlanuvchi bosh miyaning asosi xisobiga 1,5 barobar ortadi. Ya'ni, 1 yoshli bolaning qayotida ajabtovur narsalar sodir bo’ladi. Kattedj qurish vaqtida qurilish materiallarining 3 dan 1 qismini o’qirlashsa va so’ng "qurilish brigadasi"ning o’zi "ichki zaxiralari" qisobiga sizga dastlabki qurilish materiallaridan ko’ra 1,5 barobar qurilish materiallarini keltirib, sovqa qilsa nima degan bo’lar edingizq Bu yerda darxol yangi "arxitektor" qidirilib, uyning o’rniga saroy quriladi. Miyaning bunday arxitektori pedagog qisoblanadi.



Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə