Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda ijodkorlikni rivojlantirish mundarija kirish


Tayyorlov guruhlari bolalarini maktabga tayyorlashda ijodkorlikni rivojlantirish usullarini shakllantirish



Yüklə 318,57 Kb.
səhifə5/6
tarix26.10.2023
ölçüsü318,57 Kb.
#131340
1   2   3   4   5   6
Bolalarni maktab ta\'limiga tayyorlashda ijodkorlikni rivojlantirish

2.2 Tayyorlov guruhlari bolalarini maktabga tayyorlashda ijodkorlikni rivojlantirish usullarini shakllantirish.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan,


1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik o‘rni belgilab olindi
2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida:
 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
 maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari;
 maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
 maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib,
I bobda MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim tashkilotlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim tashkiloti Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Davlat o‘quv dasturidaMTTningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.
 bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
 maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
 bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
 bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II bob MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni:
-MTT ta’lim jarayonining maqsadlari
-MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
-Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
-Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati
-Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Davlat dasturida MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
 bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
 ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
 bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
 bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
 o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
 bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
 bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
 MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
 milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
 ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkilot borasidagi fikrlarini hisobga olish;
 ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
 ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
 ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
III bob Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
 «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
 «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
 «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari  «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
 «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI bob O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bunda:- MTTlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
V bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTT pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2 (3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
VI bob Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktabgacha ta’limtashkilotidaquyidagi mazmunda: -ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi, -madaniy-tarixiy qadriyatlar: -milliy va mintaqaviy an’analar; -tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi yoritiladi;
VII bob. Ilovalarni o‘z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo‘llashning mazmun va moxiyati yoritib beriladi. Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar. Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi:
 maqsadli– bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;
 mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;
 tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.
Ilk qadam - Maktabgacha ta'lim tashkiloti Davlat o’quv dasturi O’zbеkiston Rеspublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan mе‘yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o`quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy qoidalari ifodalangan, shuningdеk, bolaning ta'limning kеyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompеtеntsiyalari bеlgilangan .
Haqiqatan ham ta‘lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib bormoqdaki, 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangidan yangi talablar qo’yilmoqda. Ilgari bolalar maktabga chiqib, alifboni o’rgansalar, hozirgi bolalar bog’cha davridanoq o’qish ko’nikmalarini bilishi maqsadga muvofiq etib belgilandi. Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo`rlik qilish, erkin ijodiy o’z-o’zini ko’rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko`zda tutadi. Shu sababli, rеjalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pеdagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Pеdagog bolani va uning o’zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko`rish, qo’llab-quvvatlash, rivojlanish yo’llarini bеlgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistеmatik kuzatib boradi. Pеdagogik kuzatuvlar asosida ta'lim faoliyatini rеjalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun Ozbеkiston Rеspublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar olingan (malaka va ko’nikmalar).
Bolaning rivojlanish xaritasi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‗lgan davrni o`z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to`ldiriladi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi to`ldiriladi. Maktabga tayyorlik dеganda bolada umumiy kompеtеntsiyalarni va rivojlanish sohalari kompеtеntsiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir bitiruvchisi uchun to`ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning bеshta sohasi ya'ni bola kompеtеntsiyalari bo`yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning umumiy muhum kompеtеntsiyalari quydagicha bo`ladi:
Kommunikativ kompеtеntsiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‗nikmasi.
O’yin kompеtеntsiyasi – bolaning o‗yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko`nikmalardan ijodiy foydalanishi. O’quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompеtеntsiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tеngdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va mе'yorlariga rioya qilgan qolda o’zini tutish maqorati.
Bilish kompеtеntsiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‗nikma, malaka va qadriyatlardan o‗quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish kabilardir .
Maktabgacha yoshdagi bolaning umumiy kompеtеntsiyalaridan kеlib chiqqan holda 6 yoki 7 yoshli bola quyidagilarni bilishi kerak:
— ismi, familiyasi, otasining ismi;
— yoshi, tug‗ilgan yili va oyi;
— ota-onasi, ularning kasblari haqida tushunchaga ega bo’lishi;
— oila a‘zolarining ismini bilishi;
— yashash manzili, uy raqamini ayta olishi;
— ranglar va ularni buyumlarga qiyoslashi;
— liboslar, oyoq va bosh kiyimlarini bilishi, ularni farqlashi;
— kasblar hamda sport turlari haqida ma‘lumotga ega bo’lishi;
— transport vositalarining nomini bilishi va ularni farqlashi;
— xalq ertaklarini ayta olishi;
— milliy qahramonlarimiz haqida tushunchaga ega bo’lishi lozim.
Bundan tashqari, maktabga tayyorlanayotgan bola ko’cha va jamoat joylarida o’zini tutish qoidalarini bilishi kerak. Bolaning nutqiy rivojlanish bosqichlarida yozma va og’zaki nutq muhimdir. Maktabga tayyorlov guruhidagi bola:
— hamma tovushlarni to’g’ri va to’liq talaffuz qila olishi;
— so’zdagi tovush ohangini aniq ayta olishi;
— tovushni gapning qaysi qismida (boshi, o’rtasi va oxirida) kelayotganini bilishi; — so‗zlarni qarsak chalib, bo‗g‗in yordamida talaffuz qilishni bilishi;
— harflarni talaffuz qilish va tanish;
— umumlashma so‗zlarni aytish va ajratish;
— savol berish va unga javob berish;
— berilgan rasmga qarab gaplar tuzish;
— berilgan 5–6 ta so‗z ishtirokida gap tuzish
; — matnlarni ajratish (hikoya, she‘r, ertak); — topishmoqlarning javobini topish, jumboqlarni yechish. — 0 dan 9 gacha bo‗lgan raqamlarni bilishi va ajrata olishi; — raqamlarni to‗g‗ri va teskari sanay olishi;
— quyidagi belgilarning «Q», «–», «q», «>», «3);
— geometrik shakllarning nomini bilishi (aylana, to’rtburchak, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, oval, romb);
— buyumlarning katta-kichikligi, shakli, rangini taqqoslay olishi;
— mo’ljal nomlarini aytib, ko’rsata olishi (tepaga-pastga, chapga-o’ngga, tagi-usti, oldi-orqasi).
— qalam, ruchka, cho’tkani qo’lda to’g’ri ushlay olish;
— geometrik shakllarni yig’ish;
— geometrik shakllar, hayvonlarning oddiy tasvirlarini chiza olish;
— rasmlarni chegarasidan chiqarmagan holda bo’yay olish;
— qog‗ozdagi shakllarni to’g’ri va aniq qirqa olish;
— loy va plastilindan turli narsalarni yasash;
— rangli qog‗ozlardan turli applikatsiyalarni bajarish, qirqish, yozish va hokazolarni bilishi lozim.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi bolalarning maktabga tayyorgarligiga oid mazkur xarita ta‘lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlash, pedagoglarning professional malakasini oshirish, ta‘lim jarayoni holati sifatini boshqarish imkonini beradi.
Davlat o’quv dasturi O‗zbеkiston Rеspublikasi hududida joylashgan quyidagi ta‘lim tashkilotlarida qo’llash uchun majburiydir: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida,,maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat tashkilotlarida, maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan ‘’Mеhribonlik’’ bolalar uylarida, maktabgacha va boshlang’ich ta;limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida qo’llaniladi
Farzandimizning maktabda qanday o‘qishi, maqsadlar bilan kamol topishi ko‘p jihatdan maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi tarbiyaga bog‘liq. Ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha axborotning 70%ni 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olishi aynan bola shaxsining rivojlanishi maktabgacha ta‘limning o‘rni nechog‘li muhimligidan dalolat beradi. Shu maqsadda maktabgacha ta‘lim tashkilotiga ―Ilk qadam‖ Davlat dasturi joriy etildi. Dasturning ahamiyati shundan iboratki, u o‘z ichiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab olgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda ―Ilk qadam‖ dasturining ahamiyati shundan iboratki, u bolaga o‘z-o‘ziga ishonch, mustaqil fikrlash, ijod qila olish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kattalarga bo‗lgan hurmat kabi xislatlarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu dastur amaliyotga joriy etilishida ilg‘or texnologiyalar jumladan, Korea texnologiyasi, shuningdek jahonning eng ilg‘or pedagogik texnologiyalarini o‗rganib maktabgacha ta‘lim mashg‗ulotlariga tadbiq etish bugungi kun tarbiyachisiga katta mas‘uliyat yuklaydi. Pedagoglarni malakasini oshirishda jahon andozalariga mos yangiliklarni o‘z vaqtida o‘zlashtirish va uni pedagogik jarayonda uzviy qo‘llash ―Ilk qadam‖ dasturining asosiy negizi hisoblanadi.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4- sonli hay‘at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. Maktabgacha ta‘lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTT davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me‘yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta‘lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta‘limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari, maktabgacha ta‘lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari; maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari, maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari qo‘llash uchun majburiy deb hisoblandi.
Mazkur dasturning 6-bobida keltirilgan ―Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish‖ qismida bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi. Unga ko‘ra;
-maktabgacha ta‘lim tashkilotining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an‘analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi;
-muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozimligi to‘g‘risidagi mazmun bilan to’ldirilgan.
Bolaning dunyoqarashini shakillantirish uchun muhim omillardan biri hisoblangan madaniy-tarixiy qadriyatlar:milliy va mintaqaviy an‘analar bilan reja asosida olib borishni tashkillashtirish, shuningdek, axborot texnologiyalridan foydalanish orqali qo‘shni viloyatlarni madaniy meroslari aks ettiruvchi audio-vediolar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali tarbiyalanuvchi bola milliy qadriyatlar, tarixni anglash, tarixdan g‘ururlanish kabi tuyg‘ularga ega bo‘ladi.
«Ilk qadam» dastur nomining falsafiy mazmuni - bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go'zallik, yaxshilik, samimiylik - milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari.
Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san'atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan.
"Ilk qadam” dasturiga binoan maktabgacha ta'lim tashkilotining turli yosh guruhlaridagi: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish-yasash, konstruksiyalash+matematika», «San’at» «Syujet-rolli o'yinlar va sahnalashtirish» faollik markazlari, bolalarni dialogik va monologik nutqini rivojlantirishga, jamoa bo'lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl va vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san'at va madaniyatga qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan.
Bu boradagi kuzatishlar va ularning tahlili, katta yutuqlar bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqlashga va asosli ba'zi taklif lar kiritishga bizga imkon berdi.
Respublikada maktabgacha ta'lim tizimi bo'yicha qabul qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam" tayanch dasturi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdek zarur ishni ta'minlaydi. Ya'ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning bolalar yosh xususiyatlari hisobga olingan umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasida izchillikni ta'minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabdagi taTim-tarbiya vazifa, shakl hamda metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida o'zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab izchilligi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'lim-tarbiyaviy jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy darajasiga erishish uchun maktabga qo'yiladigan talablarga yo'nalganligi;
- Bola shaxsini boshlang'ich ta'lim maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish.
Bunda asosan maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabdagi pedagogik jarayonda ta'lim-tarbiyaning shaxsni uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta'minlovchi yaxlit, dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab o'rtasidagi izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va 1-sinf bolalalariga ta'lim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi, Shunga ko'ra maktab ta'limining yangi sharoitlariga o'tish bola uchun sezilarsiz bo'lgan psixologik qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy kirib borishlari ta'minlanadi, bu esa o'quvchilarga maktabga birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta'lim-tarbiya berish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktabdagi butun pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo'nalaganligi ular o'rtasida ta'lim-tarbiya izchilligiga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va kattalar va tengqurlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakllari, ma'naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang'ich sinflarda amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning o'quvchilarda rivojlantirishdagi ma'naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va munosabatlarning zamini hisoblanadi.
Maktab - maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan jamoatchilikxususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratadi, o'quvchi shaxsi jamoatchilikga yo'nalganligini qaror toptirishni ta'minlaydi. Maktab o'quvchilarda yuksak insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik, mehnatsevarlik va milliy istiqlol g'oyalari, o'z vatani oldidagi o'z burchlarini his etish kabi hissiyotlar tarkib toptiriladi. Bularning asosini maktabgacha yillarda shakllantirilgan ota-onaga, oilaga muhabbat, kattalarga hurmat, tabiatni sevish, uni asrash kabilar tashkil etadi.
Maktab ta'limida bolalarning estetik tarbiyasiga doir ishlar davom ettirilib, o'quvchilarda estetik tasavvurlar, voqelikni estetik ko'ra bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa, tasviriy san'at darslarida, badiiy faoliyat turlarida amaliy ko'nikmalar takomillashtiriladi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Mehnat ta'limidagi izchillik amalga oshiriladi, mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni yangi psixologik mavqelarini yaratishdan iborat bo'lib, uning xususiyati guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatii bo'lgan kelajakda maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari, qiziqishlari, mtilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar undan bolalar jamoasining umumiy maqsad - maktabga puxta tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar.
Tayyorlov guruhiga o'tish bolalarda yangi holat - kattaliklarini anglashlariga asoslangan "yetuklik" hissiyotini yaratadi. Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning katta ekanliklaridan faxrlanish, o'quvchi bo'lishga intilish, xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik hissini tarkib toptiradi.
"Ilk qadam" dasturida belgilab qo'yilgan ijtimoiy-hissiy rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o'z fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlasha olish, hissiy kechinmalarni so'z bilan ifodalashi, jamoada o'zini tuta bilishi, o'zini shaxs sifatida anglashi, o'zini hurmat qilishi, qadr-qimmatini bilishi, "men" konsepsiyasi, kattalar yordamida kamchiliklarini bartaraf etish kabilar psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarda o'zidan kichiklarga g'amxo'rlik hissi jadallik bilan rivojlanadi. ular uchun sovg'alar tayyorlash, "konsertlar" uyushtirish, birgalikdagi o'yin faoliyatlari bo'lajak o'quvchi uchun katta ahamiyatga ega. Bu ishlar bo'lajak o'quvchining ma'naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy xislatlari - xayrixohlik, saxiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib toptiradi.


Xulosa
Ushbu kurs ishimizdan shunday xulosa qilamizki, Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli, aniq belgilangan chora- tadbirlar amalga oshirib borilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda faoliyat yuritib borayotgan barcha ta`lim tashkilotlarida, ayniqsa, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilab borishga Prezidentimiz Shavkat Miromovovich Mirziyoyev tomonlaridan katta e`tibor qaratilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarnini ijodiy faoliyati haqida so'z borar ekan, ushbu yoshdagi bolalarning Ijodiy faoliyatini to'g'ri tashkil etish va loyihalashtirish juda muhim hisoblanadi. Hozirgi globallashuv davrida innovatsiyon texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda bolalarning fikrlash doirasi hamda ularning ijodiy qobiliyatlari ham kengayib bormoqda. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari va fikrlashlarini rivojlantiruvchi bir qator yangi dasturlar joriy etilmoqda. Jumladan: Mental arifmetika san'at va aql idrokni rivojlantiruvchi dasturdir. Ushbu dastur yordamida bolalar nafaqat o'qishda muavaffaqiyatga erishadilar, balki hayot motivatsiyasiga ega bo'lib, ijodiy qobiliyatlari kengaymoqda. Mnemonika usuli ham tezkor xotira va ijodiy fikrlash tezligini rivojlantiruvchi dasturdir. Zamonaviy ota-onalar va o'qituvchilar o'zlariga birinchi navbatda bolani ijodiy rivojlantirish vazifasini qo'yadilar. Bunday qobiliyatlarni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi. Shu sababli, ko'pincha o'quv dasturlarida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun TRIZ dan foydalanish va shu jarayonga asoslangan mashg`ulotlarni tashkil qilish muhim bir jarayon bo`lib hisoblanmoqda. Ushbu tizimga asoslangan o'yinlar va vazifalar faol ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, bolalar va kattalar uchun ijodiy shaxsni shakllantirish jarayonini yanada hayajonli qiladi. Yuqorida aytilganlarning barchasidan xulosa qilishimiz mumkinki, maktabgacha yosh ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va ijodiy faoliyatni tashkil qilish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi. Ijodiy qobiliyatlarning tarkibiy qismlari masalasi bo'yicha turli nuqtai nazarlarni tahlil qilgandan so'ng, xulosa qilishimiz mumkinki, ularni aniqlashga bo'lgan yondashuvlar farqiga qaramay, tadqiqotchilar bir ovozdan ijodiy tasavvur va ijodiy fikrlash sifatini ijodiy qobiliyatlarning muhim tarkibiy qismlari sifatida ajratib ko'rsatishadi. Shundan kelib chiqib, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash mumkin
• tasavvurni rivojlantirish;
• ijodkorlikni shakllantiruvchi tafakkur sifatlarini rivojlantirish.
Bolalarning ijodiy rivojlanishining muhim sabablaridan biri ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdi. Pedagoglarning vazifasi bolani yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalash ekan nafaqat bolaning ijodiy faoliyatini to'g'ri tashkil qilishimiz kerak balki bolaning butun hayoti davomida juda muhim hisoblangan ta'limiy faoliyatni ham , o'yin faoliyatini ham , mehnat faoliyatini ham to'g'ri tashkillashtirib , loyihalashtirishimiz lozim. .Zero biz bolalarga o'rgatayotgan har bir soha bilimlari "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari"da belgilab qo'yilganidek bolalarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib voyaga yetkazib , kelgusi hayotida o'z o'rinarini topishlariga zamin yaratadi.



Yüklə 318,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə