Qisqacha izohli lug’at (glossariy) Tokarlik stanogi



Yüklə 29,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü29,5 Kb.
#133511
Mavzu bo\'yicha glossariy


QISQACHA IZOHLI LUG’AT (GLOSSARIY)


Tokarlik stanogi - Ko’ndalang kesimi doiraviy bo’lgan buyumlarga kesib ishlov beradigan stanok.
Freza - Materiallarga kesib ishlov beriladigan ko’p tig’li kesuvchi asbob
Frezalash stanogi - Zagatovkaning ilgarilama xarakatida metall buyumlarga freza yordamida kesib ishlov berish stanogi
Keskich - Kesuvchi Asbob
Keskich bloki - Ko’p keskichli tutqich yo’nib kengaytirish yoki karusel stanoklarida teshiklarni kengaytiradigan kesish asbobi
Keskich tutqich - Metal kesish stanoklarining keskich o’rnatiladigan va mahkamlanadigan moslamasi
Opravka - Metal kesish stanoklarida ishlov berishda kovak buyumlar yoki asboblar qisib mahkamlanadigan moslama
Parma - Metall materialdan teshik ochishda hamda ishlov berishda ishlatiladigan kesuvchi asbob
Parmalash - O’z o’qiga nisbatan aylanma va ilgarilanma harakat qiluvchi parma yordamida teshik ochish yoki chuqurcha o’yish
Parmalash Stanogi - Metall materiallardan tayyorlangan zagatovkalarga teshiklar ochadigan stanok
Patron - Metal kesish stanoklaridagi zagatovkalar yoki asboblar mahkamlanadigan moslama
Sandon - Statsionar tayanch temirchilik asbobi
Stanok - Turli materiallarga ishlov beradigan mashina
Support - Kesish asboblari yoki buyumlarni ishlov berishda mahkamlash va surish uchun xizmat qiladigan stanokning asosiy ish qismi
Termik ishlov - Metallarga issiqlik ishlovi berish
Zagatovka - Keyinchalik ishlov berib tayyor buyumlar olinadigan chala mahsulot
Sharnir - Faqat umumiy o’q yoki nuqta atrofida aylana oladigan detallarning qo’zg’aluvchan birikmasi
Shevinglash - Tishli va chervyak g’ildiraklarning yon sirtlariga pardozlab ishlov berish
Shkiv - Tasmali uzatma yoki kanatli uzatma detali
Shtangensirkul - Chiziqli o’lcham (chuqururlik, diametr, uzunlik) lar o’lchanadigan yoki belgilanadigan asbob
Rezьba - Aylanish jismlari sirtlarida vint chizig’i bo’ylab ketma-ket joylashgan ariqcha va bo’rtmalar.
Nakatka - Dumalatib ishlov berish. metallarga ular ustida dumalovchi asbob yordamida tashqi qatlamlarini plastik deformatsiyalab ishlov berish
Yüklə 29,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə