Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy



Yüklə 170,99 Kb.
səhifə6/7
tarix14.04.2023
ölçüsü170,99 Kb.
#105498
1   2   3   4   5   6   7
Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy tarbiya

ANTIK GIMNASTIKA
Qadimgi Gresiyaning jismoniy madaniyati sistemasida “gimnastika” degan umumiylangan bilan birlashtirilgan jismoniy mashqlar shaklidagi juda ko‘p vositalardan foydalanilgan. Qadimgi yunon gimnastikasi o‘z mazmuniga ko‘ra uch qismga: polestrina, orxestrika va o‘yinlarga ajratilgan.
Polestrina asosan yugurshi, sakrash, nayza va disk uloqtirish hamda kurashishdan iborat bo‘lgan besh kurash musobaqasi tashkil etar edi. Yugurishning turli turlaridan foydalanilar edi: stadiodrom-birinchi bosqichdagi masofaga yugurish (192m); diaul- ikkinchi bosqichdagi masofaga yugurshi (qariyib 384m); dolixodrom-chidamli bo‘lish uchun o‘zoq masofalarga yugurish; odatda, ikkinchi bosqichda o’tkaziladigan qurollangan holda (nayza va qalqonlarni qo‘lga olib, shlyom va sovutni kiygan holda) yugurshi; ma’shala ko‘tarib yugurish. Lo‘qianning ko‘rsatishicha, mashqlar “qattiq yerda emas, balki chuqur qumlak joyda” o’tkazilgan yugurishda g‘oyat chidamli bo‘lishi yunon yuguruvchilari uchun xarakterli bo‘lgan. Buning yorqin misoli sho‘qi, eramizdan avvalgi 490 yil Marafon ostonasida eronliklar bilan bo‘lgan qattiq jangda keyin bir jangchi g‘alaba xabarini yetkazganligi uchun jang maydonidan Afinagacha (42km. dan ziyodroq yo‘l bosib) yuugurib kelgan.
Sakrash mashqlaridan o‘zo‘nlikka sakrash ko‘proq qo‘llanilgan. Xandaqlardan va boshqa to‘siqlardan sakrash katta amaliy ahamiyatga ega edi. Musobaqalarda ko‘pincha qo’lga gontellar ushlab sakrash mashqlari ko‘proq bajarilgan.
Nayza uloqtirish mashqi harbiy ish bilan bevosita aloqador bo‘lgan. Nayzani ma’lum nishonga va masofaga uloqtirganlar.
Disk uloqtirish tosh otishdan kelib chiqqan qadimgi mashq bo‘lib, u harbiy amaliy ahamiyatiga ega bo‘lgan. Toshdan yoki metaldan diskalarning og‘irligi 1.7 kg dan 4.7 kg gacha, dinametri esa 14 sm dan 21 sm gacha bo‘lgan.
Kurash mashqlari ikki xil variantda bo‘lgan. Birinchi variant shundan iboratki, unda qaysi kurashchi o‘z oyoqlarini yerdan o‘zmagan holda raqibini uch marta yerga ko‘tarib ursa, u g‘olib hisoblangan. Kurashning ikkinchi variantida raqibning yelkasini yerga tekizishi maqsadida turli holatlarda kurashilgan.
Bu asosiy mashqlardan tashqari polestrina tarkibiga mushtlashish va pankration ham kiritilgan. Pankrition murakkab mashq bo‘lib, unda kurash va mushlashish elementlari qo‘shilgan. Suzish, qilichbozlik, otda yurish, yoydan otish ham polestrina takibiga kigan.
Orxestrika nafis-harakatlarni rivojlantirish uchun bajariladigan turli mashqlardan iborat bo‘lgan. Bu mashqlardan foydalanilgan. Gresiyada diniy-urf-odatlar va ommaviy takomillar vaqtida katta rol o‘yinab kelgan. Ko‘p sonli raqslar ham orxestrini tarkibiga kirgan.
O‘yinlar ko‘pincha bolalar bilan o’tkaziladigan mashqlar vaqtida foydalanilgan gimnastika qismini tashkil qilgan. Koptok bilan o‘ynaladigan juda ko‘p o‘yinlar, bir-biri bilan arqon tortishuv o‘yinlari, muvozanat saqlash o‘yinlari, yugurib o‘ynaladigan, o‘yinlar (tutmachoq o‘yini singari va hokazolar) ana shunday o‘yinlar jumlasiga kirgan.



Yüklə 170,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə