Tishli uzatma va uning parametrlari Reja Tishli uzatma


Tishli uzatmalarning kamchiliklari



Yüklə 60,46 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü60,46 Kb.
#162261
1   2   3
maruza oripov 8

Tishli uzatmalarning kamchiliklari:
• tayyorlanishi nisbatan murakkabligi;
• katta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqishi;
• zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko`proq sezilishi va shu kabilar.
Tishli tasmali uzatmalar Tishli tasmali uzatmalar yaxlit uzluksiz yassi tasmaning, ichki tarafida ko`ndalang do`nglik – tishli qilib tayyorlash yo`li bilan olinadi. Shkivlarda tasma tishlariga mos ravishda botiqliklar tayyorlanadi, Shuning uchun uzatmadagi ishqalanish hisobiga emas, ilashish hisobiga harakatni uzatadi. Tishli tasmali uzatmalar tasmali uzatmalarga faqat shartli ravishda – tortuvchi elementi – tasmaning nomi va konstruksiyasi bo`yicha kiritiladi. Harakat uzatish tarzi bo`yicha bu uzatma ko`proq zanjirli uzatmaga yaqin keladi. Uzatmadagi ilashish tarzi hisobiga bu uzatmada sirpanish hodisasi kuzatilmaydi, uzatmani katta kuch bilan taranglashga hojat qolmaydi, bu esa foydali ish koeffisientini oshiradi. Tishli tasmali uzatmada qamrov burchagi va o`qlararo masofani uzatma tortish layoqatiga ta’siri kamayadi, bu esa uzatmaning gabarit o`lchamlarini ixchamlashtiradi va uzatish nisbatini oshirishga imkon beradi. Tasma ilashishi va elastikligi (zanjirdagi bikr sharnirli bog`lanishi o`rniga) shovqin va dinamik yuklanishni kamaytiradi. Demak, tishli tasmali uzatmalarning quyidagi afzalliklari bor: gabarit o`lchamlari kichik; uzatish nisbati o`zgarmas va katta; foydali ish koeffisienti yuqori (  = 0,92...0,98 ); dastlabki taranglik kuchi va valga tushadigan yuklanishning kichkikligi; katta quvvat uzatishi. Tishli tasmali uzatmaning kamchiligi –tasmada sirpanish bo`lmagani bois, yuritma o`ta yuklanish holatlaridan himoyalanmaganligidir. Tishli tasmali uzatmalardan yuqori tezlik (50 m/s gacha), katta uzatish nisbati (i=12 gacha), katta quvvat uzatishda (P=100, ba’zan 200 kVt gacha) foydalanish mumkin. Tishli tasmalardan foydalanish taklifi ancha davrdan beri mavud edi, lekin uni amalga oshirish imkoniyati, faqat plastmassalar yaratilganidan keyin paydo bo`ldi. Tishli tasma ikki ko`rinishida tayyorlanishi mumkin: quyma (800 mm uzunlikkacha) yoki yig`ma. Tasma elastik moyga bardoshli rezina, yoki plastmassadan tayyorlanib, orasiga po`lat simli kanat yoki poliamid shnur joylashtiriladi. Poliamid shnur uncha katta bo`lmagan quvvat uzatish uchun mo`ljallangan tasmalarda ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Фролов К.В ва б. Механизм ва машиналар назарияси. – Т.: Укитувчи, 1990.

  2. Джураев А ва б. Механизм ва машиналар назарияси. – Т.: Укитувчи, 2004.

  3. Karimov R.I, Saliyev A. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanidan o’quv qo’llanma. T.: ToshDTU, 2006.

  4. Abduvaliyev U.A., Karimov R.I. “Amaliy mexanika” faninig “Mashina va mexanizmlar nazariyasi” bo’limidan kurs ishini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma – T,ToshDTU, 2008.

  5. Karimov R.I., Baratov N.B., Abduvaliyev U.A.“ Mexanizm va mashinalar nazariyasi” T,ToshDTU, 2010.

Yüklə 60,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə