Tishli uzatma va uning parametrlari Reja Tishli uzatma



Yüklə 60,46 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü60,46 Kb.
#162261
  1   2   3
maruza oripov 8


Tishli uzatma va uning parametrlari
Reja


  1. Tishli uzatma 



  1. Tishli uzatmalarning kamchiliklari



  1. Tishli tasmali uzatmalar


Tishli uzatma — aylanma harakatni ilgarilama harakatga yoki aksincha aylantirib beradigan, yo boʻlmasa, aylanma harakat uzatadigan 3 zvenoli mexanizm. Uning 2 zvenosi qoʻzgʻaluvchan tishli gʻildirak (shesternya) dar (yoki shesternya va reyka)dan iborat boʻlib, qoʻzgʻalmas zveno (korpus) bilan aylanma yoki ilgarilama harakat uzatuvchi juftlikni hosil qiladi. Tishli uzatmaning silindrik, konussimon, gipoid, toʻlqinsimon va boshqa shaklli turlari boʻladi. Koʻpgina mashina va mexanizmlarda tashqi ilashishli, yaʼni tishlari tashki sirtiga oʻyilgan Tishli uzatma, kamdankam hollarda ichki tishlashishli (gʻildiraklardan birining ichiga tishlar oʻyilgan) Tishli uzatma ishlatiladi.
Kichik va oʻrtacha tezliklarda, ochik, holda yoki tezliklar qutisida ishlashi uchun toʻgʻri tishli; oʻrtacha va yuqori tezliklarda, muhim uzatmalarda foydalanish uchun qiyshiq tishli; ogʻir ishlarni bajaradigan mashinalarda katta moment va quvvatlarni uzatish uchun shevron tishli; evolventa ilashishli; barcha muhim konussimon Tishli uzatmalar uchun doiraviy tishli gʻildiraklardan foydalaniladi.
Tishli uzatma mexanik uzatmaning eng samarali va keng tarqalgan turi. Ular juda kichik kVt dan bir necha ming kVt gacha quvvatni amalga, grammning bir necha ulushidan 10 MN (1000 t kuch) gacha aylanma kuchni uzatishda qoʻllaniladi. Tishli uzatma boshqa uzatmalarga qaraganda ixcham, f.i.k. yuqori, koʻpga chidamli, valga kam yuk tushishi bilan farq qiladi. Ish vaqtida shovqin chiqarishi va tayyorlashda yuqori aniqlik talab qilinishi, tishlarning sinishi, toliqib yemirilishi, yeyilishi va boshqa omillar Tishli uzatmaning kamchiligi hisoblanadi. Tishli uzatma oddiy bir pogʻonali uzatma koʻrinishida va bir necha uzatmadan iborat birikma koʻrinishida mashinalarga oʻrnatib yoki alohida agregat tarzida ishlatiladi

Uzluksiz aylanma harakatni bir valdan boshqasiga berilgan uzatish nisbati bilan uzatish ko’pincha tishli mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Tishli mexanizmlar yuqori darajada ishonchli ishlashi va berilgan qonunni aniq bajarishi tufayli mashinasozlik va asbobsozlikda juda keng qo’llaniladi. Agar vallarning aylanish o’qlari parallel bo’lsa, g’ildiraklarikning aksiodalari tsilindrlar bo’lgan tsilindrsimon tishli uzatma qo’llaniladi. Bunday mexanizmlar tekis mexanimzlar turkumiga kiradi. Tishli uzatmalarni loyihalashda kesuvchi asbob-reyka boshlang’ich yasovchi konturining bo’luvchi to’g’ri chizig’i g’ildirakning bo’luvchi aylanasiga nisbatan qanday joylashuvchini ifodalovchi siljish koeffitsientlarini (x) tanlash bilan boshlanadi.


Bu holat uch xil bo’lishi mumkin:
1.Bo’luvchi chiziq bo’luvchi aylanaga urunma tarzdi joylashishi - x=0;
2. Bo’luvchi chiziq bo’luvchi aylanadan uzoqlashtirilgan holda joylashga - x › 0;
3. Bo’luvchi chiziq bo’luvchi aylanani kesib o’tsa – x ‹ 0.
Uzatmaning asosiy ko’rsatkichlari bu koeffitsientlarni to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Bu koeffitsientlarni tanlash usullari adabiyotlarda batafsil yoritilganligi sababli qo’llanmada bayon etilmagan. Tishli g’ildiraklarning geometrik o’lchamlari va umumiy ilashmasi tishli g’ildiraklardagi tishlar soni z1 va z2 hamda ilashma modullishga m qarab topiladi.
misol (6.1-shakl). Qo’yidagi ma’lumotlar bo’yicha tishli ilashmali uzatma hisoblansin va ilashma tasviri chizilsin. Berilgan: z1 = 13 , z2 = 21 va m = 10 mm.

  1. Uzatishlar nisbatini hisoblaymiz

(6. 1)

  1. Topilgan uzatishlar nisbatining qiymati bo’yicha 1- ilovadan berilgan tishlar soniga asosan siljish koeffitsientlarini aniqlaymiz.

z1 = 13 va z2 = 21 lar uchun x1 = 0,694, x2 = 0,384.


  1. Ilashish burchagining involyutasini hisoblaymiz

, (6.2)
bu yerda: α = 20o reykali dastgoh profilining burchagi
(tg20o =0,364)
invα - evolьventa funktsiyasi, 1- ilovadan inv 20o = 0,0149

Yüklə 60,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə