Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy



Yüklə 170,99 Kb.
səhifə5/7
tarix14.04.2023
ölçüsü170,99 Kb.
#105498
1   2   3   4   5   6   7
Qadimgi yunoniston, rim va rusda jismoniy tarbiya

AFINA SISTEMASI
Afinani davlatlari ham, huddi Sparta singari, harbiy quldorlik polislari xarakterida edi. Shu bilan bir vaqtda bu davlatlar Qonservativ - dehqonchilik. Spartasidan savdo – sotiq va hunarmandchilik taraqqiyotining yuksak darajasi hamda qullar mehnatining uyushganligi bilan farq qilar edi. Qullar mehnatining o‘sishi Afina davlatlaridan erkin fuqarolar (quldorlar)ning mulkiy tabaqalanishiga sabab bo‘ladi, bu hol Solonning (eramizdan avvalgi 594 yil) Afina jamiyatining sinflarga ajralishi to‘g‘risidagi qono‘nlarda o‘z ifodasini topdi. Harbiy quldorlik polisining xarakteriga muvofiq, quldorlik jamoasining barcha a’zolari harbiy xizmat o‘tishi lozim bo‘lgan. Solon qonuniga ko‘ra, tamomila mulkka ega bo‘lmay, turtinchi sinfga ajratilgan fuqoralarga harbiy xizmatdan ozod qilingan. Erkin bo‘lib tug‘ilgan askar kishilar ommasining armiyaga jalb etilishi sababni davlat to‘zilishining o‘ziga xosligi bo‘lib, bu davlat to‘zilishida harbiy majburiyatni o‘taydigan demosning barcha tabaqalari garajdan huquqlaridan foydalanar edilar.
Afina iqtisodiy qudratining o‘sishi sharoitida madaniyatning barcha sohalari ravnaq topdi, buning natijasida Afina davlatlari Gresiyaning madaniy hayotidan asosiy mavqeni egalladi. Afina davlatining bu xususiyatlari bu yerda tarkib topgan madaniyat sistemasida ham o‘z ifodasini topdi. Afina madaniyatIning maqsadi ham, huddi Spartadagi singari qullar jangchini tayyorlashdan iborat edi. Biroq, Afina qo‘shinlari spartaliklardan farq qilib og‘ir qurolaslaha bilan qurollangan piyoda askarlardangina emas, balki falinga safidan tashqarida harakat qiladigan yengil qurollangan piyoda askarlardan ham iborat edi.
Afinaning yuksak iqtisodiy va madaniy rivojlanishi sharoitlarida jangchini tayyorlash maqsadiga jismoniy madaniyatdangina emas, balki ham aqlan. Ham estetik madaniyatdan keng foydalanish yo‘li bilan erishgan edi, afinaliklarini o‘zlari guvoxlik berishga, jangchini tayyorlash “tashqi va ichki go‘zallikka ” erishishdan dalolat edi. Bu o‘rinda ichki go‘zallik tusho‘nchasi quldorlik davlati fuqarosi zimasiga yuklanadigan majburiyatlarni bajarish mahorati va qobilyati anglanadi.
Afinadagi o‘g‘il bolalar 7 yoshgacha uyda madaniyatlanar edi. Uy madaniyatining asosiy vazifasi turli o‘yinlar yordamida bolani jismoniy jihatidan chiniqtirishdan iborat edi. Bolalar 7 yoshdan 14-16 yoshgacha hususiy maktablarda o‘qitilar edi. Musiqiy maktablarda bolalarga savod, musiqa va ashula, gimnastika maktablarida (polestrada) jismoniy mashqlar o‘rganar edi. Polestrada jismoniy madaniyatning asosiy vositasi sifatida yunonlarning besh kurash musobaqasi; yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish hamda kurashishdan foydalanar edi. Polestralarning asosiy maqsadi jismoniy jihatdan tayyorlashdan, jangchiga zarur bo‘lgan, mardlik va qa’tiy irodani madaniyatlashdan iboratdir; shu bilan ayni bir vaqtda polestralar o‘z oldiga hushbichim gavdani tarkib toptirish, epchil va chiroyli harakatlarni hosil qilish vazifasini ham quyar edi.
Lunianning so‘ziga ko‘ra, gimnastika mashqlari natijasida “yigitlar o‘z bilimlarini jangda qo‘llashga majbur bo‘lganlarida, kutilmaganda zarur bo‘ladigan kunikmalarni xosil qiladilar”, polestralar esa shu maqsadda “eng yaxshi mashqlardan foydalanshib, yalong‘och a’zoyu badanlarini chiniqtirar uni sog‘lom, baquvvat, chaqqon, hushbichim va dushman zarbiga chidamli qilar” edilar.
Polestralarda pedotriblar ta’lim berar edi; ular mashqlarning barcha turlari yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazar edilar; lekin har bir pedotrib o‘nchalik ko‘p bo‘lmagan o‘quvchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazar edi.
Quldor yigitlar 14-16 yoshidan 18 yoshgacha gimnasiyalarda ta’lim olar edi. Bu masalalar birinchi navbatda yoshlarni gimnastika sohasida kamol toptirishga mo‘ljalangan edi. Bu yerda ta’lim oluvchilarga ancha malakali rahbarlar boshchilik qilar edi. Har bir pedotrib mashqlarning barcha turlari yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazadigan polestralardan farqli ravishda gimnasiyalardagi pedotriblar mashqlarning ayrim turlari yuzasidan mo‘taxasislar edi. Pedotriblarning ishiga meditsinaga doir ayrim bilimlardan xabardor
bo‘lgan gimnastikachilar rahbarlik qilardilar. Aristotelning so‘ziga ko‘ra, gimnastikachilar o‘g‘il bolalar organizmini tegishli holatga keltirishlari, pedotriblar esa ularni gimnastika mashg‘ulotlari bilan rivojlantirishi lozim bo‘lgan.
Afinadagi quldorlar yoshlarni madaniyatlashning oxirgi bosqichi efebiya-o‘ziga xos harbiy tashkilot bo‘lib, bu tashkilotga birinchi (ancha badavlat) uch sinflardan ikki yil muddat bilan (18 yoshdan-20yoshgacha) yigitlar kiritilar edi. Efebiyada qilichbozlikka, yoydan otishga, nayzabozlikni, nayza va disk uloqtirishiga va manjaniqdan otishga o‘rgatadigan o‘qituvchilar ta’lim berar edi. Birinchi yil davomida efeblar gimnasiya bilan aloqasini o‘zmago‘ncha qatnashib turar va o‘zining umumiy jismoniy tayyorgarligining takomillashtirib borar edi. Shu bilan aynan bir vaqtda ular odatda yurishni, qo‘sh g‘ildiraqli aravada yurishni, suvda suzishni va hokazolarni mashq qilar edilar. Efebiyada ta’lim olishning ikkinchi yilni boshlarida yosh jangchilar o‘zlarining bir yillik harbiy tayyorgarlik sohasida olgan bilimlarini xalq oldida namoyish qilar edilar; shundan keyin ularga qalqon va nayza berib, harbiy xizmatini o‘tish uchun chegardosh g‘ornizonlarga jo‘nashar edilar. Yosh afinalikni madaniyatlash shu bilan tugalanar edi. Lekin keyinchalik ham, katta yoshga kirib qolgan chog‘larida ham afinaliklar o‘z jismoniy tayyorgarligining saqlanib turishi va rivojlanib borishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilganlar. Ular odatda ertalabdan kechgacha ochiq bo‘lgan gimnasiyalarga tez-tez kelib turishar va bu yerda yoshlarning mashg‘ulotlarini tomosha qilib qolmasdan, mashqlarda o‘zlari ham qatnashar edi.

Yüklə 170,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə