Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy



Yüklə 170,99 Kb.
səhifə1/7
tarix14.04.2023
ölçüsü170,99 Kb.
#105498
  1   2   3   4   5   6   7
Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy tarbiya


QADIMGI YUNONISTON, RIM VA RUSDA JISMONIY TARBIYA.


REJA:

  1. Urug‘chilik tuzumining yemirilishi jarayonida madaniyat va quldorlik munosabatlarining tug‘ilib kelishi Gresiya tarixining Gomer davri

  2. Sparta tizimi

  3. Afina tizimi

  4. Rimning vujudga kelishi

Urug‘chilik tuzumining yemirilishi jarayonida yangi ishlab chiqarish munosabatlarining asoslari qurila bordi, bu yangi ishlab chiqarish munosabati bilan vujudga kelgan yangi mulkchilik shakillarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Quldorchilik jamiyatining paydo bo‘lishi yoki vujudga kelishi bu jarayonining oqibat natijasi bo‘ladi.
Qadimgi Sharq quldorlik davlatlari: Misr, Suriya, Eron, Hindiston va Xitoy kishiliq tarixidagi eng qadimgi sinfiy jamiyatlari edi. Qadimgi Sharq davlatlarida, qadimgi dunyo davlatlari Gresiya va Rim quldorlari davlatlaridan farqli o‘laroq, quldorchilik ham oila qulchiligi doirasidan tashqarisiga chiqmagan bo‘lib, ko‘pgina jamoa hayoti formilari saqlangan holda davom etdi. Bu davlatlarda quldorlar va qullar sinfi bilan birga ozod jamoatchilar ommasi dehqonlar ko‘plab saqlangan edi. Quldorlar sinfi o‘z iqtisodiy va siyosiy qudratini mustahkamlash maqsadida xalqlar tomonidan tarixning oldingi davrlarida yaratilgan madaniyatdan keng foydalaniladi.
Ibtidoiy jamoa to‘zumi sharoitlaridayoq vujudga kelgan din va kohinlar toifasi hukumron sinf hokimiyatini mustahkamlashda katta rol o‘ynaydi.
Mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ko‘pincha sehrgarlik harakatlar harakateriga ega bo‘lgan turli- tuman o‘yinlar, raqslar, xorovadlar va musobaqalar barcha. Qadimgi Sharq davlatlarining ozod aholisi o‘rtasida tarqalgan edi. Xalq orasidagi harbiy mashqlarning ko‘pgina turlari ham ko‘p qo‘llanar edi, cho‘nki ozod jamoachilar hali ham sharqiy dispotiya ko‘shinlarining asosini tashkil etar edi. Qadimgi Misrning ko‘p sonli yodg‘orliklari Misr falloqlari o‘rtasida kurashga, qilichboslikka doir mashqlar, ko‘p sonli akrabotika mashqlari, raqs mashqlar, koptok o‘ynash mashqlari va hokazolarning tarqalganligidan dalolat beradi. Suriya, Vavilion, Qadimgi Eron yodg‘orliklari ham xalq orasida mavjud bo‘lgan ko‘pgina o‘yinlar va musobaqalar to‘g‘risida xabar beradi. Qadimgi Xitoy kurashi va qilichbozlikning, oyoq to‘pi o‘ynashining o‘zicha xos usullari bo‘lgan. Xitoyda saqlanib qolgan “Ushu” jismoniy madaniyat sistemasi juda qadimgi zamonda tug‘ilgan va bu sistemaning ba’zi bir mashqlari quldorchilik jimiyati sharoitlarida vujudga kelgan, deb taxmin qilishga asos bor.
Hukumdor quldor boshliqlar hokimiyatning kuchayib borishi bilan xalqning jismoniy madaniyat elementlaridan borgan sari ko‘proq darajada hokimiyatning sinfiy maqsadlari yo‘lida foydalaniladi. Armiyadagi rahbarlik roliga mansub bo‘lgan aslzoda quldorlar mashqlarning xalq orasidagi turlaridan o‘zlariga jangchi uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni kamol topshirish uchun foydalanilganlar. Ular maxsus uyushtirilgan jismoniy madaniyat oddiy xalq ommasidan ajratib ko‘rsatadigan va bu bilan o‘zlarini yuqori to‘tadigan jismoniy fazilatlarni kamol topshirishga intilar edilar.
Qadimgi Eronda maxsus tashkil qilingan maktablarda zadogon yoshlari madaniyatlash sistemasi mavjud edi; bu maktablarda otda yurishga va qamalak otishga o‘rgatishga alohida e’tibor berar edi. Qadimgi Misrda harbiy zodagon doiralarning muxsus harbiy jismoniy jihatdan tayyorlash, nayza irg‘itishga doir mashqlardangina foydalanganligi haqida ba’zi bir ma’lumotlar bor. Jamiyatning toifalarga ajralishi rasm bo‘lgan. Qadimgi Hindistonda hukumron sinflar o‘rtasida jangchilarning alohida toifasi-kshatriylar paydo bo‘lgan. Bu toifa a’zolari yoshlik chog‘laridanoq o‘zlarining barcha vaqtini va o‘zini harbiy mashqlarda kamol topshirishga sarflab, jangchi bo‘lishga o‘rgatilgan.
Ayni bir vaqtda qadimgi sharqning mustabid quldor boshliqalari o‘zlarining xalq ommasiga bo‘lgan hukumdorligi va ta’sirini kengaytirishga intilib, ko‘pgina xalq bayramlari an’analaridan keng foydalanilganlar; ko‘p sonli musobaqa o‘yinlari, raqslar va xorovodlar bu xalq bayramlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Qadimgi sharq davlatlarning ko‘plarida kohinlar toifasi bu ham an’anaviy xalq bayramlarning dastlabki kunlaridanoq quldorlarning sinfiy hukumronligini mustahkamlash quroli bo‘lib qolgan. Yangi rasmiy dinga mohirlik bilan muvofiqlashtira bordilar. Bu hol Qadimgi Misrda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qadimgi Misrda rasmiy dinni ko‘p sonli xudolarni urf-odatiga bag‘ishlangan ko‘pgina, bayramlar, an’anaviy xalq musobaqalar o‘yinlari va raqslari bilan birga qo‘shib yulib boriladi. Jismoniy madaniyatning xalq elementlari asta-sekin yangi diniy marosimlarining tarkibiy qismi bo‘la borib, bu urf-odatlar yordamida xalq ommasi borgan sari ko‘proq ideologik asoratga solinar edi.
Hukumron quldorlar doirasi xalq mashqlari turlaridan o‘z kamoloti va kungil ochishi yo‘lidan ham keng foydalangan. Quldorlar, bir tomonidan, o‘zlarining bo‘sh vaqtini ko‘pincha o‘yin, ov turli mashqlar bilan o‘tkazar, ikkinchi tomonidan o‘zlari uchun tomoshalar tashkil qilib, ulardan ancha chaqqon, kuchli va epchil ozod jamoachilarni ishtirok ettirar edilar. Qadimgi Misr, Eron, Hindiston va Xitoy yodg‘orliklari o‘sha

vaqtlarda aslzodalarga qarashli saroylarda tomosha ko‘rsatgan darbozlar, jangchilar, o‘ynchi va raqqosalar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shuday qilib, Qadimgi Sharq quldorlik davlatlarida jismoniy madaniyat elementlarining rivojlanishidagi xarakterli xususiyati shundan iboratki, ozod dehqonlar orasida rasm bo‘lib kelishgan xalq jismoniy madaniyati shakillari va xalq mashqlarning turlari bilan birga, quldor boshqalarning bu jismoniy madaniyat eelementlarini o‘z obro‘yi va hukumronligini kuchaytirish uchun o‘zlashtirish va foydalanishga bo‘lgan intilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ibtidoiy jamoaning mehnat faoliyatida tug‘ilgan xalq jismoniy madaniyati elementlarining quldorlarning ehtiyojlari sinfiy maqsadlariga moslashib borish jarayonini Qadimgi Gresiya misolida ayniqsa yaxshi ko‘rish mumkin.
Urug‘chilik to‘zumining yemirilishi va quldorlik munosabatlarining tug‘ilib kelishi Gresiya tarixining Gomer davri deb ataladigan eng qadimgi davriga to‘g‘ri keladi; bu davr eramizdan avvalgi XII-VIII asrlarini o‘z ichiga oladi.
Bu sinfiy quldorlik jamiyatiga o‘tiladigan davrni harbiy demokratiya deb atalgan. Urug‘chilik to‘zumida hukumronlik movqeni egallashga harakat qilgan urug‘-zadagonlarining ajralishi va yuqori darajaga ko‘tarilishi bu davr uchun xarakterlidir.
Odatda, aslzodalar muhitidan urug‘ oqsoqollari-bosileylar ajralib chiqar edi. Shu bilan birga, urug‘ aslzodalarini xalq ommasi bilan hisoblashishga majbur qiladigan eski urug‘chilik muassasalari ham saqlanib qolgan edi. Bu davrda ibtidoiy urug‘chilik jamoasi uchun xarakterli bo‘lgan tartiblar hali-ham saqlanib qolgan, bu tartiblarga ko‘ra, har bir katta yoshdagi erkak ayolni bir vaqtda jangchi ham bular edi. Lekin bu davrga kelib, xalq ichida chiqqan jangchi bilan urug‘ zadogonlari ichidan chiqqan jangchi orasida farq mavjud bo‘ladi. Zadagon jangchilar o‘z qurollarining zebi-ziynatlari va o‘zining yaxshi tayyorgarlik darajasi bilan farq qilib turar edi. Ular qo‘shinda rahbarlik rolini o‘ynashga harakat qilar va harbiy o‘ljaning katta ulushini o‘zlashtirib olar edilar.
Gomerning “Iliada”va “Odisseya” poemalarida o‘sha davrdagi yunon hayotining yorqin manzaralari aks ettiriladi, qahramonlar deb ataladigan zadagon jangchilar obrazi chizilib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi jismoniy fazilatlar ta’kidlanadi. Gomer poemalarining qahramonlari halok bo‘lgan, qahramonlar sharafiga yoki qabila hayotidagi biror muhim vaqtni nishonlash sharafiga tashkil etiladigan ko‘pdan-ko‘p musobaqa o‘yinlarida o‘zlarining jismoniy fazilatlarini namoyish etadilar. Bu o‘yinlarda yugurish, nayza, disk uloqtirish, sakrash, kurashish va boshqa mashqlar yuzasidan musobaqalar o’tkazilar edi.

Shubha, yo‘qki, bu o‘yinlar o‘z ildizlari bilan o‘zoq o‘tishishga borib taqaladi, an’anaviy urug‘chilik yoki qabilachilik bayramlari bilan bog‘langan. Urug‘chilik to‘zumini yemirilishi sharoitlarida bu o‘yinlar asta- sekin o‘zining umumurug‘chilik yoki umumqabilachilik ahamiyatini yo‘qota borib, ulug‘ zadagonlarning bayramiga aylana borgan. Musobaqalarda faqat zadagon jangchilar ishtirok eta boshladi.


Musobaqa o‘yinlarida ko‘rsatiladigan tomoshalar zadagon jangchilarni jismoniy kuchayshi fazilatlarini tekshirish va namoyish qilishining o‘ziga xos bir usuli bo‘lib, bu tomoshalar ularni go‘yo xalqdan yuqori
darajaga ko‘targanday bular edi. “Odisseya” poemasida talqin etilishiga, “antlyot” so‘zi o‘sha vaqtda “olijanob qahramon izidan” tusho‘nchalari bilan bog‘langan va “xalq ichida chiqqan odam”, tusho‘nchaligi qarama- qarashi qo‘yilgan. Gomer poemalarida qabilaning oddiy a’zolari zadagon jangchilarning o‘yinchilarida ishtirok etilmaydilar, ular faqat tomoshabin bo‘lib ko‘rinadilar.
Eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarga kelib Gresiya teritoriyasida urug‘chilik to‘zumining yemirilishi va quldorlik munosabatlarining rivojlanishi jarayoni dastlabki davlatlarning to‘zilishiga olib keladi. Kuchayib borayotgan quldorlar sinfining hukumronligini mustahkamlashga qaratilgan birinchi davlatlar paydo bo‘la boshladi.

Yüklə 170,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə